• Tayanch iboralar
  • Suvning ifloslanishi
  • 6-ma’ruza. Suv resurslarini muxofaza qilish




    Download 0,71 Mb.
    bet1/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #149537
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-Mavzu Suv resurslarini muxofaza qilish

    6-ma’ruza. Suv resurslarini muxofaza qilish


    Reja;
    1.Gidrosfera, uning tarkibi va asosiy xususiyatlari.
    2.Biosferada suvning ahamiyati va suvdan foydalanish muammolari.
    3.Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalar va ifloslovchi birikmalar.
    4.Ifloslangan suvlarni tozalash usullari. Suvlarni takror ishlatish texnologiyasi.
    5.Dunyo okeanining ekologik muammolari va ularni hal qilish yo’llari.
    6.O’zbekistonning asosiy suv manbalari va ulardan oqilona foydalanish muammolari.
    7.O’zbekistonda suvlarning ifloslanishi va uning oldini olishni yo’llari.
    8.Orol dengizi muammosining kelib chiqish sabablari.
    Tayanch iboralar: suv qobig’i, gidrosferaning tarkibi, suvning ahamiyati, suvning tabiatda tarqalishi, chuchuk suv zahirasi, suvni tozalash metodlari, dunyo okeani, suvning taqsimlanishi, Orol dengizi, orolbo’yi mintaqasi
    Suv yerdagi hayotning mazmuni hisoblanadi. Barcha tirik orgnanizmlar uchun yirik ingridient hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ko’pchilik organizmlarning tanasini 50 foizdan 95 foizigacha suvdan tarkib topgan. Fotosintez, transpiratsiya va boshqa barcha hayotiy jarayonlar suv ishtirokida yuz beradi. Suv suv havzalari, daryolar va ko’llardan foydalanilib, kishilar uy xo’jaligi, biznes, qishloq xo’jaligi va mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishadi. Biroq suvdan foydalanish hozirgi paytda ortib ketmoqda. Osimlik va hayvonlarga suv yetishmasligiga ham insoniyat sabachi bo’lib qolmoqda. Chunki, tejamkorlik bir maromda ketganicha yo’q.
    Qishloq xo’jaligida o’g’itlarning qoldiqlarini suvga tashlanishi, yoki ko’llarda va xovuzlarda suv o’tlarining ko’payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ko’l va xovuzlarda suv o’tlarining ko’payib ketishi suvda erigan kislorodni tanqisligini vujudga keltiradi va zooplanktonlarning hayotiga zomin bo’ladi.


    Suvning ifloslanishi
    Insoniyat faoliyati toza suv muhitiga zarar keltiradi. Fermer xo’jaliklar va o’tzorlar o’g’itlardan to’ldiriladi , shuningdek bular suvga kelib quyiladi , xovuzlar va ko’llarda suv o’larining o’sishiga olib keladi. Bu organizmlarning o’sishi va chiritadi, suvdagi kislorod miqdorini qisqartiradi va ba’zi organizmlarning hayot kechishida qiyinchilik tug’diradi . Bu muommolarni oldini olishda , oqindi suvlarni qo’yib yuborishdan avval ularga ishlov berish lozim. Insonlar ko’llar va xovuzlarning ifloslanishi bilan bog’lik muommolar haqida bilimga ega bo’lishi kerak. Bu kabi nazoratlar ko’plab toza suv ekotizimlarini asl holiga qaytarishda boshqaruv usuli bo’lib xizmat qilishi kerak .1

    Suvning aylanishi. Bug’lanish, kondentsatsiyalanish, yomg’ir hosil bo’lish.


    Suvning ifloslanishi
    Ifloslanish suvga ham ta’sir o’tkazmoqda. Havodagi ifloslanish yomg’ir orqali yerga tushadi. Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqka ko’plab mamlakatlarda ifloslanishning oldini olish uchun ifloslangan suvlarni taqdim etishdan avval qayta ishlash qonunan talab qilinmoqda. Ammo dunyoning ko’plab xududlarida ularni qayta ishlashning iloji yo’q. Ifloslanishning yana bir sababi, bu insonlar dengizlar, ko’llar va okeanlarga chiqindilar va ishlatilgan materiallarni tashlashlari hamdir.
    Yer usti suvlari
    Ba’zi suv ifloslanishlari baliqlar va boshqa tirik organizmlarni zaharlamoqda va bu suvda suzadigan va shu suvni iste’mol qiladigan insonlarga ham zarar yetkazish mumkin. Misol uchun ferma yerlaridagi kimyoviy pestitsid parchalari ariqlar va ko’llarga oqiziladi. Bu kimyoviy moddalar baliqlar, toshbaqa va qurbaqalar uchun ozuqa vazifasini bajaradigan hashoratlarga zarar yetkazmoqda. Ozuqani yetishmasligi esa suv ostida yashovchi hayvonlarning o’limiga olib kelmoqda. Ba’zi ifloslanishlar xususan simob va boshqa metallarni ozuqa orqali baliqlar tanasiga o’tkazmoqda. Zararlangan baliqlar va qisqichbaqalar bu metallarni insonlar, qushlar va boshqa hayvonlarga o’tkazishlari mumkin bo’ladi. Bu zararlangan xududlarda insonlar ifloslangan suv yo’llaridan keltirilgan baliqlar va qisqichbaqalarni yemasliklari haqida ogohlantiriladi. Dengiz suv o’tlarining gullashi boshqa bir suv ifloslanish muammosi sanaladi. Ortiqcha o’g’itlangan va ishlov berilmagan oqar suvlarda katta miqdorda azot mavjud. Agar ular ko’l yoki xovuzlarga oqizilsa, dengiz o’tlarining jadal o’sishiga sabab bo’ladi. Qachonki, suv o’tlari halok bo’lsa, ulardan suvda ko’p kisloroddan foydalanadigan bakteriyalar parchalanadi. Baliqlar va boshqa organizmlar esa suvda kislorodning kamligi sababli nobud bo’ladi.
    Okean suvi
    Dengizlar va ariqlar o’zi bilan chiqindilarni olib oxiri okeanlarga quyiladi. Har yili taxminan 4 mln kg moylar okean suvlariga quyiladi. Ko’plab moylar esa okean suvidan oz yoqilg’i sisternasini yuvish uchun foydalanadigan kemalardan kelib chiqmoqda2.
    Yer yuzidagi barcha mavjud suvlar gidrosferani tashkil qiladi. Gidrosfera deganda okean, dengiz, ko’l , daryo, yer osti suvlari va muzliklarni o’z ichiga olgan Yerning suv qobig’i tushuniladi. Sayyoramizda hayot dastlab suv muhitida paydo bo’lgan va tirik organizmlar uchun suvning ahamiyati beqiyosdir.
    Yer yuzida suv suyuq, qattiq va gazsimon holatda mavjud bo’lib, modda va energiya aylanma harakatida katta rol o’ynaydi. Ayniqsa atmosferadagi suv bug’lari va tuproq namligining ahamiyati katta. Dunyo okeani suvlari tugamaydigan resurslarga kiradi va aylanma harakat natijasida suv zahiralari doim tiklanib turadi. Inson bevosita ishlatishi mumkin bo’lgan suv zahiralari tugaydigan va tiklanadigan resurs hisoblanadi. Gidrosferadagi barcha suvlarning 97,2 foizi Dunyo okeanining sho’r suvlariga to’g’ri keladi(1-jadval).
    Yer yuzida suv zahiralarining taqsimlanishi 1-jadval


    Download 0,71 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-ma’ruza. Suv resurslarini muxofaza qilish

    Download 0,71 Mb.