• O’zbekistonda ishlatiladigan suvlarning
  • O’RTA OSIYO VA O’ZBEKISTONDA SUVDAN FOYDALANISH




    Download 0.71 Mb.
    bet4/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi0.71 Mb.
    #149537
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-Mavzu Suv resurslarini muxofaza qilish
    The Self , Basic english, Ilmiy ishlar ro\'yhati, 125544, BETLIKLAR, Документ Microsoft Word, 23-, У.Абдуллаева очик дарс 2, oxirgisi, Фалсафа, Информати, Педагогика, Инглиз тили тест 2023, 4-ma ruza, rangtasvir.pptxU.I, salvia-l-marmarak-turkumi-vakillarining-o-zbekistonda-tarqalishi-hayotiy-shakllari-va-ishlatilishi, 54 A1.1 3.Hafta sonu, Mavzu
    O’RTA OSIYO VA O’ZBEKISTONDA SUVDAN FOYDALANISH
    O’rta Osiyo Dunyo okeani bilan bog’lanmagan berk havza bo’lib, Yer yuzida suv etishmaydigan qurg’oqchil zona hisoblanadi. O’rta Osiyoning tekislik qismida bug’lanish yillik yog’in miqdoridan ko’p va suv oltinga teng deb baholanadi. O’rta Osiyoning yer usti va yer osti suv resurslari cheklangan va oqilona foydalanishni talab qiladi. Ikki asosiy daryo - Sirdaryo va Amudaryoning suvlari deyarli to’liq o’zlashtirilgan va yer osti suvlari ham tobora ko’proq ishlatilmoqda. Suvlarning ifloslanishi muammosi ichimlik suvlarining yetishmasligini yanada keskinlashtirdi. Daryolar suvining sug’orishga ko’plab ishlatilishi Opol dengizining qurishiga sabab bo’lmoqda.
    O’zbekiston Respublikasi yirik sug’oriladigan dehqonchilik rayonlaridan biri hisoblanadi. Suv resurslari O’zbekiston va butun O’rta Osiyo mintaqasining rivojlanishini belgilovchi eng muhim omil hisoblanadi. Qadimda bu katta hududda mehnat va mo’l suv talab qiladigan ekinlar-paxta, sholi yetishtirib kelingan. O’zbekiston yerlari asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Oxangapon daryolari suvlari bilan sug’oriladi. Daryolar suv oqimini tartibga solish uchun respublikada 50 dan ortiq suv omborlari qurilgan.
    2002-2004-yillarda O’zbekistonda o’rtacha 55,1 km3 suvdan foydalanilgan. Shundan yer osti suvlari 0.5 km3ni tashkil qilgan. Mavjud ishlatiladigan suvlarning 90,2% sug’orishga, xo’jalik-ichimlik maqsadlarida 6,1%, 2.2 % sanoatga, 1.5% baliq xo’jaligiga sarflangan.



    O’zbekistonda ishlatiladigan suvlarning




    taqsimlanishi


    Respublikada shaharlar aholisining 89%(Toshkentdan tashqari) va qishloq aholisining 64,5% markazlashgan vodoprovod suvlari bilan ta’minlangan. 2004 yili kommunal vodoprovodda suv sifatining kimyoviy ko’rsatkichlar bo’yicha namunalarning 16,3%, biologik ko’rsatkichlari bo’yicha 5,5% normativlarga to’g’ri kelmagan. Shaharlar aholisining 54% va qishloq aholisining 3% markazlashgan kanalizatsiya sistemasi bilan ta’minlangan xolos (Natsionalno’y doklad, 2005).
    Suvlardan isrofgarchilik bilan foydalanish natijasida sug’oriladigan maydonlar 4,2 mln. gektarga yetganida mavjud ishlatiladigan suv zahiralarining tugashi kuzatiladi. Respublikada yer osti suvlarining 95 ta konlari mavjud bo’lib, hozirda yer osti suvlari imkoniyatining 52 foizi ishlatilmoqda.
    Suv resurslari qurg’oqchil O’zbekistonda hayotiy muhim ahamiyatga ega. O’zbekistondagi Chirchiq va Oxangarondan tashqari barcha daryolar transchegaraviy hisoblanadi. O’zbekistonda ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suvning 8% mamlakat hududida, 92% qo’shni mamlakatlar hududida shakllanadi. Daryolarning oqimi davlatlararo kelishuvga ko’ra o’zaro taqsimlanadi.
    Suvlarning ifloslanishi ham dolzarb ekologik muammolaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonning asosiy daryolari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston hududlaridan ifloslanib keladi. Daryolar suvi chorvachilik komplekslari, kommunal-maishiy oqovalar, sanoat oqovalari va katta hajmda kollektor-drenaj suvlari bilan ifloslanadi. O’zbekistonda ifloslangan suvlarning 78% sug’oriladigan yerlarda vujudga keladi, 18% sanoat hissasiga va 4% kommunal xo’jalikka to’g’ri keladi(2001-yil). Eng ko’p suvlar dalalarda ishlatiladigan kimyoviy birikmalar, pestitsidlar va boshqa zaharlar bilan ifloslanadi.
    Sanoat oqovalarining 80% Toshkent, Farg’ona, Navoiy va Samarqand viloyati sanoat korxonalari hissasiga to’g’ri keladi.




    Download 0.71 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’RTA OSIYO VA O’ZBEKISTONDA SUVDAN FOYDALANISH

    Download 0.71 Mb.