|
6-ma’ruza. Suv resurslarini muxofaza qilish
|
bet | 2/6 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #149537 |
Bog'liq 6-Mavzu Suv resurslarini muxofaza qilish Gidrosfera komponentlari
|
Xajmi, ming.km3
|
%
|
%
|
Butun gidrosfera
|
1389000
|
100,0
|
|
Okeanlar, dengizlar
|
1350000
|
97,2
|
|
Boshqa suvlar:
|
39000
|
2,8
|
(100,00)
|
Shu jumladan, materik muzlari
|
29000
|
|
74,36
|
Sizot suvlari
|
9700
|
|
24,87
|
Chuchuk suvli ko’llar
|
123
|
|
0,31
|
Sho’r ko’llar
|
100
|
|
0,26
|
Tuproq va botqoq suvlari
|
40
|
|
0,10
|
Atmosfera
|
23
|
|
0,06
|
Daryo va suv omborlari
|
7
|
|
0,02
|
Biomassa
|
7
|
|
0,02
|
Shuni ta’kidlash kerakki, yer ostidagi suv zahiralarining aniq miqdori belgilangan emas. Yer yuzida hozirgi vaqtda inson bevosita foydalanishi mumkin bo’lgan chuchuk suvlar miqdori gidrosferadagi umumiy suv hajmining taxminan 1% dan ortiqrog’ini tashkil qiladi.
Sayyoramizda daryo va ko’l suvlari bir tekis taqsimlanmagan va ayrim hududlarda suv tugaydigan hamda juda sekin tiklanadigan resurs hisoblanadi. Dunyo aholisi tez sur’atlarda o’sib borayotgan hozirgi vaqtda 2 mlrd. dan ortiq kishi sifatli ichimlik suvi bilan yetarlicha ta’minlangan emas.
Biosferadagi jarayonlar va insonlar hayotida suvning ahamiyati juda kattadir. Suv biosferadagi deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadi. Suvning uch xil agregat holatda (suyuq, gazsimon, qattiq) bo’lishi turli joylarning ob-havo va iqlim sharoitining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Biosferada fotosintez jarayoni suv ishtirokida amalga oshadi. Suv tirik organizmlar uchun birlamchi hayot muhiti hisoblanadi. Inson organizmining 65% dan ortig’i, o’simliklarning 85-90%, hayvonlar massasining 75% suvdan iboratdir.
Insonning xo’jalik faoliyatida suv manbalari arzon transport va energiya vositasi, sug’oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishning asosi, sanoat korxonalarini to’g’ri joylashtirishni belgilaydigan muhim omil hisoblanadi. Kishilarning kundalik hayotini suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Suv bo’lmasa inson uch kundan ortiq yashay olmaydi.
Insonlarning suvga bo’lgan ehtiyoji tobora o’sib bormoqda. 1 tonna po’lat ishlab chiqarish uchun 250 m3, mis ishlab chiqarish uchun- 500m3 , nikel ishlab chiqarish uchun-4000m3 suv sarflanadi. Yirik korxonalar, elektrostantsiyalar butun boshli daryoning suvini sarflab yuboradi.
Dehqonchilik maqsadlari uchun ayniqsa katta hajmda suv sarflanadi. 1 tonna bo’g’doy etishtirish uchun 1500m3 dan ortiq , 1 tonna paxta yetishtirish uchun 10000 m3, sholi uchun 12000 m3 dan ortiq suv sarflanadi.
Suvlarning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi ham suv yetishmasligining asosiy sabablaridan biridir. Suvning ifloslanishi deganda uning tarkibida sifatini kamaytiruvchi begona birikmalarning mavjudligi tushuniladi. Qayta foydalanish uchun ifloslangan har bir m3 sanoat va maishiy oqovalarga 10m3 hajmdagi toza suvni aralashtirish lozim bo’ladi. Yer usti va yer osti suvlarini ifloslovchi manbalar juda ko’p va xilma-xildir.
Suvlarni ifloslovchi asosiy manbalarga sanoat korxonalari va maishiy xo’jalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqovalar; neftni qayta ishlash korxonalarida ishlatilgan chiqindi suvlar; transportning tashlanma suvlari; shaharlardan, hamda kimyoviy vositalar ishlatilgan dalalardan oqib chiqqan suvlar; kasalxonalar va chorvachilik komplekslaridan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi. Neft va neft mahsulotlari, sun’iy yuvish vositalari, fenollar, pestitsidlar, rangli metallar, murakkab kimyoviy vositalar suvni ifloslovchi asosiy birikmalar hisoblanadi. Oqova suvlarga tushadigan mineral, organik, bakterial va biologik ifloslovchi birikmalar ajratiladi. Mineral ifloslovchilar odatda qum, loy, turli mineral tuzlar kislota va ishqorlar eritmasidan iborat. Organik ifloslovchilar o’simlik va hayvonlarning qoldiqlari, inson va hayvonlarning fiziologik chiqindilaridan iborat. Bakterial va biologik ifloslovchilar asosan maishiy oqova suvlarda mavjuddir.
Sayyoramizda suvlarning ifloslanishi natijasida har yili 500 milliondan ortiq kishi turli og’ir xastaliklarga chalinadi. Yer yuzida suvlarning radioaktiv ifloslanishi ham katta xavf tug’dirmoqda. Qirg’iziston hududida, Maylisuvda joylashtirilgan radioaktiv chiqindilar hozirda Sirdaryo suvlarini ifloslanishiga xavf solmoqda.
Suvlarning etishmovchiligi sharoitida ulardan oqilona foydalanish va oqova suvlarni tozalab, qayta ishlatishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Rivojlangan mamlakatlarda shaharlar va aholi punktlarida suv sarfi jon boshiga sutkada 150 litrni, Rossiyada 250 litrni tashkil qiladi. Suvlarning mavjud o’z-o’zini tozalash xususiyati ifloslovchi birikmalarni butunlay bartaraf etolmaydi. 1 m3 oqava suvini tozalash uchun 10 m3 toza suv qo’shish lozim.
|
| |