Turli shaharlaridan reylsar bilan




Download 10.96 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.03.2024
Hajmi10.96 Mb.
#173882
Bog'liq
antalya sayohat
1658728455


ANTALYAGA
SAYOHAT


ANTALYA
Turli shaharlaridan 
reylsar bilan
Ayni qish mavsumida Antaliyada harorat 
10-18 daraja orasida bo‘lib turibdi, ma‘lum 
qilinishicha, bu mavsumga xos ob-havo 
ekan. Sovuq harorat va qor juda kam yoki 
qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Antali-
yaning subtropik O‘rta yer dengizi iqlimi 
bor, shuning uchun qishi yumshoq, juda 
yomg’irli, yozi esa uzoq davom etuvchi, 
issiq va quruq. 
Bahor kelishi bilan harorat ko‘tarilib borishi 
natijasida bu maskanga butun dunyodan 
turistlar oqib kela boshlaydi. Ya‘ni may oyi-
da Antaliyada turizm mavsumi boshlanadi. 
O‘rta yer dengizlarida esa suzish mavsumi 
ochiq deb e’lon qilinadi. 
2


3
ANTALYA
Antaliya dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlardan biri va buning o‘nlab 
sabablari mavjud. O‘rta Yer dengizi sohilida g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan 640 
kilometrlik qirg‘oq chizig‘i, shaharni qirg‘oqqa parallel ravishda o‘rab turgan Toros 
tog‘lari bilan dengiz, qum va quyoshni sevuvchilar, hamda, tabiatda adashib qolishni 
istaganlar Antaliyada o‘zlariga o‘nlab maqbul variantlarni topishlari mumkin.


Kaputash
sohili
Birinchi darajali tabiiy muhofaza qilin-
adigan hudud bo‘lgan Kaputash sohili 
Kash-Kalkan avtomagistralida joylash-
gan. Kaputash - dengizga tutashgan 
vodiyning og‘zida joylashgan sohildir. 
Oq qumlardan iborat ushbu sohil - 
ochiq havoda to‘q ko‘k, yaqinlashgan-
da moviy, qirg‘oqdan qaraganda esa 
feruza rang bo‘lib tovlanadigan afsun-
kor dengiz hisoblanadi.
4


Konyaalti
sohili
Turkiyaning eng mashhur 
sohillaridan biri bo‘lgan 
Konyaalti sohili Antaliya 
shahar markazidan atigi 
sakkiz kilometr g‘arbda, 
ya’ni shahar ichida joy-
lashgan. Moviy bayroq 
sohibi va 7,5 km uzunlik-
dagi sohil Antaliyaning 
eng muhim tabiiylik si-
ymolaridan biridir.
5


Ko‘prikli kanyon
milliy bog’i
Ko‘prikli kanyon milliy bog‘i Antaliya shahar 
markazidan 85 km shimoli-sharqda, Manavgat 
tumanidan 63 km shimoli-g‘arbda, Ko‘pruchay 
daryosi yoqasida joylashgan. Ushbu tabiiy 
hudud 1973 yilda Milliy bog‘ sifatida ajratil-
gan va e’lon qilingan. Milliy bog‘ning manba 
qiymatini tashkil etuvchi Ko‘pruchay ta’sirida 
vujudga kelgan vodiy, Turkiyaning eng uzun 
kanyonlaridan biri bo‘lib, uzunligi 14 km, devor 
balandligi esa, 100 metrdan ortiqdir.
6


Antalya tog’lari
7


E’tiboringiz 
uchun rahmat

Download 10.96 Mb.




Download 10.96 Mb.
Pdf ko'rish