|
Mundarija kirish I bob. Hayvonot olamining xilma xilligi, tuzilishi, hayvonlarning ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishi mavzusining nazariy asoslari
|
bet | 1/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 42,21 Kb. | | #234018 |
Bog'liq Abduvohid Kurs ishi
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. HAYVONOT OLAMINING XILMA XILLIGI, TUZILISHI, HAYVONLARNING KO'PAYISHI, RIVOJLANISHI, GEOGRAFIK TARQALISHI VA KELIB CHIQISHI MAVZUSINING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Hayvonlarning xilma-xilligi xususiyatlari vayashash muhiti va atrif muhitga ta’siri …………………………………….………………………………………...5
Tabiiy fan darsliklarida hayvonlarning tur, turkum, sinf oilalarga bo’linishi va tabiatda tutgan o’rni ……..…………...……………………………………….13
II BOB. HAYVONOT OLAMINING XILMA XILLIGI, TUZILISHI, HAYVONLARNING KO'PAYISHI, RIVOJLANISHI, GEOGRAFIK TARQALISHI VA KELIB CHIQISHI MAVZUSINING METODIK ASOSLARI
2.1 Tabiiy fan darsligidagi “ Hayvonlarning xilma-xilligini o’rgatishda inter faol metdlardan foydalanish …………………………………………………………...21
2.2 Tabiiy fanlar darsliklarida hayvonlarning xilma -xilligi va yashash muhiti mavzusida izchillik a darsni tashkil etish metodikasi …………………………….27
XULOSA……………………………………………………………………….... 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………..31
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan. Uni "Tabiat sistemasi" deb atashimiz mumkin va (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va JLamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurt-qasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-qalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan.
J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nur-lilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa hal-qalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija kirish I bob. Hayvonot olamining xilma xilligi, tuzilishi, hayvonlarning ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishi mavzusining nazariy asoslari
|