• Kurs ishining vazifasi
  • Kurs ishining predmeti
  • Kurs ishining obyekti
  • Kurs ishining hajmi
  • Hayvonlarning xilma-xilligi xususiyatlari vayashash muhiti va atrif muhitga ta’siri
  • Mundarija kirish I bob. Hayvonot olamining xilma xilligi, tuzilishi, hayvonlarning ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishi mavzusining nazariy asoslari




    Download 42,21 Kb.
    bet2/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi42,21 Kb.
    #234018
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Abduvohid Kurs ishi

    Kurs ishining maqsadi: Tabiiy fanlar haqida kerakli ma’lumotlar berish va ko’nikma hosil qilish. Mavzuga doir ilmiy-metodik manbalar, Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturi talablari asosida boshlang‘ich sinflar o’quv faoliyatini dolzarb pedagogic muammo ekanligini ilmiy asoslash
    Kurs ishining vazifasi:

    1. Hayvonlarning xilma-xilligi xususiyatlari vayashash muhiti va atrif muhitga ta’siri

    2. Tabiiy fan darsliklarida hayvonlarning tur, turkum, sinf oilalarga bo’linishi va tabiatda tutgan o’rni

    3. Tabiiy fanlar darsliklarida hayvonlarning xilma -xilligi va yashash muhiti mavzusida izchillik a darsni tashkil etish metodikasi

    4. Tabiiy fan darsligidagi “ Hayvonlarning xilma-xilligini o’rgatishda inter faol metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish

    Kurs ishining predmeti: Umumta’lim maktablarida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiiy fan darsliklarini va Hayvonot olamining xilma xilligi, tuzilishi, hayvonlarning ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishi mavzusini o‘rgantish va dars jarayonlarini kuzatish
    Kurs ishining obyekti: Hayvonot olamining xilma xilligi, tuzilishi, hayvonlarning ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishi mavzusini nazariy va amaliy jihatdan yoritish davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash
    Kurs ishining hajmi: kirish, 2 bob, 4 reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat
    I BOB. HAYVONOT OLAMINING XILMA XILLIGI, TUZILISHI, HAYVONLARNING KO'PAYISHI, RIVOJLANISHI, GEOGRAFIK TARQALISHI VA KELIB CHIQISHI MAVZUSINING NAZARIY ASOSLARI

      1. Hayvonlarning xilma-xilligi xususiyatlari vayashash muhiti va atrif muhitga ta’siri

    O‘zbekiston faunasida umurtqali hayvonlarning 706 turi (sut emizuvchilar – 107, qushlar – 460, sudralib yuruvchilar – 64, amfibiyalar – 3 va baliqlar – 76) mavjud, umurtqasiz hayvon turlari esa 15 mingdan ortiq. So‘nggi o‘n yil davomida tabiatdan foydalanishning kuchayishi oqibatida, O‘zbekistondagi ko‘plab hayvon turlari kuchli antropogen ta’sir ostida qolib, ularning yashash joylari va soni qisqardi, ba’zilari esa butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.
    Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, ayiq, qoplon, quroquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qushoyoq, koʻk sugʻur, olakoʻzan, ustyurt qoʻyi, buxoro qoʻyi, shomshapalak, tunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003).
    Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi.
    Hayvonlar sistematikasi -sistematikaikt bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga iritadi.
    Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan. Uni "Tabiat sistemasi" deb atashimiz mumkin va (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va JLamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurt-qasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-qalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan.
    J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nur-lilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa hal-qalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi.
    Mas, umurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi.
    Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz navba-tida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama (bila-teral) simmetriyalilar hamda birlamchi ogʻizlilar (chuvalchanglar, mollyus-kalar, exiuridlar, boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi.
    Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi. Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sar-komastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, infuzoriyalarga boʻlinadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, gʻovaktan-lilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chala-xordalilar, pogonoforalilar va xor-dalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 3,0—3,5 mln.)ga yaqin turi maʼlum.
    Oʻzbekiston hayvonot dunyosi xilma-xil boʻlib, Oʻrta Osiyodagi boshqa mamlakatlar singari subtropik mintaqalga xos turlarga ega. Respublikada sut emizuvchilarning 6 turkumi: hasharotxoʻrlar (6 tur), koʻlqanotlilar (19 tur), tovuqsimonlar (2 tur), kemiruvchilar (42 tur), yirtqichlar (23 tur) va juft tuyoqlilar (8 tur)ga mansub 100 tur uchraydi. Eng nodir va kam uchraydigan sut emizuvchilarning 24 turi, jumladan burama shoxli echki, ayiq, qoplon, quroquloq, silovsin, ilvirs, sirtlon, qunduz, manul, jayran, alqor, qushoyoq, koʻk sugʻur, olakoʻzan, ustyurt qoʻyi, buxoro qoʻyi, shomshapalak, tunshapalak Oʻzbekiston Respublikasi „Qizil kitobi“ga kiritilgan (2003).
    Oʻzbekiston qushlarning 24 turkumga mansub 410 ga yaqin turi bor, ulardan 184 turi chumchuqsimonlar turkumiga kiradi. Qushlarning 24 turi, jumladan, birqozon, jingalakdor birqozon, oq laylak, qora laylak, qizil gʻoz, vishildoq, oqqush, kichik oqqush, marmar oʻrdak, oqbosh oʻrdak, suvqiygʻir, qirgʻiy burgut, choʻl burgut, choʻl burguti, bolyatur, qumoy, ilonxoʻr burgut, mallabosh lochin, itogʻli, oq turna, oddiy tuvaloq, bizgʻaldoq, yoʻrgʻa tuvaloq, qorabovur, torgʻoq, osiyo loyxoʻragi, qum chumchuq va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
    Sudralib yuruvchilarning 58 turi mavjud, jumladan toshbaqalarning 1 turi (choʻl toshbaqasi) maʼlum. Tangachilar turkumining 58 (kaltakesaklar-38, ilonlar-20) turi uchraydi. Ilonlarning 5 turi: kapcha ilon, qalqontumshuq ilon, qoʻlborilon, charx ilon, choʻl qora iloni zaxarli hisoblanadi. Sudralib yuruvchilarning 16 turi, jumladan, xentogʻ qurbaqaboshi, echkemar, chipor kaltakesak, qoʻlborilon Respublika „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
    Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 3 turi: yashil qurbaqa (turon qurbaqasi va osiyo togʻlari qurbaqasi kenja turlari), koʻl baqasi va danatin qurbaqa uchraydi.
    Mamlakat suv havzalarida baliqlarning 106 turi tarqalgan. Ular 2 katta guruhga boʻlinadi. Birinchi guruxga daryo va soylarida qadimdan yashab kelayotgan mahalliy baliqlar (amudaryo guldor baligʻi, shirmohi, turkiston moʻylovdori, zogʻora baliq, laqqa va boshqalar), ikkinchi guruhga esa, asosan, suv omborlarda iqlimlashtirilgan baliqlar (issiqkoʻl guldor baligʻi, pelyad, oq amur, orol moybaligʻi, sharq oqchasi, kumush tovon baliq, oddiy doʻngpeshona, oq sla, ilonbosh va boshqalar) kiradi. Baliqlarning 18 turi, jumladan, orol moʻylov baligʻi, orol baqrasi, amudaryo qil quygʻuri, (katta kurak burun), amudaryo tosh baqrasi (kichik kurak burun), filburun (sirdaryo kurak buruni) va boshqalar „Qizil kitobi“ga kiritilgan.
    Hasharotlar juda xilma-xil boʻlib, 16000 dan ortiq turi tarqalgan. Hashorotlarning 40 ga yaqin turkumi maʼlum. Ulardan togʻriqanotlilar (300 dan ortiq tur), tengqanotlilar (shiralar-330-350,jizildoqlar-600-700 tur), tangacha qanotlilar (1500 ga yaqin tur), qattiqqanotlilar (2000 ga yaqin tur), pardaqanotlilar (1500 ga yaqin tur), ikkiqanotlilar (3500-4000 tur), chala qattiqqanoqlilar (600-700 tur) keng tarqalgan.
    Respublika faunasida oʻrgimchaksimonlardan chayonlarning 10 ga yaqin, falangalarning 20 ga yaqin, oʻrgimchaklarning bir necha yuzlab turi uchraydi. Oʻrgimchaksimonlardan, ayniqsa, kanalar xilma-xil boʻladi. Suv havzalarida kanalarning 20 dan koʻproq turi, tarqalgan. 100 dan ortiq tur kanalar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Bir hujayralilar ham juda xilma-xil boʻladi. Suv havzalarida soxta oyoqliklar, xivchinlilar, infuzoriyalar koʻp uchraydi. Chuchuk suv havzalarida toʻgarak chuvalchanglar (120 dan koʻproq tur) bor. Quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalarning 171 turi maʼlum.[1]
    Hayvonlar, hayvonot dunyosi — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. Hayvonlarning bundan 1 — 1,5 milliard yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlorofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. Hayvonlarning eng qadimgi qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 milliard yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali hayvonlar — boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarning dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil.dan 690—570 million yil avval) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil.dan 570—490 million yil avval) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan.
    Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil.dan 445—400 million yil avval) hayvonlar oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil.dan 400—345 million yil avval) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil.dan 345—280 million yil avval) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil.dan 230—66 million yil avval) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan.
    Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 million yil avval) dinozavrlar, bu davr oxirida sut emizuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil.dan 195—136 million yil avval) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (mil.dan 136— 66 million yil avval) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuvchilar egallaydi.
    Hayvonlar — geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Hayvonlarda metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: muskul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi hayvonlar uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sellyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy.
    Masalan, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (masalan, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida hayvonlarga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (masalan, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). Hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. Hayvonlar va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.
    Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir.
    Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda hosil qiladi.
    O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi.
    O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug'lar, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi.
    Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi.
    Bir xujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho'kindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi.
    Inson uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go'shtga, yog'ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo'lgan talablarini ta'minlaydi. Ma'lumotlarga ko'ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. t oqsil moddasiga boy bo'lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo'yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko'p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo'yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. t dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma'lumotiga ko'ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo'lib, bir ga dengizdan olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go'shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi.
    Yer sharida hayvonlarning turini, miqdorini va arealini o'zgarishi tabiiy holda va insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida ro'y beradi.
    Tabiiy geografik omillar (vulkanlarning otilishi, suv va muz bosishi, bo'ron,jala, sel bo'lishi, territoriyaning qattiq sovib yoki isib ketishi, kuchli yog'in va qo'g'oqchilikning bo'lishi va b.q.) ta'sirida hayvonlarning o'lishi va areallari qisqarishi mumkin. Lekin tabiiy omillar ta'sirida hayvonlarning turini, miqdorini va arealni o'zgarishi juda sekin bo'ladi.
    Insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ta'sir doirasi jamiyat taraqqiy etgan sari kengayib bordi. Ayniqsa, feodalizm davrida va kapitalizm jamiyatida hayvonlarga yirtqichlarcha ta'sir etilgan. Natijada hozirgi kunga kelib, insonning ta'sirida dknyo bo'yicha hayvonlarning 600 ga yaqin turi, jumladan sut emizuvchilarning 120 turi, qushlarning 150 turi yo'q qilindi.
    Inson xo'jalik faoliyaida o'zi uchun zarur bo'lgan go'sht, jun, mo'yna, teri, yog' va boshqalarni ko'plab tayyorlash orqali hayvonlarga bevosita ta'sir etib, ularning turini, sonini va arealini o'zgarishiga, ba'zi hayvon turlarini butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan. Ayniqsa feodalizm va kapitalizm jamiyatida kishilar hayvonlardan go'sht, jun, teri va boshqa narsalar tayyorlashdan tashqari, ulardan hordiq chiqarish, ko'ngil ochish, musobaqalashish maqsadida ko'plab vahshiylarcha qirib yuborganlar. Shu sabali tarixiy davrlar mobaynida sut emizuvchilarning 120 turi yo'q qilingan bo'lsa, shuning 33 turi XVII asrgacha bo'lgan davrda, 40 turi XVII-XIX asrlar mobaynida, 47 turi XX asrda yo'q qilingan.
    Qadimgi Rimda imperator Titning ko'nglini ochishi, hordiq chiqarishi va musobaqaga o'tkazish uchun har kuni 8000 ga yaqin hayvon o'ldirilgan. Bunday hodisalar G'arbiy Yevropadagi va Rossiyadagi podsho xonadonlarida ham bo'lib, juda ko'p qimmatli hayvonlar hayvonlar yo'q qilib yuborilgan.




      1. Download 42,21 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 42,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish I bob. Hayvonot olamining xilma xilligi, tuzilishi, hayvonlarning ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishi mavzusining nazariy asoslari

    Download 42,21 Kb.