|
Tabiiy fan darsliklarida hayvonlarning tur, turkum, sinf oilalarga bo’linishi va tabiatda tutgan o’rni
|
bet | 3/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 42,21 Kb. | | #234018 |
Bog'liq Abduvohid Kurs ishiTabiiy fan darsliklarida hayvonlarning tur, turkum, sinf oilalarga bo’linishi va tabiatda tutgan o’rni
Insonlar o'zining hayvonlarga bevosita ta'sirida ularning geografik joylashinini va arealini o'zgarishiga ham sababchi bo'ladi. Chunki kishilar foydali hayvonlar miqdorini ko'paytirishi yoki ov qili orqali hamda zararkunadalariga qarshi kurashib, hayvonlar miqdorini kamaytiradi. Ba'zan foydali hayvonlarni hamda zarakunada hasharotlarga qarshi kurashuvchi hayvon turlarini boshqa joylarga olib borib tarqatadi, ya'ni introduksiyalaydi. Natijada ba'zi materik va mamlakatlarda hayvonlarning yangi turlarini odamlar olib borib, o'sha joylarga tarqatadi, oqibatda ularning ba'zilari o'sha sharoitga moslashib, ko'payib ketsa, ba'zi turlari qirilib ketadi. Bu insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ham salbiy, ham ijobiy ta'siridir.
Hayvonlar sonining kamayib, kasallanishiga yana pestisidlarning ishlatilishi ham ta'sir etadi. Chunki zaharli ximikatlar ozuqa zanjiri orqali bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tadi. AQShda o'rmonlarga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi qarshi DDT preparati ishlatilgan. Ishlatilgan DDTni bir qismi erga tushib yomg'ir chuvalchangiga, chuvalchangdan esa sayyor qorayaloqlarga (ular chuvalchangni eydi) o'tib, zharlanib, oradan 21 kun o'tgach, o'sha qushlarning 88%i nobud bo'lgan.
Insonlarning bevosita va bilvosita ta'sirida suv havzasida yashovchi hayvonlar dunyosida ham salbiy o'zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa, hozir kitlarning soni kamaygan. Bunga asosiy sabab ularni yog'i va go'shti uchun ko'plab tutishdir. Ma'lumotlarga ko'ra 1920 yili dunyo bo'yicha 11369 ta kit ovlangan bo'lsa, 1965 yilga kelib 64680 ta kit ushlangan. Natijada, biskay, yapon, qutbiy, silliq, kulrang va grelandiya kitlari deyarli yo'q qilingan, ko'k kit va finvalarning soni juda kamayib ketdi. Shu tufayli hozir halqaro kelishuvga ko'ra kit ovlash tartibga solingan.
O'zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin va ularning ko'payishiga sharoit yaratib berilmasin goho ularni pinhoniy ov qiladigan shaxslar uchrab turadi.
O'zbekiston hayvonot olamining turlari ko'p va ular rang-barangdir. Respublikamiz hududida 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo'lib, shu jumladan 79 baliq turi, 3 ta amfibiy, 57 sudralib yuruvchilar, 410 turdan ziyod qushlar va 99 sut emizuvchilar yashaydi.
Ma'lumotlarga qaraganda, keyingi o'ttiz yil ichida O'zbekiston hududida Mirzacho'l, Qarshi cho'li, Surxon-Sherobod cho'li, Farg'ona vodiysining markaziy qismlari o'zlashtirilgan. Tyanshan hamda Pomir-Oloy g'arbiy sarhadlaridagi adirlar intensiv ravishda o'zlashtirilmoqda. Bu o'z navbatida sahro-cho'l muhitidagi yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go'zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab yuo'lmoqda.
Hayvonlarni muhofaza qilib, ularning tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, turi va miqdori kamayib ketayotgan hayvonlarni qayta ko'paytirish uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak:
1. Ovchilik va baliq ovlashni tartiga solish – bu hayvonlarni muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va takror ishlab chiqarishdagi eng muhim tadbirlardanbiridir.
2. Qo'riqxona va zakazniklar – turi va soni kamayib ketayotganhayvonlarni muhofaza qilish va qayta tiklashda juda katta rol o'ynaydi. Chunki qo'riqxonalarda ma'lum tabiiy maydonlarda tabiat komponentlarini, asosan hayvonlarni tabiiy holicha saqlab qolinadi yoki insonning ta'siri natijasida turi va soni kamayib ketgan hamda ketayotgan hayvonlar (tuvaloq, suvsar, qunduz, los, zubr, xongul bug'usi, sayg'oq, chipor bug'u, qulon va b.q.) ko'paytirilib, so'ngra boshqa joylarga tarqatiladi. Bulardan tashqari qo'riqxonalarda noyob hayvonlarni seleksiyasi yaxshilanadi, yashash sharoitlari va biologiyasi o'rganiladi, biotexnik tadbirlar amalga oshirilib, ularga qo'shimcha ravishda qishda ozuqa tayyorlanadi, in va uya qo'yishlari uchun joylar ajratiladi, ov qilish taqiqlanadi va oqibatda hayvonlar tez ko'payib, qayta tiklanadi.
3. Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash hayvonlarni muhofaza qilishning muhim choralaridan biridir. Hayvonlar yashaydigan joyning ekologik sharoitini yaxshilashning eng muhim yo'li bk biotexnik tadbirlardir.
Biosferaning muhim tarkibiy qismi sifatida hayvonot dunyosining biosferadagi o'rni va yashash muhitlarini liar tomonlama o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. lnsonning o'zi ham biosferaning ajralmas qismi ekanligini inobatga olganda, mazkur masalaning dolzarbligi yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Inson modda va energiya almashinuvi jaray'onida hayvonot dunyosi bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Biosferaning liar bir komponentini va ular orasidagi munosabatlarning mohiyatini tusliunish kelajakda ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Biosferaning у illik maxsuldorligi, biomassasi va uning yer yuzida taqsimlanishini ilmiy asosda o'rganish oziq-ovqat tanqisligi kabi dolzarb nuiammolarni ilmiy asosda hal etish imkonini be rad i. Dengizlar, okeanlar va yer yuzining quruqlik qismida hayvonlarning tarqalishini aniqlash, ulardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlah chiqish biologik resurslarni muhofaza qilish va qayta ko'paytirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Hayvonot dunyosi oziqa zanjirining asosiy tarkibiy qismi hamda moddalarning biogen migratsiyasi amalga oshishida muhim zveno sifatida alohida o'rinni egallaydi. Bu jihatdan olganda, yer yuzasining turli mintaqalarida uchrovchi hayvonlarning tur tarkibi va zichligining turlicha ko'rsatkichga ega bo'iishi har bir mintaqada modda va energiya almashinuvi jadalligining ham turlicha bo'lishiga sabab bo'ladi. Har birimiz biosferada, jumladan o'zimiz yashayotgan hududda hayvonot dunyosining tarqalishi, tur tarkibi, yashash muhitlari va hayvonot dunyosining ahamiyati to'g'risidagi tegishli maMumotlarga ega bo'lishimiz zarur. Bu esa insoniyatning biosferadagi o'z o'rnini belgilashda. hayvonot dunyosini muhofaza kilish va undan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biosfera (grekcha bios - hayot, sphuira - shar, sfera) tushunchasi avstriyalik geolog E.Zvus (1875) tomonidan qo'llanilgan Biosfera tushunchasining to'liq va chuqur talqini esa akademik V.l. Vernadskiyning “ Biosfera" (1926) nomli asarida bayon etilgan. Biosfera barcha organizmlar va ularning qoldiqlari majmuasidan iborat bo'lgan, atmosfera, gidrosfera va litosferaning qismlari hisoblangan, tirik organizmlar tomonidan egallangan hamda ularning o'tmishdagi faoliyatlari natijasida shakllangan va termodinamik ochiq hudud sanalgan yer planetasining maxsus qatlamidir (Kamshilov, 1980). Biosfera tushunchasi barcha tirik organizmlar bilan bir qatorda ular yashaydigan muhit sharoitlarini ham o'z tarkibiga oladi. Hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiy qismlari sanalgan litosferaning yuqori va atmosferaning pastki qatlamlari hamda butun gidrosfera tirik organizmlar tomonidan egallangan. Litosferada tirik organizmlar 4 km. gacha (bakteriyalar) bo'lgan chuqnrlikgacha tarqalgan bo'Isa, atmosferada bakteriyalar, spora va tsistalar ozon ekranigacha. ya'ni 18- 30 km gacha bo'lgan balandlikda uchrashi qayd etilgan. Alohida pigmentlashgan bakteriya hujayralarining yer yuzasidan 84 km gacha balandlikka ko'tarila olishi kosmik apparatlardagi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Okeanda esa hayot lining eng chuqur qismlarigacha (II km) yetib borganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Tiriklikning, shu juniladan hayvonot dunyosining asosiy biomassasi biosferaning tor chegarasida jamlangan. Bu chegara litosfera, atmosfera va gidrosferaning, y a ’ni biosfera qismlarining tutashgan joylariga to'g'ri keladi. Mazkur chegarada hayot uchun zarur bo'lgan muhit omillari nisbatan optimal bo'ladi. Bunday omillarga tuproq va havo namligini, yorug'lik va ultrabinafsha nurlarini, harorat, bosim, substrat va boshqalarni kiritish mumkin. Mazkur omillarning o'zi ham yer yuzasining turli hududlarida turlicha bo'ladi va shunga mos ravishda hayvonot dunyosi har bir har xil sifat hamda miqdor ko'rsatkichlarga ega bo'ladi. Hozirgi hisob-kitoblarga qaraganda, tirik moddaning umumiy biomassasi yer massasining arzimas qismini, y a ’ni 2420 mlrd. tonnani tashkil etar ekan. So I ishtirib qaraganda, bu miqdor gidrosfera massasining 602500 dan bir qismini tashkil etadi. Bir qarashda bu ko'rsatkich juda kichik k o Lrinsada, biosferaning mavjudligi va lining o'z-o'zini boshqarishini t a ’minlash uchun yetarlidir. Biosferadagi organizmlar oziqlanisli usuliga ko'ra o'zaro larqlanuvchi produtsent, konsument va redutsentlardan taslikil topadi. Hayvonot dunyosi konsumentlarning asosini taslikil etadi. Konsumentlarning aliamiyatini ularning ekosistemalarda va umuman biosferada modda va energiyaning biogen aylanishida tutgan salmoqli o'rni bilan tushuntirish mumkin. Moddalarning biogen migratsiyasi esa liar qanday ekosistemaning mavjudligi va barqarorligini ta’minlaydi. MaMumki, o'simliklar dunyosi hayvonlar hayotida turli-tuman ahamiyat kasb etadi. Har qanday ekologik jamoadagi hayvonlarning tur tarkibi, zichligi va biomassasi uslibu jamoadagi o'simliklar qoplamining turli-tiimanligi va biomassasi bilan bog'liq. Shu nuqtainazardan qaraganda, o'simliklar qoplami hayvonot dunyosining biosferada tarqalishi va mavjudligini belgilovchi muhim omildir. Shu bilan bir qatorda, har qanday jamoadagi hayvonlarning tur tarkibini belgilashda rel'ef va tuproq tarkibi kabi omillar va bosliqa xususiyatlar ham muhim o'rin egallaydi. Yuqorida qayd etilgan omillar hayvonot dunyosining u yoki bu biogeotsenozda nafaqat mavjudligi, balki tarqalishini ham belgilaydi. Yer yuzining quruqlik mintaqalaridagi organik dunyoning xiIma-xi11igi suv niuhitlariga qaraganda ancha ustun turadi. Agar quruqlikda butun hayvonot dunyosining 93 % uchrasa, suv muliitida atigi 3% uchraydi. O'simliklar olamida ham turlarning 92% quruqlikda, 8% suv muliitida uchrashi qayd etiladi. Bunday muvofiqlik o'simlik va hayvonot dunyosining tarqalishi o'zaro o'xshash qonuniyatlar asosida kech ish in i ko'rsatadi. Yuqorida keltirilgan nisbatlar, suv muliitiga qaraganda quruqlikda tur hosil bo'lish jaravonlari samarali kechganligini, quruqlikning yashash ucliun ancha qulayligini ham isbotlaydi. Biosferada hayvonot dunyosining biomassasi va lining taqsimlanishi lo'g'risida tasavvur hosil qilish uchun quyidagi jadvalni tahlil qilish maqsadga muvofiq. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati. Tabiatda hayvonlar ham, o’simliklar kabi katta ahamiyatga ega. Hayvonlarning hayoti o’simliklar bilan bog’liq. Yashil o’simliklar o’txo’r hayvonlar uchun oziq bo’ladi. Ammo hayvonlar ham o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O’simliklarning o’sishi va ekinlarning hosildorligi tuproqning unumdorligiga bog’liq. Tuproq hosil bo’lishi jarayonida esa turli mikroorganizmlar bilan birga hayvonlar ham ishtirok etadi. Daraxtlardan to’kilgan barglar, kuz kelishi bilan qurib qolgan o’tlar turli xil bakteriyalar, zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar, har xil chuvalchanglar, hasharotlar va boshqalar uchun oziq hisoblanadi. Tuproq organizmlarining faoliyati natijasida o’simliklar qoldig’i maydalanadi, tarkibidagi organik moddalar parchalanib chiriydi va tuproqda boshqa o’simliklarninig o’sishi uchun zarur moddalar to’planadi. Tuproqda yashovchi hayvonlar-yomg’ir chuvalchanglari, zaxkashlar, chumolilar, hasharotlar va ayrim sut emizuvchilar (kemiruvchilar, chumolixo’rlar) tuproqni aralashtiradi, yumshatadi, kislorodga boyitadi va unga suv shimilishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, bir qancha hayvonlar gulli o’simliklarning changlanishida ishtirok etib, ularning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Kungaboqar, grechixa, qoqio’t, sebarga kabi bir qancha o’simliklar faqat hasharotlar bo’lgandagina changlanadi. Ko’pchilik gulli o’simliklar hasharotlar yordamida changlanganida ancha yuqori hosil berishi ma’lum. Hayvonlar tabiatda sanitar vazifasini ham bajaradi. Bir qancha hayvonlar o’lgan hayvonlarning murdasini, o’simliklar qoldig’i, to’kilgan barglar bilan oziqlanib, ulardan er yuzini tozalaydi. Suvda yashovchi ko’pchilik hayvonlar suvni o’z ichagidan filьtrlab o’tkazib, o’ziga oziq topadi va suvni ifloslanishdan saqlaydi.
Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. Odamlar hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Odamlar qadimdan hayvonlarni ov qilib kun kechirishgan. Hayvon go’shti ibtidoiy odamlar uchun oziq-ovqat bo’lgan, ularning terisidan kiyim-bosh, suyaklaridan turli ov qurollari tayyorlangan. Ular hayvonlarni qo’lga o’rgatib, xonakilashtira boshlashgan. Itlar qo’lga o’rgatilgan dastlabki yovvoyi hayvon bo’lgan. Keyinroq odamlar cho’chqa, qoramol va parrandalarni xonakilashtirganlar. Hozirgi davrda ham inson hayotida hayvonlarning ahamiyati katta. Uy hayvonlaridan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun teri, jun va pilla oli nadi. Yovvoyi hayvonlar, xususan baliqlar, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar oziqovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, dori-darmon va vitaminlar olishda foydalaniladi. Ularning chiqindisidan tayyorlangan un chorva mollari ozuqasiga qo’shib beriladi yoki erga solinadigan o’g’it sifatida erga solinadi. YOvvoyi hayvonlarning terisidan kiyim tikiladi, pati, shoxi va suyaklaridan ham sanoatda foydalaniladi. YOvvoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqon va kalamushlarni qirqib, katta foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berish bilan birga, o’simliklarni changlatib, hosildorligini oshirishga katta hissa qo’shadi. Tut ipak qurtidan to’qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo olinadi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo’jaligi ekinlari zarakunandalariga qarshi kurashda insonning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltiradigan turlari ham bor. Ular ekinlarni eb, hosildorlikni pasaytiradi, oziq-ovqat qishloq xo’jalik mahsulotlari (teri, jun, yog’och) va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni buzib, katta zarar keltiradi. Ko’pgina hayvonlar odam, chorva mollari va uy hayvonlarida parazitlik qilib, har xil kasalliklar keltirib chiqaradi. Ayrim hasharotlar va kanalar odam va hayvonlarga turli xavfli kasalliklar (vabo, bezgak, tif va boshqalar) ni yuqtiradi. Bir qancha hayvonlar: baqalar, dengiz cho’chqalari, kalamushlar, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar, hasharotlar (masalan, drozofila pashshasi) va boshqalardan biologiya, tibbiyot, veterinariya, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda laboratoriya hayvonlari sifatida ilmiy maqsadlarda foydalaniladi.
Hayvonlar tomonidan chiqarilgan va qabul qilingan tovushlar yordamida qanday ma'lumotlarni uzatish mumkinligini aniqlang. Tirik mavjudotlarda axborot uzatishning asosiy usullarini tahlil qiling. Odamlar va hayvonlarning muloqot usullarida qanday farq borligini bilib oling. Bunday ibora bor: Axborot kimga tegishli - u dunyoga ega ... Nima uchun hayvonlar bir-biri bilan muloqot qilishlari kerak? Dushmanni eshitish yoki do'stni tan olish. Oziq-ovqat olish uchun. Nasllarni qabul qilish va himoya qilish. Hayvonlar bir-birlari bilan tovushlar, "imo-ishoralar" va yuz ifodalari bilan muloqot qilishadi. Mimikalarga tumshuqning jilmayishi yoki ochiq og'iz, ko'zlarning har qanday harakati, "imo-ishoralar" esa panjalar, dumlar, bosh va quloqlarning turli harakatlarini o'z ichiga oladi. G'azablangan, g'azablangan tovushlar va, ehtimol, tishlarning qichqirig'i odatda tahdidni ko'rsatadi, tinch va juda sokin tovushlar esa tinchlanishni anglatadi. Keng ochilgan ko'zlar, odatda, hushyorlikni anglatadi, lekin hayratlanishni ham anglatishi mumkin. Mushuklarda dumining chayqalishi ham hushyorlikni anglatadi, tovuslarda esa, agar egasi qochib ketmoqchi bo'lsa, dumi buklanadi. Shimpanzelar muloqot qilish uchun boy yuz ifodasidan foydalanadilar. Masalan, tish go'shti ochiq bo'lgan qattiq siqilgan jag'lar tahdidni anglatadi; qovog'ini burish - qo'rqitish; tabassum, ayniqsa, til osilgan holda, do'stona munosabatdir; tishlar va tish go'shti ko'rinmaguncha pastki labning orqaga tortilishi - tinch jilmayish. Ona shimpanze lablarini burishtirib, bolasiga bo'lgan sevgisini izhor qiladi. Tez-tez esnash chalkashlik yoki xijolatni anglatadi. Shimpanzelar ko'pincha kimdir ularni kuzatib turganini payqasa, esnaydi. Hayvonlarning dumi ham ularning hissiy holatining ifodasidir. Mushuklar itni ko'rganda yoki janjal paytida uni "trubka" bilan ushlab turadilar va agar mushuk dumini chapga va o'ngga silkitsa, bu uning g'azablanganligini anglatadi. Itlarda, aksincha, dum egasi bilan uchrashganda, ulkan quvonchni bildiradi. Va o'zingizni aybdor his qilganingizda, it dumini tortadi. Men tadqiqot o'tkazdim va turli hayvonlar qancha tovush chiqarishi mumkinligini tahlil qildim. Ma'lum bo'lishicha, qurbaqalar eng kam ovoz chiqaradi - atigi 6 ta! Ammo qarg'alar hatto odamlarning ovoziga taqlid qilishlari mumkin, chunki ular 300 ga yaqin turli xil tovushlarni chiqaradilar. Hamma frazeologizmni biladi - "baliq kabi soqov". Lekin hatto baliq ham jim emas! Buni quyidagi videoni tomosha qilish orqali tasdiqlashimiz mumkin! Baliqlar turli xil va xarakterli tovushlarni chiqaradilar, ulardan suruvda muloqot qilish uchun foydalanadilar.
|
| |