|
-rasm. O’zbekistonda suvlarni ifloslovchi
|
bet | 5/6 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 0,71 Mb. | | #149537 |
Bog'liq 6-Mavzu Suv resurslarini muxofaza qilish 3-rasm. O’zbekistonda suvlarni ifloslovchi
Kommunal-maishiy oqovalarining 50% dan ortig’i Toshkent va Samarqand viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Suvlarga pestitsidlar va zaharli kimyoviy birikmalarning ko’plab tushishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida ichimlik suvi muammosi keskinlashib ketdi. Ayniqsa, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ichimlik suv sifatining yomonligi kasalliklarning ortishiga olib keldi. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining qishloq aholisi yaxshi sifatli suv bilan nisbatan kamroq ta’minlagan.
Oxirgi yillarda yer osti suvlari sifatining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Farg’ona-Marg’ilon sanoat rayonida neft mahsulotlari va fenollar bilan yer osti suvining ifloslanishi REM dan yuz barobargacha ortganligi qayd qilingan. Toshkent viloyatida ham yer osti suvlarining mahalliy o’ta yuqori ifloslanishi kuzatiladi. Respublika bo’yicha ifloslangan oqava suvlar hajmi yiliga 150 mln. m3 ni tashkil qiladi. 2004-yili kollektor-drenaj suvlari oqimi 23478 mln. m3ni tashkil qilgan.
O’zbekiston Respublikasida suvlardan oqilona foydalanish maqsadida ilg’or chet el texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tomchilab sug’orish, suvlardan takror foydalanish, suv hisoblagichlarini o’rnatish, oqovalarni tozalash shular jumlasidandir. Suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari faoliyat olib bormoqda. Suv havzalariga tushadigan sanoat oqovalari keyingi besh yil ichida ikki yarim marta kamaygan. Suvlarni me’yoridan ortiq ifloslaganligi uchun jarima va to’lovlar belgilangan. O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish maxsus «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida" (6 may. 1993 y.) qonuni asosida amalga oshiriladi. Ushbu qonuni takomillashtirish, suvdan foydalanish to’g’risida qo’shimcha qonunlar, birinchi navbatda «Ichimlik suv to’g’risida»gi qonun qabul qilinishi zarurdir. Suvlardan oqilona foydalanish va suv havzalarini ifloslanishdan saqlashni ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishning ahamiyati kattadir.
|
| |