• Issiqlik nurlanishi
  • Kirxgof qonuni
  • 3 – Ma’ruza Issiqlik nurlanishning asosiy qonunlari. Kirxgof qonuni. Vin qonuni. Reley qonuni stefan-Вolsman qonuni




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana06.10.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #273796
    Bog'liq
    3- Ma\'ruza LTO



    3 – Ma’ruza
    Issiqlik nurlanishning asosiy qonunlari. Kirxgof
    qonuni. Vin qonuni. Reley qonuni Stefan-
    Вolsman qonuni.


    Elektromagnit nurlanishlarning tabiatda eng koʻp tarqalgan turi issiqlik nurlanishi
    hisoblanadi
    Issiqlik nurlanishi
    - jism atom va molekulalarining issiqlik harakati tufayli, ya’ni
    jismning
    ichki energiya
    si hisobiga hosil boʻladi
    .
    Yuqori temperaturagacha
    qizdirilgan jismlar yorugʻlana boshlaydi, bunda ular koʻzga koʻrinadigan va
    ultrabinafsha sohalarda issiqlik nurlanishi chiqaradi. Jism past temperaturalarda
    yorugʻlanmaydi, lekin ular koʻzga koʻrinmaydigan sohada infraqizil nurlar sifatida
    issiqlik nurlanishi chiqaradi. Jismlar issiqlik nurlanishi chiqarishi bilan birga, 
    oʻzlari ham atrofdagi jismlar chiqargan nurlanish energiyasining ma’lum qismini
    yutadi.


    Issiqlik nurlanish qonunlari faqat termodinamik muvozanatdagi jism uchun sodda
    ko‘rinishga ega bo’lib, uning nurlanishi (muvozanat nurlanish) temperatura orqali
    aniqlanadi.
    Nurlanayotgan jism termodinamik muvozanatda bo‘lishi uchun, u tashqi muhit bilan
    issiqlik o‘tkazmaydigan ideal devor bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. Faqat shundagina
    bu jismni chegaralovchi hamma qismlarida temperature bir xil qiymatga erishib, 
    issiqlik muvozanati, ya’ni termodinamik muvozanat ro‘y beradi. 
    Har qanday
    temperaturaga ega bo‘lgan jism o‘zidan elektromagnit nurlanish chiqaradi. Issiqlik
    nurlanishi deyiluvchi bunday nurlanishning chastotasi jismning temperaturasi ortishi
    bilan ortib borib, taxminan 1000 K ga qadar jism infraqizil va radiodiapozonda, so‘ngra
    ko‘zga ko‘rinadigan diapozondagi nurlanish, qizdirish davom ettirilganda esa
    ultrabinafsha va rentgen diapozondagi nurlanishlar chiqadi. 
    Termodinamik muvozanatdagi jismlar uchun issiqlik nurlanishi qonunlari sodda
    ko‘rinishga ega bo‘lib, uning nurlanishi temperatura orqali aniqlanadi. Termodinamik
    muvozanatdagi jism
    absolyut qora jism
    deyiladi, u o‘ziga tushgan nurlanishni
    qaytarmaydi va sochmaydi, ammo u tushayotgan nurlanishni mutloq yutib olib, to‘liq
    qayta nurlaydi.


    Qora jim nurlanishini yopiq bo‘shliqda hosil
    qilish mumkin, uning devorlari tushayotgan (va
    bo‘shliqdan chiqayotgan) barcha nurlanishni
    to‘liq yutishi kerak. Bo‘shliqning devorlari va
    nurlanish o‘zaro muvozanatda bo‘ladi, ikkalasi bir
    hil xaroratga ega va devorlar yutgan energiyaning
    barchasini nurlaydi. Nurlanish energiyasi doimo
    devor atomlarining issiqlik energiyasiga va undan
    qayta nurlanishga aylangani uchun, qora jismning
    nurlanishi yana
    issiqlik nurlanishi
    deyiladi.


    Absolyut qora jism nurlanishining 12000 K, 9000 K va 6000 K tepmeraturalardagi intensivliklari
    taqsimotlari.


    Kirxgof qonuni
    Krixgof qonuni: har qanday jismning muayyan temperaturadagi to‘la nur chiqarish va yutish
    qobiliyatining nisbati o‘zgarmas kattalik bo‘lib, u ayni temperaturadagi absolut qora jismning
    to‘la nur chiqarish qobiliyatiga teng.



    Vin qonuni
    Аbsolyut qorа jism issiqlik nurlаnishi еnеrgiyаsining to‘lqin uzunliklаr bo‘yichа
    tаqsimlаnishi zichligidа mаksimum bo‘lib, bu mаksimum
    λ
    max
    to‘lqin uzunligigа
    to‘g‘ri kеlаdi vа quyidаgi munosаbаt orqаli аniqlаnаdi. 
    λ
    max
    T=b
    λ
    max
    -
    аbsolyut qorа jism nurlаnishi еnеrgiyаsining mаksimumidаgi to‘lqin uzunligidir.
    T -
    аbsolyut qorа jismning аbsolyut tеmpеrаturаsi.
    b -
    o‘zgаrmаs kаttаlik bo‘lib, Vin doimiyligi dеyilаdi.
    b
    = 2.9
    x
    10
    -3
    m
    ×
    K


    Stefan-Вolsman qonuni
    Absolyut qora jismning nurlanish quvvati ham uning temperaturasiga bog‘liq
    bo‘lib, bu bog‘lanish qonuni Stefan-Bolsman qonuni deyiladi.
    Bu qonunga ko‘ra absolyut qora jismning har kvadrat santimetr yuzasi 1 sekundda
    barcha yo‘nalishlar bo‘ylab, hamma to‘lqin uzunligida quyidagi formula bilan
    hisoblanadigan energiyani beradi:
    4
    T




    Download 0,51 Mb.




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3 – Ma’ruza Issiqlik nurlanishning asosiy qonunlari. Kirxgof qonuni. Vin qonuni. Reley qonuni stefan-Вolsman qonuni

    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish