• 4-rasm.Orol dengizinin qurishi
  • OROL VA OROLBO’YI MUAMMOLARI




    Download 0,71 Mb.
    bet6/6
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #149537
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-Mavzu Suv resurslarini muxofaza qilish

    OROL VA OROLBO’YI MUAMMOLARI
    Orol va Orolbo’yidagi ekologik ahvolning keskinlashuvi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda. Orol tangligi eng yirik regional ekologik xalokatlardan biri bo’lib, dengiz havzasida yashaydigan 35 milliondan ortiq kishi, shu jumladan O’zbekiston aholisining katta qismi ham uning ta’siri ostida yashamoqda. Yaqin o’tmishda dunyodagi eng yirik ko’llaridan hisoblanadigan Orol dengizi tezlik bilan qurib bormoqda. Orol dengizining qurishiga asosiy sabab Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sug’orishga ishlatilishi natijasida oqimining keskin kamayib ketishidir.

    4-rasm.Orol dengizinin qurishi
    O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlar maydonining ortib borishi va suvdan noto’g’ri foydalanish Orol dengizining taqdirini hal qilib qo’ydi.
    So’nggi 40-45 yil ichida dengiz sathi 22 metrga(1961-yilda 53 m.) pasaydi va suv hajmi 1064 kmzdan 115 km3 ga tushib qoldi, uning o’rnida sho’rxoklar va harakatchan qumlar vujudga keldi
    2004-yil oxirida dengiz sathi 28,5 metr mutlaq balandlikda bo’lganligi qayd etildi.
    Buning oqibatida uning 45 ming km2 qismi qurib, quruqlika aylandi. Dengiz suvi sho’rligining o’rtacha ko’p yillik ko’rsatkichi 9-11g litr bo’lsa, hozirda 72 g litrdan ham ortgan va dengiz biomahsuldor havza sifatida o’z ahamiyatini yo’qotdi. Biologik xilma–xillik keskin kamaydi. Dengiz mintaqasidagi 174 tur hayvon turlari soni 38 tagacha qisqardi (Akimova,1998).
    Orol dengizining qurishi Orolbo’yi mintaqasida ijtimoiy ekologik vaziyatning og’irlashishiga olib keldi.
    Har yili Orolning qurigan tubidan 15- 75 million tonnagacha tuz va chang ko’tarilib, juda katta havo, tuproqlarning ifloslanishiga olib kelmoqda. Orolbo’yida tabiiy va antropogen cho’llashishning sur’atlari ortib bormoqda. Orol dengizini asl holiga qaytarish imkoniyatlari qolmadi. Mavjud sharoitlarda Orol dengizining sathini saqlab qolishning ham iloji yo’q.
    Orolning qurigan o’rnida qum va tuzlarning shamol bilan uchirilishiga qarshi chora ko’rish uchun sun’iy o’rmonlar bunyod qilish katta ahamiyatga egadir. 1981yildan boshlab dengizning qurigan qismida daraxt va butalar-oq va qora saksovul, qandim, cherkez va boshqa o’simliklar o’stirilishi boshlandi, yaxshi natijalar berdi va hozirda har yili 25 ming gektar o’rmonlar tashkil qilinmoqda. Dengizning yangi ochilayotgan tubi tuz bilan qoplanib qolayapti va o’simliklar mutlaqo o’smasligi mumkin.
    Orol va Orolbo’yi muammolarini hal qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Banki va turli davlat hamda nodavlat xalqaro tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o’z hissalarini qo’shmoqdalar.



    1 Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (49, 57, 91-betlar)



    2 Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005 107-108-109-bet



    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,71 Mb.