|
Suv taqchil sharoitlarda qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda suvdan tejamli foydalanish
|
Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 6,53 Mb. | | #251459 |
Bog'liq Suv taqchil sharoitlarda qishloq xo\'jaligi ekinlarini sug\'orishda suvdan tejamli foydalanish Suv taqchil sharoitlarda qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda suvdan tejamli foydalanish Reja: 1 Tuproq sathidan sug’orish. 2 Yomg’irlatib sug’orish. 3 Tuproq ostidan sug’orish. 4 Tomchilatib sug’orish. - 1. Qishloq xo’jalik ekinlari quyidagi usullarda sug’oriladi:
- 1) Tuproq sathidan sug’orish:
- 2) Yomg’irlatib sug’orish:
- 3) Tuproq ostidan sug’orish:
- 4) Tomchilatib sug’orish.
- Qator oralari ishlanadigan ekinlar (g’o’za, kanop, lavlagi, makkajo’xori, oq jo’xori, sabzavot, poliz ekinlari va boshqalar) egat olib sug’oriladi. Boshoqli don ekinlari va bir yillik hamda ko’p yillik o’tlar pol olib bostirib sug’oriladi. Sholi esa chek olib bostirib sug’oriladi.
- Egatlarga suvni chim, qog’oz-salfetka bilan taqsimlashda har bir egatga suvni bir xilda taqsimlash imkoniyati bo’lmaydi. Sifon - naylardan, egiluvchan sug’orish shlanglaridan, tuproq ostidan suv taqsimlash usullaridan foydalanish yo’li bilan suvchining ish unumini oshirish va barcha egatlarga bir xilda suv taqsimlash mumkin. Agar egatga chim yoki qog’oz salfetka yordamida suv taqsimlansa 1 suvchi 1 ga yerga 3,5-4 soat sarflasa, sifon-naylardan foydalanilganda esa 1,5-2 soat, tuproq ostidan suv taqsimlash usulida esa arzimagan vaqt ketadi.
Egatga suv taqsimlashni quyidagicha mexanizatsiyalashtirish mumkin: tuproq ostidan suv taqsimlash, Sharov - Heynkin sxemasi bo’yicha yopiq tizimlardan foydalanish, eguluvchan shlanglardan foydalanish, diskert-impulsli sug’orish tizimini qo’llash va boshqalar. Shuningdek, PPA-165U, KP-250, TAP-150 mashina va agregatlari suv taqsimlashni mexanizatsiyalashtirishga hamda suv isrofgarchiligini kamaytirishga olib keladi. - Pol olib bostirib sug’orishda pollar kengligi 25-30 m, uzunligi esa 150-200 m bo’ladi. Beda 1-yili egatlab sug’oriladi. Sholini sug’orish noinjenerlik, yarim injenerlik va injenerlik tipidagi tizimlarda amalga oshirilmoqda. Noinjenerlik va yarim injenerlik sholichilik tizimlarida cheklar kattaligi 0,05-0,3 ga, injenerlik tipidagi tizimlarda esa 1-4 ga va undan kattadir. Injenerlik tipidagi tizimlarda cheklar kengligi 200-250 m, uzunligi 1000 m gacha yetmoqda.
- Yomg’irlatib sug’orish mashina va agregatlaridan keng foydalanish bilan sug’orishni yanada to’laroq mexanizatsiyalashtirish mumkin.
- Buning uchun uzoqqa va yaqinga otar yomg’irlatib sug’oruvchi mashina va agregatlardan foydalanish mumkin (KDU-55, DDN-70, DDA-100MA, "Voljanka", "Fregat", "Kolomno", "Kuban" va boshqalar).
- KDU-55 moslamasini ish unumi 0,28 ga/soat, bir mavsumda 40 ga maydonni sug’orishi mumkin, DDN - 70 mashinasining ish unumi 0,3 ga/soat, DDA - 100MA agregatiniki esa 0,85 ga/soat, bir mavsumda 120-150 ga, "Voljanka" mashinasida 1 mavsumda 70-100 ga maydonni sug’orish mumkin. "Fregat" mashinasi bilan ham shuncha maydon sug’oriladi.
- Yomg’irlatib sug’orish yengil qumoq, murakkab relyefli, katta nishabli, suv resurslari kam yerlarda yaxshi samara beradi. Egatlab sug’orish esa sho’r va og’ir mexanik tarkibli tuproqlar, sayoz joylashgan minerallashgan sizot suvlar, sug’orish suvi minerallashgan va kuchli shamollar bo’lib turadigan hududlarda yaxshi samara beradi.
- Ekinlarni tuproq orasidan sug’orish usuli barcha texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi. Bunda qo’l mehnati kamayadi, suvdan foydalanish koeffisienti ortadi, hosildorlik ko’payadi. Bu usulda sug’orish uchun 35-40 sm chuqurlikda egat bo’ylab har 80-120 sm oraliqda har 20 sm da teshikchalari bo’lgan quvurlar yotqiziladi. Suv bosim ostida berilganda tuproqqa shu teshikchalar orqali suv chiqib, uni namlatadi. Bu sug’orish tizimi yordamida dalaga o’g’it ham berish mumkin.
- Bog’ va tokzorlarni tomchilatib sug’orish usuli tog’ oldi mintaqalari va past tekisliklarda katta ahamiyatga egadir. Bu usulda sug’orish uzum hosildorligini deyarli 2 marta oshiradi, suv sarfi 2-3 marta kamayadi. Quvurlarni tuproq ustidan yoki orasidan o’tkazish mumkin hamda ularni daraxtga osib qo’yish ham mumkin. Har bir tup atrofida tomchilatgichlar o’rnatiladi va shular yordamida tup yoniga suv tomchi holatida tushib turadi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |