• Er osti suvlari
  • Atmosfera suvlari
  • Tabiiy suvlarning turlari. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi. Issiqlik elektr stansiyalarida ishlatiladigan suvning




    Download 4 Mb.
    bet1/33
    Sana18.12.2022
    Hajmi4 Mb.
    #35752
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    Bog'liq
    1 мавзу ТАЙЁР
    moslashuv daftari Shaxribonu (2), Jumanazar Khushbekov 3-6, HAYOTBAXSH HODISA XM....HM...Xa.....ha., Bekzodjon, Statistika axborot tizimlari, Fan sillabusi Qurilish mexanikasi 2023 2024, 1.11. Qurilish mexanikasi, Amaliy 01-02-03, 1- topshiriq (1), Документ Microsoft Word, 1, УМК статистика Ирода, ЖИСМОНИЙ ВА ЮРИДИК ШАХСЛАРНИНГ 2 7 2 (3), Fevral ish reja

    5-ma’ruza. Tabiiy suvlarning tarkibi va ifloslanish jarayonlari.


    Reja:

    1. Tabiiy suvlarning turlari.

    2. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi.

    3. Issiqlik elektr stansiyalarida ishlatiladigan suvning

    ifloslanishi.
    Tabiatda suvlar hosil bo‘lishi va to‘planish jarayonlariga qarab, shartli ravishda uch turga, ya’ni er osti, atmosfera va er usti suvlariga bo‘linadi. Bunday suvlar fizik hamda kimyoviy xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.
    Er osti suvlari. Rangsiz, tiniq, chuchuk yoki sho‘r bo‘lib, tarkibida asosan suvda yaxshi eriydigan H2 S, J2 kabi kimyoviy moddalar va Mg2+, Na+, K+, Ca2+, Fe2+ kabi kationlar hamda C1-, SO42, NO3-, HCO3- kabi anionlar ko‘p uchraydi.
    Bunday suvlarning kimyoviy tarkibi er osti tuproq qatlamlari tarkibiga bog‘liq bo‘lib, er osti tuproq qatlamlari tarkibida tuz miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, hosil bo‘layotgan suvlar tarkibida ham tuz miqdoi shuncha ko‘p bo‘ladi.
    Er osti suvlarining umumiy tuz miqdari har litrida 50-100 mg. atrofida bo‘lib, tarkibida O2, SO2, NO2 kabi gazlar ham qisman uchraydi. Suv texnikasi sohasida er osti suvlari ishlatish uchun er yuzasiga artezian quduqlar orqali chiqariladi. Artezin suvlarini energetika sohasida faqat kam quvvatli IEMlarida, hamda ishlab chiqarish korxonalarini va issiqlik ta’minoti tizimlarini bug‘ bilan ta’minlaydigan issiqlik tarmoqlarida ishlatish mumkin. Bunday yo‘l bilan chiqariladigan suvlar unchalik ko‘p miqdorda bo‘lmaganligi uchun ular yuqori quvvatli IESlarini suv bilan ta’minlashga etarli bo‘lmaydi.
    Atmosfera suvlari. Bu suvlar er yuzasida asosan yomg‘ir, qor va sel kabi yog‘inlar yog‘ishi natijasida to‘planadi. Ularning tarkibi er osti va er usti suvlari tarkibiga qaraganda birmuncha toza bo‘lib, bunday suvlar tarkibida mineral tuzlarning miqdori litrida 50-60 mg. atrofida bo‘ladi. Tabiiy atmosfera suvlari IESlarni suv bilan ta’minlash uchun etarli bo‘lmasligi sababli atmosfera suvlari IES larda umuman ishlatilmaydi.

    Download 4 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy suvlarning turlari. Tabiiy suvlarning kimyoviy tarkibi. Issiqlik elektr stansiyalarida ishlatiladigan suvning

    Download 4 Mb.