• Mutaxassislik:5A141101-Gidrologiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan D I S S E R T A T S I YA S I
  • II bob. SAMARQAND VILOYATI YER OSTI SUVLARINING SHAKLLANISHI VA TARQALISHI
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Samarqand viloyati hududining yer osti suvlari va ulardan samarali foydalanish Mutaxassislik: 5A141101-Gidrologiya




    Download 8.45 Mb.
    bet1/5
    Sana04.03.2023
    Hajmi8.45 Mb.
    #44301
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    333 Самарканд вилояти ер ости сувлари ва улардан самарали фойдаланиш
    1- Amaliyot, tayyor Hozirgi zamon Ekologiya uchun 26 ta bilet savollari, Reja Ekosistema nima Agroekosistemalar-fayllar.org, 8000084, Анализ натижалари, Turexanov FF Hisobot 2022 (2), Kafedra Kuchirma (Omon)09.12.22 - копия, 6-laboratoriya, Geofizika va geokimyo, Lug\'atlar inglizcha, 1-amaliy, J3RPoWaI7bZgtvG9TXc7oMNk2KzQ-6Wo, AXBOROTNI HIMOYALASH (2), favqulodda-vaziyatlarda-zaharli-moddalar-ta-sirida-jabrlanganlarga-tibbiy-yordam-ko-rsatish

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

    Geografiya va ekologiya fakulteti
    Gidrometeorologiya kafedrasi

    Xudoyarova Shahnoza Shavkatovna

    Samarqand viloyati hududining yer osti suvlari va ulardan samarali foydalanish

    Mutaxassislik:5A141101-Gidrologiya
    (o‘rganish obyekti bo‘yicha)
    Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan

    D I S S E R T A T S I YA S I

    Ilmiy raxbar: prof. Xoliqulov Sh.T

    Samarqand -2021
    Mundarija
    Kirish
    I bob. SAMARQAND VILOYATI HUDUDINIG TABIIY SHAROITI

      1. Geologik tuzilishi va relyefi

      2. Iqlim sharoiti

      3. Yer osti va yer usti suvlari

      4. Tuproqlari,o’simliklari va hayvonot olami

    II bob. SAMARQAND VILOYATI YER OSTI SUVLARINING SHAKLLANISHI VA TARQALISHI
    2.1 Viloyat yer osti suvlarining shakllanishi
    2.2 Viloyat yer osti suvlarining tarqalishi
    2.3 Viloyat yer osti suvlaridan foydalanish
    III bob. SAMARQAND VILOYATI YER OSTI SUVLARI REJIMI VA SIFATIDAGI O’ZGARISHLAR
    3.1 Yer osti suvlari rejimidagi o’zgarishlar
    3.2 Yer osti suvi sifatidagi o’zgarishlar
    3.3 Viloyat yer osti suvlarini nuhofaza qilish bo’yicha tadbirlar
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    Suv dunyodagi eng muloyim va eng zaifdir, ammo kuchli va mustahkam narsani yengishda u yengilmas va dunyoda unga teng keladigani yo’q.
    Lao Tszi
    Kirish
    Hozirgi paytda inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’sirining kuchayib borishi birinchi navbatda yer usti suvlarining, tuproqlarning ifloslanishining kuchayishiga sabab bo’lmoqda. Tuproqlar va yer usti suvlarining ifloslanishi yer osti suvlariga ta’sir, grunt suvlariga kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda qishloq aholisi asosan ichimlik suv sifatida quduq suvlaridan foydalanishgan. Sug’oriladigan vohalarda quduq suvlarining chuqurligi joy bilan bog’liq holda 4-5 metrdan 10-15 metrgacha bo’ladi. Tog’oldi tekisliklarda va cho’l hududlarida quduq chuqurligi 20-40 metrga yetadi. Bu quduq suvlarining hammasi grunt suvlar hisoblanadi. Vohalarda dexqonchilikda mineral o’g’itlar, zaharli kimyoviy moddalarning (petitsidlar) ko’p ishlatilishi, shahar va qishloqlardan chiqadigan oqova suvlar tuproqlarga shimilib grunt suvlarning tarkibiga katta ta’sir ko’rsatadi, ko’p joylarda quduq suvlarning sho’rligi oshib ketadi va ular ichishga yaroqsiz holga keldi. Shu sababli ham hozir aholi artezian suvlar (qatlamalar orasidagi) dan foydalanishadi. 100-200 metr chuqurlikdan chiqadigan artezian suvlar toza suvlar hisoblanadi. Turli sabablarga ko’ra (elektr energiya uzilishi, motorning buzilishi) artezian qudug’idan suv olinmay qolgan paytlarda quduqlar suvidan foydalanishga majbur bo’ladi. Ba’zi hududlarda masalan, Qarnab cho’li, Zirabuloq va Ziyovuddin tog’lari atroflaridagi tekisliklarda artezian va quduq suvlari ham sho’r. Ba’zi qishloq aholisi ichimlik suv sifatida chetdan suv tashuvchi mashinalar olib keladigan suvdan ichish uchun foydalanishadi. Ichimlik suvdagi ana shu muammolarni o’rganish maqsadida, ayniqsa grunt suvlarning ifloslanish darajasini aniqlash maqsadida va viloyat hududida ularni kartada ko’rsatib berish uchun ushbu dissertatsiya mavzusini tanladim. Mavzuning dolzarb muammoga bag’ishlanganligi ko’rinib turibdi. Tadqiqot obyekti: Samarqand viloyatidagi yer osti suvlari hisoblanadi.
    Tadqiqot predmeti yer osti suvlarining sifatini aniqlash, ularning sho’rligini viloyat hududida o’zgarishini ko’rsatishdan iborat. Kartalardagi ma‘lumotlar viloyat hududi bo’yicha suv minerallashuvi, qattiqligi, asosiy anionlar, kationlar qanday o’zgarib borishi aniq ko’rinadi. Ushbu ko’rsatkichlar dessertatsiya ishida tahlil qilinadi va sabablari ko’rsatib beriladi.
    Tadqiqot maqsadi: Samarqand viloyati tog’, tog’oldi tekisliklari, cho’l va voha landshaftlaridan tarkib topgan. Geologik tuzilishi relyefiga bog’liq holda yer osti suvlari turli chuqurliklarda joylashgan va ularning sifati bir xil emas. Aholi sonining ko’payishi va yangi yerlarni o’zlashtirish, dehqonchilikda turli xil kimyoviy moddalarning ishlatilishi tufayli juda ko’p joylarda grunt (sizot) suvlar ifloslanib ichishga yaroqsiz darajaga yetdi. Aholi asosan qatlamlar orasidan olinadigan artezian suvlaridan foydalanadi, lekin turli sabablar bilan artezian quduqlar ishlamay qolganda grunt suvidan (quduqlar suvidan) iste’molda foydalanishadi. Grunt suvlarining sifati ko’p joylarda ichimlik suv standarti normasiga to’g’ri kelmaydi. Ifloslangan suvdan foydalanish esa turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishga sabab bo’ladi. Shu sababli ham iste’molda ishlatilayotgan suvlarning ba‘zi kimyoviy hususiyatlarini tahlil qilib ko‗rish dissertatsiya ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiya ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi: - Tog’, tog’oldi tekislik, cho’l, voha landshaftlarida istemolda ishlatilayotgan ichimlik suvlardan namunalar olish va ularni kimyoviy tahlil qilish; suv namunalari tarkibidagi anionlardan gidrokorbanatlar, karbonatlar, sulfatlar, xloridlarni, kationlardan natriy , kaliy, kalsiy, magniy miqdorlarini aniqlash; suv namunalaridan minerallashuv darajasi, suv qattiqligi va vadorod ko’rsatgichini aniqlash; Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi viloyat Gidrometeorologiya markazi hamda Viloyat gidrogeologiya ekspeditsiyasi ma‘lumotlarini tahlil qilish va bu ma‘lumotlardan karta tuzishda foydalanish; to‘plangan ma‘lumotlar asosida Samarqand viloyatida ichimlik suv minerallashuvi, suv qattiqligi, suvdagi kalsiy, magniy, gidrokarbonatlar, sulfatlar va xloridlar miqdorini ko‘rsatuvchi kartalar tayyorlash.
    Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqot oldiga quyilgan asosiy masalalar ishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Dissertatsiya ishining bosh masalasi aholi ichimlik sifatida, istemolda foydalanadigan suv sifati ko‘rsatkichlari qanday ekanligi, istemoldagi sifatli suv bilan aholining ta‘minlanganlik darajasi qay darajadagi va grunt suvlarining ifloslanish darajasini ko‘rsatib berishdan iborat. Dissertatsiya ishi oldiga qo‘yilgan farazlar (g‘oya) shundan iborat. Vohalarda aholining ko‘payishi, sug‘oriladigan yer fondining qisqarib borayotganligi, yerdan yuqori hosil olish uchun undan intensiv foydalanish, kimyoviy preparatlarning ko‘p ishlatilishi va boshqa inson xo‘jalik faoliyatining ta‘siri yer osti suvlari sifatida katta o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bundan 60-70 yil avval quduq suvlari toza va chuchuk bo‘lgan va qishloq aholisi yuz foiz ushbu suvdan ichimlik suv sifatida foydalanib kelgan. Bugungi kunga kelib vohalarda 70 foizdan ortiq hududlarda grunt suvlari (quduq) ifloslanganligi tufayli ular istemolga yaroqsiz darajaga yetdi. Dissertatsiya ishida grunt suvlarining sifat ko‘rsatgichlarini olingan. Suv namunalarining kimyoviy taxlil natijalari orqali ko‘rsatib berishdan iborat. Ushbu g‘oya (faraz) dissertatsiyaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili: Samarqand viloyati Zarafshon vodiysida joylashgan. Zarafshon vodiysining yer usti va yer osti suvlarining shakllanishi, zaxirasi, ulardan foydalanish masalalari B.A.Beder (1961), Reshetkina I.M (1957), Sultonxodjayev A.N, Ibragimov D.S, Jurayev U (1975), Sultonxodjayev A.N, Xasanov A.S, Mirzayev S.M (1965), V.L Shuls (1965), Saidov A.S(1965), Baratov P.B (1977), Siddiqov X (1981,1989), Abdulqosimov A.,Abduraxmonova Yu.X (2004), Alibekov L.A, Abbasov S.B (2004), Chembarisov E, Baxriddinov B (1989), Raxmatullayev A.,Rustamova S (2011) ishlarida yoritilgan. Bulardan Sultonxodjayev A.N, Xasanov A.S, Mirzayev S.I (1965) ishlarida suv gidrokimyosi tug‘risida ma‘lumotlar bor. Keyingi 7 yillardagi tadqiqotlarda Zarafshon daryosi suvi sifati xaqidagi ma‘lumotlar Rubinova F.E, Ivanov Yu.N(2005), Chembarisov E.I (1988), O‘zbekiston Respublikasi atrof muxit to‘g‘risida Milliy ma‘ruzasida (2006), Ekologicheskiy atlas O‗zbekistana (2007) da, Raxmatullayev A, Naimov O, Asatov A (2013) ishlarida berilgan.
    Bu ishlardagi ma‘lumotlar ham asosan Zarafshon daryosi suviga taluqli bo‘lib bevosita ichimlik suvlar sifatiga bag‘ishlangan ishlar kam. Lekin viloyat bo‘yicha ichimlik suvlar doimo davlat nazoratida turadi. Viloyat va tumanlardagi SES ( sanetariya epediomologik stansiya) suv tizimini nazoratda saqlaydi va ularning Davlat standartiga mos kelishiga ma‘sul hisoblanadi. Shuning uchun ham biz olib borgan tadqiqot ishlar, olingan namunalar va bajarilgan ishlar tuzilgan kartalar viloyat ichimlik suvlarining menerallashuv darajasini aniq ko‘rsatib beradigan yaxlit katta ilmiy tadqiqot ish hisoblanadi. Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tarifi: Dissertatsiya ishini bajarishda geografik tayanch nuqtalar , geografik taqqoslash, tarixiygeografik, statistik tahlil, kimyoviy tahlil, kartografik usullardan foydanildi. Bulardan ayniqsa kimyoviy taxlil va olingan natijalarini kartada tasvirlash usullardan keng qo‗llanildi. Tadqiqot natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati.Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki suvlarning kimyoviy tahlil tufayli olingan ma‘lumotlar asosida bir nechta yangi kartalar tuziladi. Bunday kartalar Respublikamiz viloyatlarining birontasida xozirgacha tuzilgani yuq. Ikkinchidan ushbu kartalar viloyatning ekologik kartasini tuzishga asos bo‗ladi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki olingan ma‘lumotlar, kimyoviy tahlil natijalari, kartalar aholini sifatli ichimlik suv bilan ta‘minlashda, ichimlik suv ta‘minotini yaxshilashda ilmiy asos vazifasini bajaradi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:Samarqand viloyatining turli landshaftlaridan olingan 40 dan ortiq suv namunalari va ularda aniqlangan anionlar, kationlar, 8 minerallashuv darajasi, qattiqligi, vodorod ko‘rsatgichi, Samarqand ichimlik suvlaridagi mikroelementlarni aniqlash va shu ma‘lumotlar asosida tuzilgan gidrokimyoviy kartalar ushbu tadqiqot ishning yangiliklari hisoblanadi. Bulardan tashqari tuzilgan gidrokimyoviy kartalar boshqa viloyatlar yoki hududlarda tuziladigan shu turdagi kartalar uchun andoza rolini o‘ynaydi. Dissertatsiya tarkibining qisqacha ta’rifi: Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kirish qismida dissertatsiya mavzusining asoslanishi, dolzarbligi, tadqiqot ob‘ekti, predmeti, tadqiqot maqsadi, vazifalari, tadqiqotning asosiy masalalari, farazlari, adabiyotlar tahlili, tadqiqotda qo‘llanilgan uslublar, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiliklarni bayon qilingan. Birinchi bob Samarqand viloyati ichki suvlarining shakllanishi va tarqalishi deb ataladi. Unda viloyat hududida yer usti va yer osti suvlarining shakllanishi va tarqalishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, yer osti suvlarining turlari ularning tarqalishi, yer usti suvlarining shakllanishi, rejimli tarqalishi to‘g‘risida batafsil tavsif berilgan. Unda viloyat hududining geologik tuzilishi, rel‘efning hamda iqlimning roli kattaligi ko‘rsatib berilgan. Ikkinchi bob Samarqand viloyati ichimlik suvlarining sifati va ularning tarqalishi deb nomlanadi. Ushbu mavzuda ichimlik suv sifatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi manbalar batafsil yozilgan. Bunda sug‘oriladigan yerlardan chiqadigan va shaharlardan tashlanadigan oqova suvlar, suvni ifloslovchi manbalar to‘g‘risida ma‘lumotlar berilgan. Ushbu bobning ikkinchi paragrifda ichimlik suvlar sifatining landshaftlar bilan bog‘liqligi (tog‘, tog‘ oldi tekislik, cho‘l, voha landshaftlari) ko‘rsatib berilgan. Uchunchi paragrofda ichimlik suv sifatini kimyoviy tahlil yo‗li bilan aniqlash uchun suv namunalarini olish va ularni tahlil qilish masalalari bayon qilingan. Suv namunalarini olishda istemolda ishlatilayotgan buloq suvlari, grunt suvlari (pishma quduq yoki arqon quduq), artezian quduq suvlari va ba‘zi xolatlarda taqqoslash uchun daryo suvlari olinadi. Uchinchi bob Viloyat bo‘yicha suv sifatini tahlil qilish va rayonlashtirish deb ataladi. Viloyat tumanlaridan 40 dan ortiq nuqtalaridan suv namunalari olindi va 9 ular Samarqand Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakultetiga qarashli Mikroelementlar laboratoriyasida kimyoviy tahlil qilindi. Suv namunalari tog‘li xududlardan buloqlardan , tog‘ oldi tekisliklaridan, Qarnob, Ulus, Jom cho‘l hududlaridan va vohalardan olindi. Suvdagi asosiy anionlar va kationlar hamda suv minerallashuv darajasi, suv qattiqligi hamda vodorod ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ushbu ma‘mulotlardan tashqari yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi bo‘yicha malumotlar Samarqand gidrogeologiya ekspeditsiya fondidan, daryo suvlari kimyoviy tarkibi xaqidagi ma‘lumotlar Samarqand viloyat tabiatni muxofaza qilish va Samarqand gidrometrologiya markazi arxivlaridan olindi va ular biz olgan natijalar bilan taqqoslanildi. Kimyoviy tahlil uchun namuna olingan joylar maxsus kartada ko‘rsatildi. Shu bilan birga suvning menerallashish darajasi, suv qattiqligi, sulfatlar va xloridlarning miqdorini ko‘rsatuvchi kartalar tuzildi. Kartalarda suv sifat ko‘rsatgichlari ustunlar bilan tasvirlanganligi uchun ularning viloyat xududi bo‘yicha ko‘payishi va kamayishi yaxshi ko‘rinadi. Olingan ma‘lumotlar, to‘plangan materiallar statistik tahlil qilindi.Barcha to‘plangan ma‘lumotlar tahliliga asoslangan holda viloyat hududini suv sifati bo‘yicha rayonlarga bo‘lindi.


    Download 8.45 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 8.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand viloyati hududining yer osti suvlari va ulardan samarali foydalanish Mutaxassislik: 5A141101-Gidrologiya

    Download 8.45 Mb.