Reja: Ekosistema nima? Agroekosistemalar




Download 7.75 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2022
Hajmi7.75 Kb.
#20209
  1   2   3
Bog'liq
Reja Ekosistema nima Agroekosistemalar-fayllar.org
1- Amaliyot, tayyor Hozirgi zamon Ekologiya uchun 26 ta bilet savollari, 8000084, Анализ натижалари, Turexanov FF Hisobot 2022 (2), Kafedra Kuchirma (Omon)09.12.22 - копия, 6-laboratoriya, Geofizika va geokimyo, 333 Самарканд вилояти ер ости сувлари ва улардан самарали фойдаланиш, Lug\'atlar inglizcha, 1-amaliy, J3RPoWaI7bZgtvG9TXc7oMNk2KzQ-6Wo, AXBOROTNI HIMOYALASH (2), favqulodda-vaziyatlarda-zaharli-moddalar-ta-sirida-jabrlanganlarga-tibbiy-yordam-ko-rsatish

Reja: Ekosistema nima? Agroekosistemalar

Inson hukumronligi ostidagi tizimlar.Agroekosistemalar. Tekshirdi:A.Nurmuxamedov Bajardi:X.Rasulov

Reja:

1.Ekosistema nima?

2.Agroekosistemalar.

3.Agroekosistemani Urbanoekosistemadan farqi.

Ekosistema Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik sistema deyiladi. Ekosistema – jonli va jonsiz komponentlari modda va energiya almashinuvi tufayli o’zaro bog’langan tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit atmosfera, tuproq, suv havzalari va boshqalar hosil qilgan yagona tabiiy kompleks; birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistema tushunchasi turli murakkablikdagi va o’lchamdagi tabiiy obyektlarga qo’llaniladi. Masalan, okean va uncha katta bo’lmagan ko’l, tayga yoki qayinzorlar alohida olingan ekosistemalardir. Ekosistema atamasini birinchi marotaba 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Ekotizim deganda biz modda va energiya almashinuvi yordamida bir-biri bilan bog’langan tirik organizmlar va muhitning anorgannk faktorlari kompleksining yig’indisini tushunamiz. Yaylov, cho’l, tog’, suv, ko’l, tayga, tundra va boshqa ekotizimga misol bo’la oladi. Ekosistema atamasi mazmun jihatidan 1942 yilda akademik V.N.Sukachev taklif qilgan «biogeosenoz» (bios – hayot, geo - yer, senoz-jamoa) atamasiga juda yaqin turadi. Biroq biogeosenoz atamasi ekotizimga nisbatan torroq ma’noni anglatadi

Biogeosenoz atamasi faqat yer yuzidagi tirik organizmlar kompleksi bilan bog’liq. Ekotizim esa yer yuzida ham, boshqa sayyoralarda ham tirik organizmlar bilan anorganik muhit o’rtasidagi bog’lanishni anglatadi. Shu bois har qanday biogeosenoz ekosistema bo’lishi mumkin. Lekin xar qanday ekosistema biogeosenoz bo’la olmaydi. Masalan, oyga uchirilgan kosmik kema va uning ekipaji (odam, hayvon, o’simlik) kichik bir ekotizim deb qaralishi mumkin, lekin u biogeosenoz bo’la olmaydi.


Download 7.75 Kb.
  1   2   3




Download 7.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ekosistema nima? Agroekosistemalar

Download 7.75 Kb.