• Eritmalar va ularning ahamiyati. 4. Suvning elektrolitik dissosilanishi. 5. Tuzlar gidrolizi Suvning tarkibi va tuzilishi
  • Suv. Suvning tarkibi. Suvning fizik kimyoviy xossalari reja: Suvning tarkibi va tuzilishi




    Download 461.48 Kb.
    bet1/66
    Sana04.12.2023
    Hajmi461.48 Kb.
    #111123
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichl-fayllar.org
    Baholash vositalari, 1234567894143 (2), iqtisodiyot nazariyasi fanidan seminar mashgulotlari uchun uslubij, Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi oxirgisi 18.12.2020, 7, 00011, dastur55555555555555555, 8 mavzu Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari (2), lABORATORIYA iAKT 2022-2023, Qurilishda axborot texnologiyalari Shadmanova U.A 0000, Sobirjonov SHIR, 6-laboratoriya, Ochildiyeva Qirmizoy Mengziya qizi (1), Professional ta\'limda xorijiy tillar iyun, MAXORAT-DARSI ISH REJASI

    Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari Eritmalar va ularning ahamiyati

    1 – MA’RUZA. SUV. SUVNING TARKIBI. SUVNING FIZIK - KIMYOVIY XOSSALARI
    Reja:
    1. Suvning tarkibi va tuzilishi
    2. Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari
    3. Eritmalar va ularning ahamiyati.
    4. Suvning elektrolitik dissosilanishi.
    5. Tuzlar gidrolizi
    Suvning tarkibi va tuzilishi. Ma’lumki, toza holda suv molekulasi 88,8 % kislorod va 11,2 % vodoroddan tashkil topgan, 2 ta vodorod va 1 ta kislorod atomidan iborat (bir tekislik yuzasida 2 ta vodorod atomlari 1050 burchak ostida kislorod atomi bilan birikkan). Undagi musbat va manfiy zaryadlar 2 qutbda joylashgan. Dipol momenti  q 1,85 debay. Qutblangan suvning 2 molekulasi o’zaro birlashib (assosiasiyalanib) dimer holida, ya’ni nH2O q (H2O)n bo’ladi.
    Kislorod atomidagi elektronlar quyidagicha qavatlarda joylashgan: 1S2 2S2 2P4. Odatda, ikki energetik qavatdagi olti elekttrondan 2 tasi suv molekulasini hosil qilishda qatnashib, ya’ni N:O:N ko’rinishda ifodalash mumkin. Qolgan ikki elektron jufti esa, qo’shni yana 2 suv molekulasini tashkil etuvchi N atomlariga yo’nalgan bo’ladi. Ular manfiy zaryadlangan elektron bulutini vujudga keltirgan holda, assosiasiyalangandan so’ng molekulalarga xos vodorod bog’lari (> 0 ....H -) ni hosil qilishda qatnashadi. Vodorod bog’i 1 kg atom uchun 4,5 kkalga tengdir.
    Qutbli suv molekulalarining assosiasiyalangan holda bo’lishida vodorod bog’lari muhim o’rin tutadi.
    Shunday qilib, vodorod bog’lari vositasida, uzun zanjirsimon makromolekula hosil bo’ladi. Bundan tashqari, yana shunday ilmiy tushuncha ham borki, unda ikki suv molekulasi bir-biri bilan dimer ko’rinishida birikib, ancha mustahkam holga o’tadi. Aynan shu holatdagi suv molekulalari nisbatan zich joylashadi. Boshqacha tuzilish va suv molekulalarining o’zaro joylashishida ma’lum darajada bo’shliq(defekt)lar bo’lishi muqarrar. Masalan, muz holidagi suv molekulalarining bir- biriga nisbatan joylashishini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: Bunda har bitta kislorod atomi ikkita “o’ziga tegishli” (0,99 A oralig’ida bo’lgan) va ikkita o’zga-“begona”(1,78 A masofada) vodorod atomlarini birlashtirgan bo’ladi. Aynan shu tarza hosil bo’lgan “suvlar” tarkibida bo’shliqlar (defektlar)bo’lgan kristalli holat (muz)larni barpo etadi.
    Haroratning ko’tarilishi(suv isishi) bilan suvning assosiasiyalanish darajasi pasaya boradi. Suv bug’lanishi 1000Sda assosiasiyalanishi nihoyatda past bo’lib, bug’langan molekulalar massasi topilganda 18 soniga tengligi aniqlangan, demak, bug’da assosiasiyalanish mutloq yo’q, degan so’zdir. Qizig’i shundaki, muz (00S) zichligi 0,92 g sm3, 40S li suv zichligi esa, eng yuqori qiymat 1,0 g sm3. Hulosa shuki, shu holatda suv ko’p dimerlash hodisasi sodir bo’ladi. Buni fanda suv zichligiga bog’liq anomaliya hodisasi deb ataladi va suv muhiti, qolaversa, atrof-muhitlarning shakllanishida mazkur hodisa muhim o’rin tutadi.

    Download 461.48 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 461.48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suv. Suvning tarkibi. Suvning fizik kimyoviy xossalari reja: Suvning tarkibi va tuzilishi

    Download 461.48 Kb.