Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari




Download 461,48 Kb.
bet7/66
Sana04.12.2023
Hajmi461,48 Kb.
#111123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichl-fayllar.org

2. Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari. Hech qachon tabiiy suv - Н2О, ya'ni toza - suv holida uchramaydi. Tabiiy suv tarkibi xususida gap borar ekan, albatta, unda gaz, suyuq va qattiq moddalar erigan bo'lishi, turgan gap. Shu paytgacha, tabiiy suvlarda D.I.Mendeleev davriy sistemasi jadvalining qariyib yarmini tashkil qiluvchi element birikmalari uchrashligi aniqlangan. Tabiiy tarkib usullaridan tashqari, xozir suv havzalariga turli chiqit-oqavalar tushishi sabab, murakkab (kompleks) o'ta zarur moddalar bo'lishi kerak.
Iste'mol uchun odatda “Toza” hisoblanadigan tabiiy suvlar ham ma'lum, tayyorlash-qayta ishlash jarayonlaridan so'nggina yarashi mumkin. Oqava iflos chiqitlar aralashganidan keyin esa, so'zsiz yarim tozalash jarayonlari bajarilgach, foydalanishi mumkin. Demak, amalda suvdan foydalanish uchun, albatta, uning tarkibini aniq bilish kerak.
Suvga aralashgan barcha tur komponentlar ikki xil: erimagan va erigan holda bo'ladi.
Suvdagi erigan aralashmalarni mavjud ilmiy ma'lumotlar (Alyokin, 1970 y)ga ko'ra, asosan, turli ionlar, mineral tuz, organik va biogen moddalar qoldiqlari hamda gazlar bo'ladi, deb qarash mumkin. Erimagan birikmalar ham juda ko'p bo'ladi.
Erimagan moddalar xususida qisqa ma'lumot beramiz. Faqat birligida soy va daryolardagi suvlar olib o'tadigan erimagan moddalar miqdori - Rm, odatda rus tilida yuritilib, kg/sek deb balgilanadi. Suvdagi ularni konsentrasiyasi Cm (g/m3 yoki mg/l) bilan belgilanib, suvning aralashmali ko'rsatkichini ko'rsatadi. Agar suvni umumiy sarf hajmi Q bilan ifodalansa

tenglamani yozish mumkin.


Bundan tashqari suv oqava bilan oqib o'tadigan modda zarrachalari massasi (m)ning oqish tezligi (U) ga bog'liqligi, Eri qonuniga binoan

ifodasi bilan xarakterlanadi. Bunda, A - proporsionallik koeffisenti. Ko'rinib turibdiki, daryo suvida jami erimagan modda suvining oqish tezligi va suv sarfi miqdoriga bevosita bog'liq ekan. Erimagan moddalar asosan daryo (soy) va unga qo'yiladigan katta-kichik irmoqlar suvi turli huddi yer yuzi qatlamlarini yuvishi oqibatidir. Tuproq (yer yuza) qatlamlari qancha ko'p nuragan (erroziyaga uchragan) bo'lsa, shuncha ko'p erimagan komponentlar bo'lishi aniqlangan.


Yer erroziyasi o'z navbatida yer yuzasining yuvilishiga nisbatan barqarorligi va to'g'ri burchakda tushayotgan suv okimi energiyasi Yo bilan bog'langandir.

vositasida Yo qiymati topiladi. Bunda Q - suv miqdori (m3/sek yoki t/sek); Н – oqayotgan suv manbai o'zanining baland past ko'rsatkichidir. Hulosa qilib aytish mumkinki, tog' yoki qir-adirli xududlarda yer yuzi qatlamlari erroziyasi kuchli, tekislikda esa past darajada bo'ladi. Shu narsa ham ma'lumki, tog'li joylarda suv oqimi tosh-shag'al, shuningdek, yer qatlamlarini yemirib (yuvib) o'zi bilan oqizib ketadi. Suv tarkibida erimagan holdagi moddalar miqdori yil fasllari, iqlim, sharoit va boshqa omillarga bog'liq, ya'ni doim o'zgarib turadi.


Ayrim tabiiy suvlarda turli xil mikroorganizm va suv o'tlari, planitonlar erimaydigan organik birikmalar manbai hisoblanadilar. Yoz oylarida planktonlarning rivoj topishi uchun qulay sharoitlarida suvlar tarkibida erimagan organik birikmalar ham ko'p bo'lishligi aniqlangan.
Erimagan, ya'ni “osilgan holda”gi organik moddalarning suv tarkibida paydo bo'lishi ikki xil yo'l bilan amalga oshadi:
1. Kuchli yomg'ir (sel) yog'ilishi yoki harorat ko'tarilib muz qorlar ko'p erib, katta miqdorda suv oqimlari natijasida er yuzasidagi jonzodlar, har xil biosenozlar yuvishi bilan;
2. Suvning o'zida ma'lum qulay sharoit vujudga kelib planktonlar rivojlanishi bilandir.
Suv muhitidagi organik birikmalarning parchalanishi natijasida, xuddi tuproq qatlamlarida ko'payadigan gumusdek, ancha barqaror moddalar hosil bo'ladi. Ular rangli va rangsiz, xidli va xidsiz bo'lishi mumkin. Suvdagi barcha tur moddalarning sifat miqdoriy ko'satkichlariga qarab, tabiiy suvlar ham har xil rangga bo'yalishi turgan gap, albatta.
Gumus tipidagi organik moddalarga xos bo'lgan va suv sifatini belgilaydigan ko'rsatkich ham ma'lum bo'lib, u shundan iboratki, ulardan Н2 ga nisbatan С miqdori ancha kam, ya'ni C:Н1:10 ko'rinishdadir. Bunday moddalar permanganat, bixromat. aktiv xlor kabilar vositasida tez oksidlanishi mumkin. Tabiiy sharoitda, biologik omillar ta'sirida, ularning oksidlanishi ancha qiyin hisoblanadi.
Tabiiy suv - tarkibidagi erigan tuzlarga bog'liqdir. Har xil tuzlarni o'zida tutishi (minerallanganlik darajasi)ga qarab, suvlar quyidagicha klassifikasiyalanadi, ya'ni turlarga bo'linadi:
— chuchuk suv, ularda tuzlar miqdori 1 g(l gacha bo'ladi;
— sho'rroq suv, ularda tuzlar miqdori 1 -25 g(l gacha bo'ladi;
— sho'r suv, ularda tuzlar miqdori 25 g(l dan ancha ortiq.
Shu narsa ham aniqlanganki, YEr satxidagi chuchuk suvlarda erigan tuzlar miqdori 200 mg(g, “O'rtacha suv” 200-500 mg(l va yuqori darajada minerallangan chuchuk suvda (lekin ichimlik hisoblanadigan suvda) 500 - 1000 mg(l, ya'ni 1 kg(l ligi ma'lum.
Suvda uchraydigan kationlarga
H, Nа, К, NH4, Cа2, Мg2, Fе2, Мn2, Аl3
va ionlarga
ОH-, HCО3-, CО3-2, Cl-, SО42-, HS-, NО3-, NО2-, F-, PО3-4, Br- J-, HSiО3-
larni ko'rsatish mumkin. Eng ko'p miqdorda esa 7 xil ion: Nа, К, Cа2, Мg2, HCО3-, SО42-, Cl- mavjuddir.
Yuqorida ko'rasitilgan ionlarning ayrimlarining ko'p-kamligi (miqdorlari) ga qarab, tabiiy suvlar yana 3 turga: gidrokarbonatli (karbonatli), sulfatli va xloridli (Alekin, 1970 y)ga bo'linadi. Ularning har biri, o'z navbatida, tag'in 3 xilga ajratiladi, masalan, gidrokarbonatli (karbonatli) suv - tarkibida kalsiy tutgan, magniy va natriyli suvlarga bo'linadilar.
U yoki bu turdagi suv o'z tarkibidagi mavjud ionlarning o'zaro bir-biriga nisbatan kam-ko'pligi bilan (mg-ekv/l) yana 3 qismga bo'linadi:
1. HCО3- > Cа2 Мg2
2. HCО3- < Cа2 Мg2 < HCО3-  SО42-
3. HCО3-  SО42- < Cа2 Мg2
Yuqorida ko'p marta ta'kidlanganidek, yer osti suvlari odatda ko'proq minerallangan bo'lib, ular tarkibida natriy, sulfat va xlor ionlari nisbatan ko'p uchraydi. Bunday ionlar oson eruvchi tegishli tuzlarning tabiiy suvda eriganligi natijasidir. Ayniqsa issiq va quruq iqlimli Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bunday tabiiy suvlar ko'proq xarakterli hisoblanadi.
Tabiiy suvlarda, yuqoridagilardan tashqari, biogen moddalar va turli mikroelementlar ham uchraydi. O'simlik va jonzodlar olami, ayniqsa, suv o'tlari uchun o'ta zarur bo'lgan (oz miqdorda bo'lsa ham) mikroelementlar katta ahamiyatga ega. Ular jumlasiга Cu, Zn, Мn, B elementlarini kiritish mumkin.
Odamlar sog'ligi uchun suv tarkibida ftor va yod elementlarining bo'lishligi katta ahamiyatga ega. Agar ftor miqdori suvda kamayib ketsa, tish emirilishi(tish kariesi), ko'payib ketganda esa flyuorozom (tishni o'tkir bo'lakchalarga ajrashi) kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ftorning suvdagi me'yoriy (chegaralangan) darajasi 1 mg(l bo'lishini mutaxassislar tomonidan qayd qilingan.
Ichimlik chuchuk suv tarkibida yod miqdori 0.001 mg(l dan kamayib ketgani xollarida epidemiologik buqoq kasalligi zo'rayadi. Agar suvda ammoniy va nitrit ionlari bo'lsa, shuningdek, yuqori darajada oksidlanish jarayoni sodir etilganda ham, tabiiy suv havzasi yaqin vaqt oralig'i(unchalik uzoq bo'lmagan joyda) iflos chiqitlar bilan bulg'anishidan darak beradi; nitrat ionining borligi - suvning ancha uzoq vaqtdan boshlab ifloslanishidan dalolat beradi. Suv tarkibida azot, fosfor va oltingugurtlarni tutgan organik birikmalar bo'lgan taqdirda mikroorganizm (jonzod)lar rivoji uchun, shu jumladan turli kasalliklarni keltirib chiqaradigan bakteriyalar uchun ham qulay sharoit paydo bo'ladi va hakozo.

Download 461,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Download 461,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy suvlar tarkibidagi asosiy komponentlari

Download 461,48 Kb.