Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari




Download 461,48 Kb.
bet2/66
Sana04.12.2023
Hajmi461,48 Kb.
#111123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichl-fayllar.org

Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari. Bir qator boshqa moddalarga nisbatan suv birikmasi yuqori issiqlik sig’imiga ega. Misol uchun, ko’rsatib o’tish mumkin, suv havoga qaraganda 3100 marta ko’p issiqlik sig’imiga ega(har xil tuzlar erigan suvda yanada ko’p bo’ladi). Bu xossa, albatta, suv molekulalarining assosiasiyalanish xususiyati bilan bog’liq. Chunki issiqlik ta’sirida, nafaqat uning harorati ko’tariladi, balki birlashgan suv molekulalarining bir-biridan ajratilishiga ham sarf bo’ladi.
Suv issiqlik sig’imining nisbatan yuqori ekanligi, o’z navbatida iqlim sharoitini shakllanishida muhim ahamiyatga ham ega. 1, 2 misol keltiramiz. Meksika bo’g’ozida boshlanadigan golfstrim o’z tarkibida taxminan 200S gacha 25 mln. tonna suvni 1 sekund oralig’ida yig’ib, Ovropa va Murmansk atrofiga olib o’tib, u yerning iqlimini ancha yumshatadi (Nekrasov, 1965 y). Demak, suv o’ziga xos bo’lgan fizik-kimyoviy xossalari sabab, Yer iqlim-sharoiti, atrof-muhitlarning ekologik tabiiy holatlarini belgilab (ifodalab) turar ekan.
Sayyoramiz yuza sathi issiqlik balansini shakllanishida atmosfera havosi tarkibidagi suv bug’i ko’rinishidagi suv birikmalari faol qatnashadi. Xuddi SO2 kabi, suv molekulalari ko’p miqdordagi quyosh nuri energiyasini yerga o’tkazib va aksincha, yerdan ko’tariladigan issiqlik energiyasini o’zida ushlab(ja’mlab) qoladi.
Nafaqat suyuq holatdagi suv, balki muz ham bug’lanadi. Kimyogarlar buni aniq bilishadi. Biroq past haroratda muz ustidagi bug’ bosimi juda kam bo’ladi:
1-jadval

T0S


-20

-10

0

10

20

30

50

75

100

mm. Sm.u

0,8

1,9

4,0

9,2

17,5

31,8

92,5

289,1

760

Suv bug’i bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashgan holatda, odatda, suv qaynaydi. Demak, suvning qaynash harorati bosimga juda bog’liq bo’ladi:
2-jadval

R atm.

1

2

5

10

20

50

100

T kaynash 0S


100

150

151

179

211

263

310



Muzning suyuqlanish harorati bosimga bog’liqmi?- degan savol tug’iladi. Muvozanat holatdagi suvmuz sistemasida bir xil miqdordagi suv hajmiga nisbatan muz hajmi katta bo’ladi.
Yuqoridagi muvozanatda, Le-Shatalye prinsipiga ko’ra, aytish mumkin, bosim ortsa muvozanat o’ngga, ya’ni suyuq suv tomon, aksincha, pasaysa muz tomonga siljish bo’ladi. Darhaqiqat, har bir atm. bosim (amaliyot natijalariga asosan) muzning suyuqlanish haroratini – 0,0080S ga kamaytiradi (pasaytiradi).
Toza holdagi suvning o’zidan elektr tokini o’tkazishi nihoyatda past. Masalan, 180S (uy haroratida) 0,04*10-6 OM-1 sm-1 ga teng. Bu haqida fikr yuritilishining boisi shundaki, suvning sifati, fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlashda qo’llaniladigan usullar orasida elektr o’tkazuvchanlikka asoslanganlari nihoyatda sezgir va aniq usullar hisoblanadi. Elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan o’tkazgichlar yuqori bo’lgan suvlar toza emasligini belgilaydi (turli ionlarga boy).
Suv boshqa suyuq moddalarga nisbatan ancha yuqori sirt tarangligi (200S da 72,7 ergsm2) ga ega. Suvda sirt aktiv modda bo’lgan hollarda esa sirt tarangligi qiymati pasayadi. Suvni purkash(changlash) uchun energiya sarfi, flotasiya jarayonida qattiq jismlarning suv bilan xo’llanish darajasi, nihoyat, kapilyar (ingichka naycha)da suvning ko’tarilishiga qarab, uning sirt tarangligi kuchini, ko’rsatkichini tajriba bilan aniqlab, suvning toza yoki ifloslanganligini aytib berish mumkin.
Xuddi shuningdek, suv qovushqoqligini o’lchash ham muhim ahamiyatga ega. Tortish bilan qovushqoqlik tez pasayadi. Masalan, 00S da 1,789 spz; 200S – 1,002 spz. Buni nazarda tutib, odatda, filtrlashga bog’liq jarayonlar amalda foydalaniladi.
Suv yaxshi eruvchandir. Ana shu xossasi, ya’ni uning vositasida turli eritmalar hosil bo’lishini ham yaxshi bilish zarur. Shuning uchun ham Yerning turli joylari va suv manbalarining har xil yerida uning tarkibi bir xil emas. Bundan tashqari, suv kimyoviy turli birikmalari bilan yaxshi reaksiyaga kirishib, reaksiya aktivligiga qarab, suvning toza yoki tozamasligini xarakterlash mumkin.

Download 461,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Download 461,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari

Download 461,48 Kb.