• Avtomobil yollarini qurish va rekonstruksiya qilish texnologiyalari Fanidan REFERAT Qabul qildi
  • Referat qabul qildi : Tovboyev B. Jizzax-2023 Mavzu: Lak va bo’yoq materiallari, yo’l qurilishida ishlatilishi. Reja




    Download 0.61 Mb.
    bet1/3
    Sana18.10.2023
    Hajmi0.61 Mb.
    #88520
    TuriReferat
      1   2   3
    Bog'liq
    Zaripbayev Nurlibek
    ILK O\'RTA ASRLARDA TURKISTON XALQLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY XAYOTI, 4-MUSTAQIL ISH, 3, 15- mavzu


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    SIRTQI BO’LIM Yo’l MUHANDISLIGI YO’NALISHI
    4-Kurs 674A-20 Guruh
    Talabasi Zaripbayev Nurlibekning
    Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish
    texnologiyalari Fanidan
    REFERAT
    Qabul qildi : Tovboyev B.
    Jizzax-2023
    Mavzu: Lak va bo’yoq materiallari, yo’l qurilishida ishlatilishi.
    Reja:
    1.Bo’yoqlar haqida umumiy ma’lumotlar.
    2.Yo’l qurilishida ishlatiladigan lak va bo’yoq materiallar.
    4. Lak va bo’yoq materiallarini asosiy xossalari.

    Bo’yoqchilik va pardozlash ishlari uchun ishlatiladigan lok bo’yoq mate- riallari hamda ularni hosil qiluvchi tarkiblar juda hilma-hildir. Ular hili kimyoviy tarkibi va qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab sinfla-nadi. Lok bo’yoq materiallarga loklar, bo’yoqlar, kukun boyoqlar, emallar, grun-tovka va shpaklyovkalar kiradi. Lok va boyoqlarning tarkibini hosil qiluvchi materiallarga esa turli hil rangdagi pigmentlar, to’ldiruvchilar, bog’lovchi moddalar, qotiruvchilar, plastiklovchilar, erituvchi va suyultiruvchilar, shu-ningdek, pardozlash ishlari uchun ishlatiladigan materiallar kiradi. Bo„yoqlar har xil rangdagi pigmentlar bilan toldiruvchilar aralashmasining olif, emulsiya yoki lateksdagi suspenziyasidir (suyultirilgan ara- lashma). Ishlatilishga tayyor boyoqlarga-suvda eriydigan emulsiyali, moyli, emalli va uchuvchan smolali bo„yoqlar kiradi. Suvda eriydigan bo‘yoqlarga mineral tarkiblar asosidagi, polimersementli va suvli emulsiyali boyoqlar kiradi.

    Moyli bo‘yoqlar pigmentlar, to„ldiruvchilar va olif aralashmasi suspen- ziyasi shaklida tayyorlanadi. Ularga quyuq ezilgan qo’rg’oshin, rux, litopon belilalari, rangli bo„yoqlar, temir surigi, oxra kabilar kiradi. Emalli bo‘yoqlar pigmentlar bilan toldiruvchilarning lokdagi erit- masidir. Lokli emal bo„yoqlar alkidli, epoksidli va mochevinoformal- degidli turlarga bolinadi. Uchuvchan smolali bo‘yoqlar asosan pigmentlarning lokdagi eritmasi bo„lib, erituvchilarning uchib ketishi hisobiga quriydi. Natijada yuzada sifati bog„lovchining hiliga, tarkibini tashkil etuvchilarning o„zaro ta‟si-riga bog„liq bo„lgan yaltiroq bo„yoq parda hosil bo„ladi. Bunday bo„yoqlar perx-lorvinilli, vinilindenxloridli, nitrogliftalli, nitrotsellyulozali hillarga bo„linadi. Loklar smolalar, o„simlik moylari va polimerlarning organik erit- uvchilardagi eritmasi bo„lib, yuzaga surtilib quritilganidan keyin bir jinsli shaffof parda hosil qiladi. Uning tarkibiga plastifikatorlar qo„shish orqali pardaning rangini o„zgartirish va sifatini oshirish mumkin. Loklar moyli-smolali, moysiz sintetik, bitumli, spirtli va politurali hamda nitroloklarga bo„linadi. Gruntovka pigmentlar bilan to„ldiruvchilar aralashmasining bog„lovchi moddadagi eritmasi orqali tayyorlanadi. YUzaga surtilib quriganidan keyin asosga yaxshi yopishgan bir jinsli xira parda hosil qiladi.
    Gruntovkalar qoplamaning ostki qatlamini hosil qiladi, shunda qoplamaning ustki qatlami bo„yalayotgan yuzaga puxta yopishadi. Gruntovkalangan yuza batamom quriganidan keyin ustidan bo„yoq yoki lok surtiladi. SHpaklyovka quyuq yopishqoq pasta bo„lib, pigmentlar bilan to„ldiruv- chilarning bog„lovchi moddadagi aralashmasidan iboratdir. SHpaklyovkalar lokli, moyli va elimli xillarga bo„linadi. Ular bo„yaladigan yuzalardagi g„ovakliklar, g„adir-budir notekisliklarni to„ldirish va bir tekis qilish uchun surtiladi. Qurigan shpaklyovka yuzasi qum-qog„oz bilan silliqlanadi, so„ngra ustidan bo„yash va pardozlash ishlari bajariladi.

    Bog„lovchi moddalar lok va bo„yoq ashyolar tarkibi va tuzilishini hosil qilishda asosiy tarkiblardan biri hisoblanadi. Bunday moddalar quri -ganidan keyin pigmentlar bilan to„ldiruvchilarning zarrachalarini o„zaro bog„lab, bo„yalgan yuzaga mustahkam yopishgan yupqa bo„yoq parda hosil qiladi. Bog„lovchi moddalar uch hil guruhga bo„linadi: suvli bo„yovchi tarkiblarga qo„shi-ladigan bog„lovchi moddalar (ularga oq portlandsement, so„ndirilgan ohak, suyuq shisha, hayvonot, o„simlik va kazeinli elimlar); suvsiz bo„yovchi tarkib-larga qo„shiladigan bog„lovchi moddalar (natural, zichlashtirilgan, kombina-siyalangan va sintetik oliflar, har xil loklar, tabiiy va sun‟iy smolalar; suv va oliflar asosida tayyorlanadigan emulsiyalar (“suv-moyda”; “moy-suvda” kabi tarkiblar va emulgatorlar). Pigmentlar mayin tuyilgan rangli quruq kukun shaklidagi anorganik yoki organik moddalar bo„lib, ular suvli va dispers muhitda erimaydi, parda hosil qiluvchi modda bilan manzarali muhofazalovchi qoplama hosil qila oladi. Pigmentlar asosan yuza-sirtlarni bo„yashda ishlatiladi. Pigmentlar tabiiy, sintetik va metalli guruhlarga bo„linadi. Tabiiy anorganik pig- mentlar minerallar va tog„ jinslarini maydalash, boyitish va o„tda toblab ishlov berish yo„li bilan olinadi (tuyilgan bo„r, oxra, ohak, kaolin, grafit, mumiyo, suyak talqoni va h. k.). Sintetik organik pigmentlar kimyoviy reak- siyalar natijasida olinadi. (belila, temir surigi, sun‟iy mumiyo, qizil mars, lazur va h. k). Metall pigmentlar metal yoki metallar qotishmasining mayin to„yilgan kukunidir (alyuminiy upasi va tillarang bronza). To„ldiruvchilar suvda va dispersli muhitda erimaydigan anorganik tabiiy va sun‟iy sintetik moddalardir. Ular bo„yoq qoplama pardalarning texnik va ishlatilish xossalarini yaxshilash hamda pigmentlarni tejash uchun ishlatiladi. To„ldiruvchilar tabiiy anorganik va sintetik anorganik gu- ruhlarga bo„linadi. Tabiiy anorganik to„ldiruvchilar tog„ jinslari va mine-rallarni maydalash, boyitish va toblab ishlov berish yo„li bilan olinadi (tuyilgan qumlar va tog„ jinslari, bo„r, kaolin, diatomit talqoni, angidrid uni va h. k.). Sintetik anorganik to„ldiruvchilar kimyoviy reaksiya va murakkab texnologik jarayonlar asosida hosil qilinadi (tuyilgan talk, asbest changi, barit kukuni va h. k). To„ldiruvchilar pigmentlarning asos bilan ishlashini yaxshilaydi, bo„yoq qoplamalarni pishiq, suv, olov, ishqorlar, kislota va tashqi muhit ta‟siriga chidamli, yaltiraydigan yoki xira qiladi, ularning qurishini tezlashtiradi. YOrdamchi materiallar har xil suyuq va qattiq moddalar bo„lib, ular lok bo„yoq ashyolarni olish va ularga kerakli texnik xossalarni berish uchun ishlatiladi. Bo„larga sikkativlar, qotiruvchilar, plastiklovchilar, erituvchi va suyultiruvchilar va yuvuvchi moddalar kiradi. Lok bo„yoq materiallar qanday maqsadlarga ishlatilishiga qarab quyi- dagi guruhlarga bo„linadi: tashqi muhit ta‟siriga chidamli (turli iqlim sharoitlarida, ochiq may- donlarda foydalaniladigan qoplamalar); tashqi muhit ta‟siriga chidamliligi cheklangan (bostirma va ichi isitil- maydigan xonalar ichida foydalaniladigan qoplamalar); vaqtinchalik muhofazalovchi (buyumlarni ishlab chiqarish, tashish va saq-lash jarayonida bo„yaladigan yuzani vaqtinchalik muhofaza qilish uchun ishla-tiladigan qoplamalar); suv ta‟siriga chidamli (chuchuk suv va uning bug„lari, shuningdek, dengiz suvi ta‟siriga chidamli qoplamalar); neft mahsulotlari ta‟siriga chidamli (har xil moylar, surkama bo„t- qalar, benzin, kerosin va h. k.lar ta‟siriga chidamli qoplamalar); kimyoviy modallar ta‟siriga chidamli (ishqorlar, kislotalar va boshqa suyuq reaktivlar hamda ularning bug„lari ta‟siriga chidamli qoplamalar); issiqqa chidamli (yuqori harorat ta‟siriga chidamli qoplamalar); elektr tokidan himoyalovchi (elektr toki kuchlanishlari, elektr yoyi va sirt zaryadlari ta‟sirida bo„ladigan qoplamalar); mahsus (nurlar ta‟siriga chidamli, yaltiraydigan, issiqlikni ushlab tu- ruvchi va shunga o„xshash qoplamalar); Lok bo„yoq materiallari hili, kimyoviy tarkibi, rangi va h. k. qarab harf va raqamlar orqali belgilanadi. Belgilashlar bo„yoqlar, emallar, gruntov -kalar, shpaklyovkalar uchun besh guruhdan, loklar uchun to„rt guruhdan iborat bo„ladi. Belgilashlarning birinchi guruh bo„yoqning xilini bildiradi va so„z orqali yoziladi, masalan “emal”, “lok”, “oxra”, “shpaklyovka” va h. k. Belgilashlarning ikkinchi guruhi kimyoviy tarkibi bo„yicha parda hosil qiluvchi moddani (smola, polimer, olif va sh. k. materiallar turini) bil- diradi hamda ikkita harf bilan belgilanadi. Masalan: BT-bitumli, MAmoyli, KF-kanifolli, KCH-kauchukli, NP-neftpolimerli va x. k. Belgilashlarning uchinchi guruhi lok va bo„yoq materiallar ko„proq qanday maqsadga mo„ljallanganligini bildiradi va raqam bilan ya‟ni, moyli bo„- yoqlar, yarim tayyor loklar va gruntovkalar belgilarning uchinchi guruhida 0 raqami bilan, shpaklyovkalar esa 00 raqamlari bilan belgilanadi. Belgilashlarning to„rtinchi guruhi materialga berilgan tartib raqamini bildiradi va bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat bo„ladi. Moyli bo„yoqlar uchun tartib raqami o„rniga shu bo„yoq qanday olifdan tayyorlangan bo„lsa, shu olifning turini ko„rsatuvchi raqam qo„yiladi (1- natural, 2-oksol, 3-glif- talli, 4-pentaftalli, 5-kombinatsiyalangan olifalar). Belgilashlarning beshinchi guruhi bo„yoqlarning rangini bildiradi va so„z bilan ifodalanadi, masalan “yashil”, “qizil-jigarrang”, “och-sariq” va h. k. Misol uchun “BT-783 loki”, BT-bitumli, 7-kimyoviy barqaror 83-tartib raqami. “YAshil MD-025 bo„yog„i”, MD-moyli, 0-quyuq ezilgan, 2-atmosfera ta‟siriga chidamliligi cheklangan, 5-kombinatsiyalangan olif, yashil-bo„yoq rangi. Zangori XV113emali, XV-perxlorvinilli, 1- atmosfera ta‟siriga chi-damli, 13-tartib raqami, zangori emal rangi. Loklar va ularning xillari. Lok parda hosil qiluvchi moddalarning organik erituvchilardagi eritmasi bo„lib, yuzaga surtib quritilgandan keyin bir jinsli shaffof yupqa parda hosil qiladi. Ular parda hosil qiluvchi moddalarning turiga qarab bitumli, spirtli, smolali, moy-smolali loklar va nitroloklarga bo„linadi. Bitumli loklarning eng ko„p ishlatiladigani BT-577 lokidir. U bitum ning organik erituvchilardagi eritmasiga modifitsiyalashtirilgan sintetik qo„shilmalar qo„shib tayerlanadi. Qotganidan keyin suvga chidamli bir tekis qora rangdagi parda hosil qiladi. Asosan metall konstruksiyalar va buyumlar (suv-oqova va gaz quvurlari, metall tayanchlar va h.k) yuzasini muhofaza qilish, shuningdek, alyuminiyli bo„yoq (alyumin kukuni qo„shish orqali) tayyorlash uchun ishlatiladi. Bitum-moyli loklar o„simlik moylari asosida tayyorlanadi. Markasi PF-283 va GF-166 bo„lgan loklardan begona aralashmalarsiz bir jinsli yaltiroq shaffof parda hosil bo„ladi. Loklning PF-283 markalisi metal-larda, ochiq rangli yog„ochlarda, och tusdagi moyli bo„yoqlar ustidan himoya qoplamalari hosil qilish uchun, GF-166 markali lok esa och tusdagi moyli bo„yoqlar ustidan, avtomashina va temir yo„l vagonlarida tashqi qoplamalar hosil qilish uchun ishlatiladi. Ishlatilishidan oldin erituvchilar (benzin, solvint) bilan 1:1 nisbatdagi aralashmasida ishbop qovushqoqlikga kelguncha suyultiriladi. Markalari PF-170 va PF-171 loklar butunlayin qotgandan keyin yuzada bir jinsli silliq shaffof parda hosil bo„ladi. Ushbu loklar quriydigan o„simlik moyi va sikkativ aralashmasi bilan modifitsiyalashtirilgan penta- ftalli polimerning organik erituvchilardagi eritmalaridir. Bu loklar, alyuminiy va uning qotishmalarining oldindan tayerlangan yuzasida tashqi muhit ta‟siriga chidamli qoplamalarni hosil qilishga mo„ljallangan. Bun-dan tashqari, ulardan qoplamaning yaltiroqligini oshirish uchun gliftalli emallarga qo„shimcha sifatida ham foydalaniladi. Spirtli loklar va polituralar tabiiy va sun‟iy smolalar va polimer- larning etil spirtidagi eritmasi hisoblanadi. Politura-arkibida 15...20 % parda hosil qiluvchi modda va 80...86 % spirt bo„lgan lok. U yog„ochdan ishlangan buyumlarni jilolash uchun ishlatiladi. Politura bilan jilolangan yuzada yog„och tuzilishini ochadigan, ko„zgu kabi yaltiroq, shaffof, silliq qoplama hosil bo„ladi. Ko„pincha VK-1 markadagi qizg„ishroq tusli jigarrang politura, shuningdek, NS5119 markali nitrotsellyulozali politura ishlatiladi. Poli-tura yuzaga surtilganidan sung 1 soat ichida qotadi. Nitroloklar sellyuloza hosilalarining organik eritgichlaridagi erit- malari bulib, asosan kolloksilin asosida olinadi, Nitroloklar tarkibiga ketonlar, murakkab efirlar, spirtlar kabi erituvchilar, shuningdek, ular - ning toluol va ksilol bilan aralashmalari kiradi. Nitroloklar tez yonadi, qurish jarayonida o„zidan zararli bug„ chiqaradi. Ular asosan yog„och va metal buyumlarni bo„yashda hamda emalli bo„yoqlar tayerlash uchun ishlatiladi. Smolali moysiz loklar sintetik smolalarning organik erituvchidagi emulsiyasidir. Mochevinaformaldegid va poliefir smolalari asosidagi loklar parket pollar, yog„och tolali taxtalar va duradgorlik buyumlarni qoplash uchun ishlatiladi. Emalli bo„yoqlar va ularning xillari. Emalli bo‘yoqlar pigmentlar bi-lan to„ldiruvchilar aralashmasining lokdagi suspenziyasidir. Bunday suspen-ziya qurigandan keyin yuzada turli hil jilvali va fakturali himoyalovchi qattiq manzarali xira parda hosil bo„ladi. Emallar moyli, alkidli, epok-sidli, nitrotsellyulozali va boshqa xillarga bo„linadi. Emallar suvoq va yog„ochlarning ichki pardozlash ishlarida, asbestotsement varaqalar va yog„och to-lali plitalarni korxona sharoitida pardozlashda, shuningdek, stanok, samolyot, avtomobil, sovutgich va h. k. buyumlarni bo„yash uchun ham ishla- tiladi. Perxlorvinilli XV-1100 emallari pigmentlar bilan to„ldiruvchilarga plastiklovchilar qo„shib, uchuvchan organik erituvchilar bilan aralashtirilgan perxlorvinil eritmasidagi suspenziyalari. Bunday emallar 13 rangda ishlab chiqariladi. Rangli XV-785 emallari pigmentlarning plastiklovchi qo„shib, uchuvchan organik erituvchilar aralashtirilgan polivinilxloridli va alkidli xlor -langan smolalar eritmasidagi suspenziyalardir. Ular oq, och sariq, sariq, kulrang, och jigarrang, qizg„ish jigarranglar ko„rinishida ishlab chiqariladi. XV-124 emallari pigmentlarning qovushqoqligi o„rtacha xlorlangan polivinilxlorid smolasi va alkidli smolaning uchuvchan organik erituv-chilar aralashmasidagi plastiklovchi qo„shilgan eritmasidagi suspenziyasidir. Ular 13 hil rangda ishlab chiqariladi. XV125 emali alyuminiy va to„ldiruvchining polivinilxlorid smolaning plastiklovchi qo„shilgan uchuvchan organik erituvchilar aralashmasi eritma- sidagi suspenziyasidir. Uning ko„rinishi qumushrang bo„ladi. YUqorida keltirilgan emallar tashqi muhit ta‟sir etadigan sharo- itlarda ishlatiladigan yog„och buyumlarni yoki oldin gruntovkalangan metall yuzalarni bo„yash uchun mo„ljallangan. Emallar qotgandan keyin yuzada bir ji-nsli yarim xira silliq parda hosil qiladi. Ularni ishlatishdan oldin mahsus erituvchilar (R-4, R-5) bilan ishbob qovushqoqlikka kelguncha suyultiriladi GF-1426 emal pigmentlarning sikkativ va erituvchilar qo„shilgan al- kidli lokdagi suspenziyasi. Ishlatishdan oldin emal ksilol, solventda yoki ulardan birining ya‟ni, spirt bilan aralashmasida ishbob qovushqoqlikga kelguncha suyultiriladi. Uning qotish vaqti 2,5...3 soat quriganidan keyin yuzada bir jinsli yaltiroq parda hosil bo„ladi. Gruntovkalangan va gruntovkalanmagan metall va yog„och yuzalarni bo„yash uchun ishlatiladi. GF-230 emallari pigmentlar va to„ldiruvchilarning sikkativ bilan eri- tuvchi qo„shilgan gliftalli lokdagi suspenziyasidir. Ular yashil, qora, oq, fil suyagi rangi va boshqa ranglar ko„rinishida ishlab chiqariladi. Ularni ishla- tishdan oldin benzin, skipidar yoki ularning aralashmasi bilan ishbob qo- vushqoqlikka kelguncha suyultiriladi. PF-223 emallari pigmentlarni sikkativ va erituvchilar qo„shilgan pen- taftalli lokdagi suspenziyasidir. Ular 15 hil rangda ishlab chiqariladi. Ularni ishlatishdan oldin benzin, ksilol, solvent yoki ularning aralash- masi bilan ishbop qovushqoqlikga kelguncha suyultiriladi. GF-230 va PF-233 emallari asosan ichki xonalarda foydalaniladigan yog„och va metal buyumlarni bo„yashda, shuningdek, ichki pardozlash ishlarida ish-latiladi. Qoplama quriganidan keyin yuzada bir jinsli silliq parda hosil bo„ladi. EP-51 emallari alkid epoksidli E-30 smola va kolloksilinning orga- nik erituvchilardagi plastifiklovchilar qo„shilgan eritmalaridir. Emallar 12 hil rangda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqishdan oldin 648 markali eri-tuvchi bilin ishbob qovushqoqlikga kelguncha suyultiriladi. Qoplama quri-gandan keyin yuzada bir jinsli silliq yarim yaltiroq parda hosil bo„ladi. ML-152 emallar pigmentlarning sikkativ va organik erituvchilar ara-lashtirilgan alkidli hamda melamin-formaldegidli smolalar eritma-laridagi suspenziyalaridir. Ular har xil ranglarda ishlab chiqariladi. Ishlatishdan oldin ksilol va butalolning 9:1 nisbatdagi aralashmasi, sol-vent va boshqa erituvchilar bilan ishbob qovushqoqlikga kelguncha suyultiririladi.

    Download 0.61 Mb.
      1   2   3




    Download 0.61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat qabul qildi : Tovboyev B. Jizzax-2023 Mavzu: Lak va bo’yoq materiallari, yo’l qurilishida ishlatilishi. Reja

    Download 0.61 Mb.