• Reja
  • E’tiboringgiz uchun tashakkur!!!
  • Fan o’qituvchisi m suyarova Mavzu: Elektr xavfsizlik asoslari. Yerga ulash sxemalari




    Download 1.58 Mb.
    Sana20.10.2023
    Hajmi1.58 Mb.
    #88965
    Bog'liq
    Elektronika 2-kurs
    16. ozgarmas tok manbalarining elekt, texnologiya amaliy, MA, Bluetooth, Akromova Shaxnozabonu, Topshiriq 2, Chrome бўйича инструкция, m1, 12- mavzu1 compressed (1), VIZUAL MATERIALLAR-465, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 1672987324, 1-LAB (1), majburiy 20 talik, 01 01 Marketingning Janubiy Koreya misolida

    Jizzax politexnika instituti transport fakulteti 103-22-tvm guruh talabasi qarshiboyev zuhriddinning elektrotexnika va elektronika fanidan tayyorlagan taqdimoti

    Fan o’qituvchisi m.suyarova

    Mavzu: Elektr xavfsizlik asoslari. Yerga ulash sxemalari.

    Reja:

    • Elektr himoya vositalari qo’llash va sinash.
    • Yerga ulagich qurilmalarining konstruksiyalari.
    • Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar (komplektlar).

    Elektr qurilmalarga xizmat ko’rsatishda, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini ta‘minlash maqsadida turli xil elektr himoya vositalari qo’llanadi. Ushbu himoya vositalari elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoyi ta‘siridan, elektr maydon ta‘siridan, kuyishdan, balandlikdan yiqilishdan himoya qiladi. Izolyatsiyalangan tutqichli slesarlik ta‘mirlash dastgohlarini ishlatish jarayonida, xizmat ko’rsatuvchi xodim yerdan izolyatsiyalangan bo’lishi kerak. Ishlatishdan oldin barcha dastgohlar ko’zdan kechirilishi shart. Rezinali dielektrik himoya vositalarini ishlatishdan oldin, har doim ko’zdan kechirishi shart. Yirtilgan yoki teshilgan himoya vositasini ishlatish mumkin emas. Ularni qorong’i va quruq joyda saqlash kerak.

    Elektr izolyatsiyalovchi trubkadan tayyorlangan himoya vositalari konstruksiyasida trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‘rilgan bo‘lishi zarur. Ushbu talab izolyatsiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas.

    Sinalayotgan vositaning suvdan chiqib turgan qismi quruq bo‘lishi kerak. Elektrodning bittasi himoya vositasi ichiga, ikkinchisi esa, vannaga tushiriladi. Qo‘llaniladigan suv hech qanday qo‘shimchalarsiz oddiy suv bo‘lishi kerak. Agar teshib o‘tish sodir bo‘lmasa, buyum sinovdan o‘tgan hisoblanadi

    Yerga ulagichlar bilan konstruktiv ravishda birlashtirilgan yerga o‘tkazgichlar yig‘indisi yerga ulagich qurilmalari deyiladi yerga qoqilgan va o‘zaro metall bilan biriktirilgan o‘tkazgichlar yerga ulagich deb ataladi. Yerga ulanayotgan qismlar va yerga ulanish orasini bog‘lovchi simlar, yer o'tkazgichi deb ataladi. Agar yer o‘tkazgichi ikki va undan ko‘p bo‘lsa, ularni magistral o'tkazgich deb ataladi. Yerga ulagichni joylashtirishiga qarab yerga ulanayotgan dastgohlarga nisbatan, yerga ulagich qurilmasini chiqarilgan va kohturli turlariga ajratiladi.

    Yerga ulash qurilmalari tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Qurilishda va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr o‘tkazuvchi qismlar: metall konstruksiyalar, armatura, truba, quvurlar (yonuvchi va portlovchi gaz va suyuqliklardan tashqari), kabellarning metalli izolyatsiyasi (alyuminiydan tashqari) va h.K, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb ataladi. Yerga ulash qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Sun’iy yerga ulash qurilmalari maxsus tayyorlangan bo‘lib, boshqa maqsadlarda qomlanilmaydi. Ko‘pincha ular vertikal joylashgan elektrodlar va ularni biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bomadi. Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida maxsus yuruvchi yerga ulash qurilmalari qo‘llaniladi. Ularni o‘rnatish va yig‘ishtirishni osonlashtirish maqsadida yerga burab o‘rnatiladigan elektrodlar hamda biriktirish uchun qo‘llaniladigan maxsus qisqichlar mavjud.

    Yerga katta tok o‘tib ketadigan bo‘isa (bu holat zamonaviy elektr uskunalarida sodir boiishi mumkin), qobiqdagi yo‘l qo‘yilgan kuchlanishni yerga nisbatan ulash qurilmasining qarshiligini pasaytirish hisobiga xavfsizlikni ta’minlab boimaydi. Bu holatda konturliyerga ulagich qurilmalari qo‘llaniladi

    Shaxsiy ekranlovchi to‘plamlar xodimlarni 50 gs chastotali kuchlanishi 500 kv bomgan elektr uskunalari yuzaga keltiradigan, kuchlanganligi 60 kv/m gacha bomgan elektr maydoni ta’siridan shaxsiy himoya qilish uchun momjallangan. Ekranlovchi to‘plamlar uch xilda tayyorlanadi: - ЭПР podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlash ishchilari uchun (yozgi); - ЭПХ podstansiyaning navbatchi ishchilari uchun (yozgi); - ЭПЗ havo elektr uzatish tarmoqlarini ta’mirlovchi ishchilar uchun (qishki).

    Ekranlovchi kastyum: 1 - metalli yoki metalldan izolyatsiyalangan kaska; 2 - tok o‘tkazuvchi gazlamadan tayyorlangan kombinezon; 3 - o'tkazgichlar; 4 - tok o'tkazuvchi gazlamadan tayyorlangan qo'lqop; 5 - elektr o'tkazuvchan tagcharmli etik; 6 - tok o'tkazuvchi tagcharmni chiqishi.

    Ekranlovchi to‘plamlarning barcha elementlari o‘zaro ishonchli ulanishi hamda oyoq kiyim yoki strubsinali sim orqali ekranlovchi ishchi kiyimlar yerga ulanganda, elektr zanjiri hosil qilinishi uchun kontaktli chiqish tugmalari bilan ta’minlanadi. Har bir ekranlovchi to‘plam inventar raqami bilan belgilangan bo‘lishi zarur. Ekranlovchi to‘plamlarni ishlatish «shaxsiy ekranlovchi to‘plamlarni ishlatish yo‘riqnomasi» talablari asosida olib borilishi lozim. Ekranlovchi to‘plamlar havo harorati 2°C dan 30°C gacha, namligi 80% dan oshmagan, quruq isitiladigan xonalardagi maxsus javonlarda saqlanishi kerak.

    E’tiboringgiz uchun tashakkur!!!

    Ustozi yo’q insonni, ustozi shaytondir


    Download 1.58 Mb.




    Download 1.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan o’qituvchisi m suyarova Mavzu: Elektr xavfsizlik asoslari. Yerga ulash sxemalari

    Download 1.58 Mb.