• 2.Ish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan jihozlar va o’lchov asboblari
  • 3.Ishni bajarish tartibi.
  • 4.Ishning nazariy qismi. 4.1.Startyorni salt ishlash rejimida tekshirish
  • Qurilmasida tekshirish




    Download 448.62 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana04.05.2023
    Hajmi448.62 Kb.
    #56377
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-LAB (1)
    16. ozgarmas tok manbalarining elekt, texnologiya amaliy, MA, Bluetooth, Akromova Shaxnozabonu, Topshiriq 2, Chrome бўйича инструкция, m1, 12- mavzu1 compressed (1), VIZUAL MATERIALLAR-465, Reaktiv sinxron elektr mexanik o’zgartgichning tuzilishi, ishlas, 1672987324, majburiy 20 talik, 01 01 Marketingning Janubiy Koreya misolida



    1 - L A B O R A T O R I YA I SH I  
    MAVZU: AVTOMOBIL STARTYORLARINI TEXNIK HOLATINI 532-M 
    QURILMASIDA TEKSHIRISH 
    1.Ish o’tkazishdan maqsad 
    1. Avtomobil startyorlarini tuzilishi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini 
    o’rganish. 
    2. 
    Startyorlarning texnik holatini tekshirish usulini o’rganish va sinov natijalarini 
    tahlil qilish. 
    2.Ish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan jihozlar va o’lchov asboblari 
    1. Avtomobil elektr jihozlarini tekshirish uchun mo’ljallangan EMA-2 
    belgili qurilma. 
    2. Startyorlarni to’la tormozlanish rejimida tekshirish uchun zarur bo’la-digan
    maxsus tormozlash moslamasi (dinamometr pishangi bilan). 
    3. Tekshiruv-o’lchov asboblari: ko’chma taxometr, dinamometr. 
    4. Har xil turdagi avtomobil startyorlari va ularning alohida kismlari. 
    5. Avtomobil startyorlarining tuzilishi va ishlashiga oid plakatlar. 
    3.Ishni bajarish tartibi. 
    Laboratoriya ishini bajarishga tayyorlanish borasida talaba: 
    - avtomobil startyorlarining tuzilishi, texnik tavsifnomasi va ishlash printsipini 
    puxta o’rganib chiqishi, ularning konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini tahlil qilishi 
    va o’zlashtirishi zarur; 
    - startyorlarning elektromexanik tavsifnomasining mohiyati va undan ke-lib 
    chiqadigan xulosalar haqida aniq tasavvurga ega bo’lish kerak: 
    - startyorlar texnik holatini aniqlash usulini o’rganishi (ushbu uslubiy ko’rsatma 
    hajmida) va 3.2 ilovada berilgan tekshiruv savollarga javob bera olishi kerak. 
    4.Ishning nazariy qismi. 
    4.1.Startyorni salt ishlash rejimida tekshirish 
    Startyorlardagi mexanik nosozliklarni aniqlash uchun ular salt holda ishlaganda 
    tekshiriladi. Sinov davomida startyor yakorining aylanishlar chastotasi va startyor 
    iste’mol qilayotgan tok miqdori o’lchanadi. Sinov natijasida olingan tajribaviy 
    ma’lumotlar tekshirilayotgan startyorning texnik tavsif-nomasidagi (3.1 jadval) 
    ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa chiqariladi. 
    Chunonchi: 
    - agar sinov natijalari bilan startyorlarning texnik tavsifnomasidagi ma’lumotlar 
    bir-biriga mos kelsa, demak tekshirilayotgan startyorda mexanik nosozliklar yo’q; 
    - agar startyor iste’mol qilayotgan tok, texnik tavsifnomada ko’rsatilgan-dan 
    katta, yakorni aylanishlar chastotasi esa kichik bo’lsa, bu tekshiralayotgan startyorda 
    mexanik nosozliklar mavjudligining belgisidir. Startyorlarning ta’mirlangandan keyin 
    noto’g’ri yig’ilishi, yakorning qutblarga tegib qolishi - shu nosozliklar jumlasidandir ; 
    - agar startyor iste’mol qilayotgan tok ham, yakorning aylanishlar chastotasi ham 
    texnik tavsifnomada ko’rsatilgandan kam bo’lsa, bu o’tkazgichlar ulangan joylarda 
    kontaktning yaxshimasligi va cho’tkatutqichdagi prujinalar-ning bosim kuchi 
    kamayganli-gining belgisidir. 
    - startyorni ishga tushirish tugmachasi bosiladi va startyor yakorining ayla-nishlar 
    chastotasi avj olgandan so’ng(tahminan 30 sekunddan keyin) startyor yakorining 
    aylanishlar chastotasi ko’chma taxometr bilan o’lchanadi; 
    - ampermetr yordamida startyor iste’mol qilayotgan tok miqdori o’lchanadi va 
    yozib olinadi; 



    - sinov natijalari hisobotdagi jadvalga yozib qo’yiladi: 
    - sinov davomida o’lchangan ko’rsatkichlar (startyor iste’mol qilgan tok va 
    yakorning aylanishlar chastotasi) tekshirilgan startyorning texnik tavsifnoma-sida 
    keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi va startyorning texnik holati haqida xulosa 
    chiqariladi va hisobotga yozib qo’yiladi. 
    3.1-rasm. Avtomobil startyorlarni tekshirish 
    uchun mo’njallangan EMA-2 belgili qurilma

    Qurilma
    (3.1-rasm) maxsus moslamalari: 1- 
    voltmetr; 
    2-starterni 
    ishga 
    tushirish 
    tugmasi; 3-starter;
    4-pishang; 5-dinamometr; 6-istemol toki 
    ampermetri; 
    7-akkumulyator 
    ulanish 
    klemmalari. 
    EMA-2 
    belgili 
    qurilma 
    yordamida 
    startyorni salt holda ishlagandagi tekshirish 
    quyidagi tartibda amalga oshiriladi : 

    maxsus tormrzlash moslamasi ajratilgan. 

    ulanish klemmalari 7 yordamida qurilma 
    akkumulyator batareyasiga ulangan. 

    Download 448.62 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 448.62 Kb.
    Pdf ko'rish