• Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs
  • Atmosfera ifloslanishi va uning manbalari




    Download 199,6 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana02.06.2024
    Hajmi199,6 Kb.
    #259456
    Bog'liq
    45-46



    45
    ATMOSFERA IFLOSLANISHI VA UNING MANBALARI
    Zoxidov Xasanbo’y Baxodirjon o’g’li
    Talaba Farg’ona politexnika instituti Farg’ona shahri
    XX asrning ikkinchi yarmida atmosferaning ifloslanishi to‘g’risidagi masala dolzarb
    global masalalardan biriga aylandi. “Atmosferaning ifloslanishi” tushunchasiga berilgan ko‘plab
    ta’riflarni umumlashtirgan holda unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: atmosferaning
    ifloslanishi- atmosferaning quyi qatlamlarida kishilarning salomatligi, o‘simlik va hayvonot
    dunyosi uchun xavfli bo‘lgan , tabiiy muhitning inson hayotiy va ishlab chiqarish faoliyati uchun
    nomaqbo‘l yo‘nalishlarda o‘zgarishiga olib keladigan miqdordagi zararli moddalarning
    to‘planishidir.
    Atmosferaning tarkibi tabiiy va inson faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan (antropogen) omillar
    ta’sirida o‘zgaradi.Tabiiy o‘zgarishlar litosfera, gidrosfera va biosferadagi o‘zgarishlar bilan
    bog’liq. Masalan, vulkanlarning faoliyati, cho‘llarda qumlarning to‘zishi va uchirilishi,
    o‘simliklarning gulchanglari, okeanlarning har xil tuz zarrachalari va boshqa chang zarrachalari
    atmosferada mavjud bo‘lgan changlarning tabiiy manbalaridir.
    Yerda odamning paydo bo‘lishi bilan bog’liq holda atmosferada antropogen o‘zgarishlar
    va havoning ifloslanishi sodir bo‘la boshladi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda
    ifloslaaaaaaanishi anchadan buyon ma’lum bo‘lsada, XX asrda umumbashariy miqyosdagi dolzarb
    muammoga aylandi.
    Kosmik tadqiqotlar atmosferaning 20 km va undan ham balandroq qismlari, ya’ni butun
    troposfera va stratosferaning quyi qismlari ifloslanganligini ko‘rsatdi.Troposferaning quyi
    qatlamlariayniqsa sezilarli ifloslangan. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan
    chiqarilayotgan gazlar (90% gacha ) va aerozollar (10%) tufayli sodir bo‘lmoqda.Gazdan va undagi
    muallaq erkin zarrachalardan , qattiq jismlarning zarrachalaridan va suyuqlik tomchlaridan tashkil
    topgan birikmaga aerosol (yunoncha air- havo;nemischa sol- erituvchi)deyiladi. Atmosferaga
    chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi
    aniqlangan.Sanoatda va aholiga xizmat ko‘rsatish doirasida foydalaniladigan ko‘pgina moddalar
    zaharli bo‘lganligi tufayli ularni atmosferaga chiqarish jahon mamlakatlarining katta qismida
    ta’qiqlangan. O”zbekistonda ham havoda zaharli moddalarning miqdori maxsux sanitariya
    me’yorlari bilan tartibga solib turiladi.
    Transport
    (lot.
    transportara
    eltish,
    tashish,
    harakatlanish)

    atmosfera
    ifloslanishining asosiy antropogen manbasidir. Jahon avtomobil parkida hozirgi paytda 400 mln. ga
    yaqin avtomobillar bor.Temir yo‘l, dengiz, daryo va aviatsiya transporti ham atmosferani
    ifloslovchi manbalardir. Masalan, 1 ta reaktiv motorli uchg’ich 1000km masofaga uchishda
    bir odam bir yilda iste’mol qiladigan kislorodni sarflagan holda atmosferani ham ifloslaydi. Sanoat
    korxonalari ham atmosferani ifloslovchi ulkan manbalardir. Ayniqsa qora va rangli metallurgiya ,
    sement sanoati , koks ishlab chiqarish va tog’-kon sanoati, neft va kimyo sanoatining ulushi
    atmosferani ifloslashda juda katta. Sanoat korxonalari atmosferaga chiqindilar bilan birgalikda turli
    kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan changlarni ,tutun, oltingugurt angidridi, uglerod birikmasi, ftor, azot,
    xlor va boshqa zararli moddalarni
    chiqaradi. Issiqlik elektr markazlari ham atmosferani
    ifloslaydigan katta miqdordagi zararli moddalarni ajratadi. Yoqilg’ining to‘liq yonmasligi sababli
    atmosferaga chala yongan yonilg’ining juda katta miqdordagi qattiq zarrachalari, kul, zararli gazlar
    (uglerod, oltingugurt azot birikmalari, qorakuya,tutun,chang va b.) chiqariladi. Is gazi (CO) va
    oltingugurt ( SO
    2
    ) gazi atmosferani ifloslovchi asosiy gazlardir. Is gazi atmosferaga tushadigan
    gazlarning 1/3 qismini, oltingugurt gazi esa 1/8 qismini tashkil etadi. Atmosferaga tushadigan


    46
    gazlar va aerozollarning miqdori unga tabiiy manbalardan tushadigan miqdorga teng yoki
    ko‘proqdir.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.
    https://www.elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-
    ishi/item/13733-atmosfera-ifloslanishi-va-uning-manbalari
    2.
    https://hydromet.uz/uz/node/2505
    3.
    https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/ekologiya/atmosfera-havosi-ifloslanishi-
    global-muammo

    Download 199,6 Kb.




    Download 199,6 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atmosfera ifloslanishi va uning manbalari

    Download 199,6 Kb.
    Pdf ko'rish