Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda nimani tushunasiz?




Download 143 Kb.
bet1/13
Sana20.06.2024
Hajmi143 Kb.
#264647
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ON va YaN savollari


  1. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda nimani tushunasiz? (tushuncha, mohiyati, iqtisodiy globallashuv yo‘nalishlari)

―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ tushunchasi bilan birga ―global iqtisodiyot‖ tushunchasi keng qo‗llanib kelinmoqda. Hozirda, yagona yaxlit bir ―global iqtisodiyot‖ tushunchasi shakllanmagan bo‗lib, murakkab tizim sifatida e‘tirof etilib kelinmoqda va ayniqsa, so‗nggi yillarda bu tizimda katta o‗zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‗zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi va globallashuvi; xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global tus olishi va jahon moliya bozorining tez sur‘atlarda rivojlanishi; jahon va mintaqaviy inqirozlarning kelib chiqishi; turli mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida farqlarning chuqurlashuvi, shuningdek, ahborotkommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va ―raqamli‖, ―yangi‖ iqtisodiyot tushunchalari kirib kelishi. ―Global iqtisodiy tizim real voqeaga ayla angan va uning qonunlari hamda rivojlanish shakllari jiddiy o‗zgarishni talab qiladi‖ 4 va ―Global iqtisodiyot taraqqiyotimizning ko‗p jihatlariga ta‘sir ko‗rsatadigan hozirgi zamonning eng muhim fenomenini ifodalashini isbotlaydigan qo‗shimcha dalillar kerak emas‖, deb qayd etadi O. Bogomolov5 . Globallashuv jarayonlarning hozirga kelib bir qator xususiyatlarini e‘tirof etish mumkin. Birinchidan, globallashuvning muqobilligi – globallashuvning ichki qaramaqarshiligini aks ettiruvchi globallashuv jarayonlarining turli variantlaridir6 . Globallashuv muqobilligi globallashuv jarayonlarining o‗rnini bosadigan biror narsa taklif qilmay, ularning ichki variabelligini ifodalaydi. Bu, eng avvalo, globallashuv ro‗yobga chiqariladigan quyidagi modellarga taalluqli: liberal model (ba‘zida ―neoliberal‖ terminidan foydalaniladi) yoki ijtimoiy mo‗ljal olgan model. Ikkinchidan, globallashuv muqobillari mintaqalarga bo‗linishda namoyon bo‗ladi, unga muayyan izchillik beradigan va uning eng salbiy oqibatlarini kamaytiradigan o‗ziga xos shakli sifatida qaraladi. Globallashuvning muqobilligining borligi jahon globallashib borayotgan bir paytda globallashuvning o‗zi uchun salbiy oqibatlarini kamaytirib va bu jarayonlardan imkon qadar ko‗p foyda olib, inson uchun globallashuv jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini yaratadi. Globallashuv jarayonlari to‗lqinsimon rivojlanish xususiyatlariga ega bo‗lib, uning rivojlanishida bir qator to‗lqinlarni keltirish mumkin




  1. Download 143 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 143 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda nimani tushunasiz?

Download 143 Kb.