• 1. Asosiy atama va ta’riflar. Mashina
  • Detal
  • Mexanik uzatmalar
  • Zanjirli uzatmalar
  • Muftalar
  • Turli uzatma va yuritmalarning kinеmatik tuzilmasini analiz qilish rganish




    Download 0.83 Mb.
    bet1/3
    Sana15.08.2023
    Hajmi0.83 Mb.
    #78607
      1   2   3
    Bog'liq
    1-Laboratoriya ishi
    Жураев А, elektr1-ma\'ruza, Lagranj interpolyatsion formulasi. Nyutonning tengmas oraliqlar (1), Yeshniyazov Erkin Dasturlash, Avtomatik qayta ishga tushirish - Vikipediya., Menejment-va-strategik-rejalashtirish, Lecture 2, axborot xavfsizligi, django 1, amaliyot kt, 2- mavzu O‘quv amaliyot mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi, 56-59, Mustaqil ta’lim uchun mavzular Sharq mutafakkirlarining pedagog, markaziy-osiyo-davlatlari-tashqi-siyosatida-mintaqaviy-hamkorlik

    1-Laboratoriya ishi
    Mavzu: “Turli uzatma va yuritmalarning kinеmatik tuzilmasini analiz qilish. rganish”


    I. Ishdan maqsad:
    1. Asosiy atama va ta’riflarni o’rganish.
    2. Kinematik sxemalar elementlarining grafik shartli belgilanishlarini o’rganish (GOST 2.770-68).
    3. Yuritmalarning kinematik sxemalari bo’yicha tuzilishini o’rganish va uni matnda bayon qilish.
    4. Yuritmalarning tuzilishini matni bo’yicha kinematik sxemalarini chizish.


    1. Asosiy atama va ta’riflar.


    Mashina – detal va uzellar yig’indisidan iborat bo’lib, muayyan ishni bajarish uchun mo’ljallangan vositadir.
    Uzel –ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir nechta detaldan tuzilgan mashinaning qismidir, masalan: mufta, podshipnik, reduktor, mexanik uzatmalar va h.k.
    Detal – bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan mashinaning qismidir, masalan: bolt, gayka, shponka, val, shkiv, tishli g’ildirak va h.k.
    Yuritma – harakatni mashinaning energiya manbaidan uning ishchi organiga yetkazib beruvchi uzel va detalardan tashkil topgan vositadir. Yuritma tarkibida energiya manbai (masalan elektr dvigatel), mufta, reduktor, tasmali yoki zanjirli uzatmalar va h.k. bo’lishi mumkin.
    Uzatma – energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig’ida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi hamda harakatni talabga ko’ra boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar majmui bo’lib, ular gidravlik, pnevmatik, mexanik turlariga bo’linadi.
    Mexanik uzatmalar - harakatni bir valdan ikkinchi valga uzatadi va ular ishqalanish hisobiga (masalan: friksion, tasmali, vintli) va ilashish hisobiga (masalan: tishli, chervyakli, zanjirli) ishlashi mumkin.
    Tishli uzatmalar -vallarning o’qlarini o’zaro joylashuviga ko’ra: silindrsimon (o’qlari parallel), konussimon (o’qlari tik) va chervyakli (o’qlari ayqash); tishlarning g’ildirak sirtida joylashuviga ko’ra: g’ildiraklar to’g’ri tishli, qiya tishli, aylanasimon turlariga bo’linadi.
    Friksion uzatmalar - harakatni bir valdan ikkinchi valga ish yuzalaridagi siqish kuchi natajasida hosil bo’ladigan ishqalanish hisobiga o’tkazadi.
    Tasmali uzatmalar – harakatni yetaklovchi shkivdan yetaklanuvchi shkivga ularga kiygazilgan elastik tasma orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatadi.
    Zanjirli uzatmalar harakatni maxsus tishli yetaklovchi yulduzchadan yetaklanuvchi yuduzchaga ularga kiygazilgan zanjir yordamida uzatadi.
    Reduktor - mashinaning energiya manbaidan uning ishchi organiga aylanma xarakatni kamaytirib uzatishga mo’ljallangan hamda aloxida korpus (quti) ichida joylashtirilgan tishli yoki chervyakli uzatmalardan tashkil etgan mexanizmdir.
    Reduktorlar quyidagi asosiy belgilari bo’yicha tasniflanadi:

    • uzatish turiga ko’ra: tishli, chervyakli, tishli chervyakli;

    • pog’onalar soniga ko’ra: bir pog’onali, ikki pog’onali va h.k.;

    • tishli g’ildiraklarning turiga ko’ra: silindirsimon, konussimon, konussimon-silindrik va h.k.;

    • reduktor valining fazoda joylashishiga ko’ra: gorizontal va vertikal.

    Muftalar vallarni uchlarini biriktirish va burovchi momentni uzatish uchun ishlatiladi.
    Val aylanuvchi detallar o’rnatiladigan va burovchi momentni uzatishga ishlatiladigan detaldir.
    Podshipniklar - val va o’qlarga o’rnatiladi va tayanch vazifasini bajarib unga tushadigan kuchni bevosita qabul qiladi.
    2. Yuqorida sanab o’tilgan mashina qismlarining ayrim shartli grafik belgilarishlari ( GOST 2.770-68 bo’yicha) 1-ilovada keltirilgan. Bu belgilanishlarni o’rganish mashina yuritmalarining kinematik sxemalarini tahlil qilishga imkon beradi.
    3. Berilgan yuritmaning kinematik sxemasini tahlil qilib o’rganiladi va uning qanday uzel, uzatma va detallardan tashkil etganligi bayon etiladi. Yuritmalarning kinematik sxemalarini variantlari 2-ilovada keltirilgan.
    Misol tariqasida quyidagi shaklda keltirilgan yuritmaning kinematik sxemasini tahlil qilamiz.

    Yuritma quyidagi qismlarni ketma-ket ulanishidan hosil bo’lgan: elektrodvigatel (1) + ponasimon tasmali uzatma (2) + ikki pog’anali konussimon silindrik reduktor (6) + boshqarilmaydigan elastik mufta (8) + ochiq silindrsimon tishli uzatma (9) + ishchi val (10).
    Yuritmada sonlar bilan belgilangan quyidagi qismlar movjud: 15 – yetaklovchi shkiv; 3 – yetaklanuvchi shkiv; 4 – radial-tirak (bir tomonlama) dumalash podshipnigi; 5 – silindrsimon tishli uzatma (yopiq reduktor ichida joylashgan, tishlarni shakli belgilanmagan); 7 – yetaklanuvchi val; 8- mufta (ajralmaydigan elastik); 9 – silindrsimon tishli g’ildirak (tish shakli belgilanmagan); 10 – ishchi val; 11 – shponka; 13 – yetaklanuvchi konussimon tishli g’ildirak (tish shakli belgilanmagan); 16 – yetaklovchi konussimon tishli g’ildirak (shesternya, tish shakli belgilanmagan).
    4. Berilgan matnga ko’ra yuritmaning kinematik sxemasini chizish. Yuritmaning tuzilish matnlarining variantlari 3 – ilovada keltirilgan.
    Misol tariqasida quyida yuritmaning matniga asoslanib uning kinematik sxemasini tuzishni ko’ramiz.
    Berilgan yuritma: elektrodvigatel (1) + ponasimon tasmali uzatma (2) + ikki pog’anali konussimon silindrik reduktor (6) + boshqarilmaydigan elastik mufta (8) + ochiq silindrsimon tishli uzatma (9) + ishchi val (10).
    Yuritmaning kinematik sxemasi quyidagicha chiziladi:


    1-Ilova
    Kinematik sxemalar elementlarining shartli grafik belgilanishlari
    (GOST 2.770-68)



    Val, o’q, sterjen va h. k.






    Harakatsiz bo’g’in


    Podshipnik (turi aniqlashtirilmaganda):
    a) radial, radial-tirak;
    b) tirak.




    Elektr dvigatel




    Dumalash podshipniklari:
    a) radial;
    b) radial-tirak bir tamonlama;
    v) radial-tirak ikki tamonlama.




    Sirpanish podshipniklari :
    a) radial;
    b) radial-tirak bir tamonlama;
    v) radial-tirak ikki tamonlama.






    Mufta: a) turi aniqlashtirilmagan; b) elastik; v) kompensatsialovchi.





    Tasmali uzatmalar: a), v) yassi tasmali; b) ponasimon tasmali.




    Plastinkali zanjirli uzatma






    Tishli uzatmalar (silindrsimon):
    a) tishlarni turi aniqlashtirilmagan; b) to’g’ri tishli, qiya tishli.




    Konussimon tishli uzatmalar:
    a) tishlarni turi aniqlashtirilmagan;
    b) to’g’ri tishli, qiya tishli, doirasimon tishli.




    Chervyakli uzatma (silindrsimon).

    I lova-2


    Yuritmalarning kinematik sxemalari variantlari







    Download 0.83 Mb.
      1   2   3




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turli uzatma va yuritmalarning kinеmatik tuzilmasini analiz qilish rganish

    Download 0.83 Mb.