Termiz shaxar xokimining «O’zbekiston temir yullari» aksiyadorlik
______- sonli qarori bilan jamiyati boshqaruv raisi
RUYXATGA OLINGAN _________________A.J.Ramatov
«_____»______________2015 yil «_____»______________2015 yil
|
«O’zbekiston temir yullari» aksiyadorlik jamiyati
«Termiz mintaqaviy temir yul uzeli» sho’’ba korxonasi
U S T A V I
I. Umumiy qoidalar (ma’lumotlar)
1.1. «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati (keyingi o’rinlarda matnda «O’TY AJ» deb yuritiladi) boshqaruv raisining Termiz mintaqaviy temir yo’l uzelini tashkil qilish xakidagi 26.06.2009 yildagi 228-N son buyrug’iga asosan Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli (keyingi o’rinlarda matnda «Uzel» deb yuritiladi), uzel tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, muassasalar, bo’linmalar va boshqa faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar negizida tashkil etilgan.
1.2. Uzel «O’TY» AJ tarkibiga kiradi va belgilangan chegaralarda iste’molchilarga temir yo’l transporti xizmatlarini takdim etuvchi ishlab-chikarish xo’jalik kompleksi bo’lib xisoblanadi.
1.3. Uzel «O’TY» AJ ning sho’’ba korxonasi bo’lib, tarkibiy bo’linmalardan iboratdir. Uzelning boshkarish apparati uning tarkibiga kiruvchi bo’linmalarga nisbatan xo’jalik boshqaruvining yuqori turuvchi organi xisoblanadi.
1.4. Uzelning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi konunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror va farmoyishlari, temir yo’l transportida xarakat xavfsizligini nazorat qilish bo’yicha Davlat inspeksiyasi qarorlari, yuklarni tashish qoidalari, kompaniya boshqaruvi raisi buyruklari, boshqa me’yoriy xujjatlar, shuningdek ushbu Ustav asosida amalga oshiriladi.
1.5. Uzel Ustavi «O’TY» AJ boshqaruvi raisi tomonidan tasdiklanadi.
1.6. Uzel yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob raqamiga, mustaqil buxgalteriya va statistika hisobotilariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushirilgan dumaloq muhr va burchak shtampga ega.
1.7. «O’TY» AJ va Uzel orasidagi moliyaviy-xujalik aloqalari hamda Uzel va uning bo’linmalari orasidagi munosabatlar «O’TY» AJ Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom orqali boshqariladi.
1.8. Uzelning manzili: O’zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati , Termiz shaxri, Abu Ali ibn Sino kuchasi , 70-uy, pochta indeksi 190114.
P. Uzelning asosiy vazifalari va funksiyalari.
2.1. Uzelning asosiy vazifalari kuyidagilar:
aholi va ho’jalik sub’ektlarini temir yo’l tashishlariga bo’lgan
ehtiyojini to’la va o’z vaqtida qondirish;
tashuvlar mintaqaviy bozori kon’yunkturasini o’rganish, ularning
infratuzilmasini shakllantirish, shuningdek temir yo’l tarmoqlarini
rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
temir yo’l transportining xizmat ko’rsatiladigan xudud doirasida
barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, foydalanuvchilarga keng
ko’lamda temir yo’l xizmatlarini ko’rsatish;
joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda temir yul transporti bo’linmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish;
xizmat ko’rsatiladigan hududdagi temir yul tarmoqlarining barqaror ishlashini, hamda temir yullarning o’tkazish qobiliyatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; ;
O’zbekiston Respublikasi chegaralari orqali yuk va yulovchilarni tashish borasida joylardagi bojxona va soliq organlari, chegara xizmati bilan aniq muvofiqlashtirilgan holda o’zaro hamkorlikni ta’minlash.
2.2. Uzel uz zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajarishni ta’minlaydi:
a) tashish jarayoni doirasida:
belgilangan yuk tashish rejalarini bajarishni ta’minlash;
belgilangan chegaralar doirasida, shu jumladan davlatlararo tutash punktlari orqali, chegaralar bojxona va hukukni ximoya qilish organlari bilan birgalikda yuk va yulovchi poezdlarini tusiqsiz o’tishini ta’minlash;
Uzel mintaqaviy bo’linmalaridagi barcha texnik jixozlarni shay holda tutish;
yuk tashish xujjatlarini to’ldirish qoidalariga amal qilish;
yong’in xavfsizligini, yuk, pochta, bagaj tashish hamda transport vositalari xavfsizligini ta’minlash;
favqulotda vaziyatlarining vujudga kelish sharoitlarida tadbirlarni bajarishni tashkil qilish;
tashish jarayonida qatnashuvchi barcha bo’linmalarning o’zaro aniq hamkorligini ta’minlash;
portlovchi, tez yonuvchi va zaharli moddalarni tashish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rish;
temir yul transport vositalarini falokatsiz tashish chora tadbirlarini tashkil qilish va bajarish;
davlat sirlarini va xizmatga ta’luqli ma’lumotlarni tarqalishini oldini oluvchi chora tadbirlarni ko’rish.
b) iqtisod va moliya sohasida:
- bo’linmalarni xo’jalik boshqaruvini tashkil qilish;
Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning barcha faoliyat turlari buyicha moliyalashni tashkil qilish;
Uzel O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni bo’yicha, buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq holda buxgalteriya hisobini yuritadi. Moliyaviy va statistik hisobotlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Uzel belgilangan tartibda «O’TY» AJga, soliq va boshqa davlat idoralariga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ravishda o’z
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalari hakidagi zarur bo’lgan ma’lumotlarini takdim etadi;
temir yul asosiy xizmatlari uchun barcha to’lovlarni uz vaqtida va to’la undirish hamda ularni «O’TY» AJning asosiy daromad xisob rakamiga o’tqazish;
tashilgan yuklar uchun debitor qarzlarni va uni tugatilishini nazorat qilish va uni hisobga olish, debitor qarzlarni undirish buyicha xujjatlar tayyorlash va uni hujalik sudiga oshirish;
bekatlardagi yuk-tovar idorasida o’ta muxim bo’lgan xujjat varaqalarini saklashni ta’minlash;
Uzel bo’linmalari moliyaviy-xo’jalik faoliyatining istiqbolli ko’rsatkichlarini tuzish;
transport texnika vositalarini hamda imorat va inshoatlarini ta’mirlashni tashkil qilish;
Uzel xodimlarining ish haklari va mukofotlash sistemasi va turlarini aniklash hamda bu ishlarni bo’linmalarda nazorat qilish;
sof tushumning (amaldagi konunchilik asosida) belgilangan miqdorida pensiya jamg’armasiga badallar, qo’shilgan kiymat solig’i, yo’l jamg’armasiga ajratmalar, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va medisina imuassasalarini kapital ta’mirlash fondiga ajratmalar hamda barcha turdagi soliq va chegirmalar to’lovlari xisoblarini amalga oshirish;
bekatlardan va davlatlararo tutash punktlardan Surxondaryo TexPD va "Uztemiryulxisob" markaziga tashish xujjatlari hamda undirilgan to’lovlar bo’yicha hisobotlarni o’z vaqtida etkazish;
debitor va kreditor qarzlarni kamaytirish buyicha chora tadbirlar tuzish va uni bajarish;
Uzel tarkibiy bo’linmalari xodimlariini mukofotlash Nizomini tasdiqlash;
Uzel hamda tarkibiy bo’linmalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining istiqbol rejalarini tuzish;
qurilish - montaj pudrat ishlarini amalga oshirish;
o’zining tarkibiy bo’linmalariga va bashqa temiryo’l tashkilotlarini tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlash;
xo’jalik sudlarida va boshqa davlat organlarida Uzel va tarkibiy bo’linmalari xukuk va manfaatlarini muxofaza qilish;
Uzel bo’linmalari yig’ma balansini tuzish , uni «O’TY» AJga va kerakli davlat organlariga taqdim qilish.
v) texnik siyosat soxasida:
yangi texnika va texnologiyalarni, ilg’or tajribalarni joriy etish, ixtiro, rasionalizatorlik va patent-lisenziya etish faoliyatini rivojlantirish;
atrof muxitni zararli chikindilardan saqlash va ekologik toza texnologiyalarni, jarayonlarni va zararli chiqindilarni kamaytiradigan transport vositalarini keng joriy etish.
g) moddiy texnika ta’minoti soxasida :
Uzel mintaqaviy bo’linmalarining asosiy vositalarini soz holda tutish va ularni normal holda ishlatish uchun kerakli bo’lgan ehtiyot qisimlar xamda yonilg’i-energetika resurslari bilan ta’minlash;
falokatlar, avariyalar va boshqa nazarda tutilmagan xodisalarning oqibatlarini bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslarning barcha turlaridan zaxiralar tashkil etish;
resurslar va energiyani tejash buyicha ishlarni tashkil etish;
favqulotda vaziyat davrida Uzelning safarbarligini ta’minlash uchun
moddiy texnika resurslari zahiralarini tuzish va tayyorligini
ta’minlash.
d) kadrlar, mexnat va ijtimoiy masalalar soxasida:
xodimlarni saralash, ularning xizmatda o’sishini, ma’suliyatini oshirishni, rag’batlantirilishi va ijtimoiy muhofazasi sharoitlarini yaratish bilan shug’ullanish;
Uzel ehtiyoji asosida kadrlarni kasbiy va iqtisodiy o’sishini tashkil etish;
o’kuv muassasalarida mutaxassislar va ommaviy kasblar buyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
samarali kadrlar siyosatini o’tkazishni ta’minlash;
poezdlar harakati bilan bevosita bog’liq bo’lgan Uzel hodimlarining alohida toifasi uchun dam olish vaqti va ish vaqti rejimini bajarishni ta’minlash;
Uzel xodimlari attestasiyasini o’tkazish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish, mexnat va texnika xdvfsizligini ta’minlash.
2.3.Sanab o’tilgan vazifalardan tashqari, Uzel temir yul transporti : obьektlaridan foydalanish qoidalari, manevr ishlari va poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash talablarini o’z bo’linmalari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.
III. Mintaqaviy temir yo’l uzelining huquq va majburiyatlari.
Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linma hodimlari «O’zbekiston temir yo’llari» AJ hodimlari uchun belgilangan barcha xuquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
«O’zbekiston temir yullari» AJ Uzel majburiyatlari bo’yicha ma’suliyatli bo’lmagandek, Uzel ham «O’zbekiston temir yullari» AJ majburiyatlari buyicha javobgar emas.
3.3. O’zbekiston temir yullari» AJ tarkibiga kirmaydigan korxona va
muassasalar uchun ko’rsatilgan xizmatlar va bajariladigan ishlar bo’yicha
shartnomalar orqali erkin narxlarni belgilash ;
3.4. Uzel vakoloti chegarasida birgalikda ishlamoqchi bo’lgan boshqa
korxonalar va alohida shaxslar bilan o’zaro faoliyatni amalga oshirish;
3.5. «O’TY» AJning ruxsati buyicha, uning nomidan, ishchilarning oyligini
to’lash uchun kreditlar olish va uni to’lash.
IV. Uzel faoliyatining boshqarilishi.
4.1. Uzel va uning devoni faoliyatini boshqarish Uzel boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi.
4.2. Uzel boshlig’i, Uzel boshlig’ining o’rinbosari, bosh muhandis va moliya bo’limi boshlig’i «O’zbekiston temir yullari» AJ boshqaruvi raisining buyrug’i bilan lavozimga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
4.3. Uzel boshqaruvi bo’linmalarining boshliqlari ishga «O’zbekiston
temir yo’llari» AJ raxbariyati tomonidan tasdiklangan lavozimlar nomenklaturasiga asosan kelishilgan holda tayinlanadilar va ishdan ozod etiladilar.
4.4. Uzel boshlig’i yukligi vaqtida uning majburiyatlari bosh muhandis yoki boshliq o’rinbosariga Uzel boshlig’i buyrug’i bilan yuklanadi.
4.5.Kompaniya Uzelining boshligi:
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasi asosida kadrlarni saralash va joylashtirish ishlarini amalga oshiradi;
o’z vakolati doirasida Uzelning hamma xodimlari uchun majburiy bo’lgan ko’rsatmalar, yuriqnomalar va buyruklarni chiqaradi.
4.6. Uzel boshlig’i kuyidagilar bo’yicha shaxsan javobgardir:
Uzelga yuklangan vazifalarning uz vaktida bajarilishini ta’minlash;
mablag’larning maksadli ishlatilishi.
4.7. Uzel raxbarlari kuyidagi xukukdarga ega:
4.7.1. Boщqa korxonalar va tashkilotlar bilan xujalik shartnomalarining
bajarilishini nazorat qilish va qonunchilikda belgilangan tartibda
amal qilish;
4.7.2. Xujalik shartnomalari tuzish uchun bulinma boshliqlariga
ishonchnomalar berish ;
4.7.3. «O’TY» AJ boshkaruvi raisiga bulinmalarning qayta tuzilishi, ularning bekor qilinishi, birlashishi, Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tuzilmasini takomillashtirish maqsadida texnik va iktisodiy asoslangan takliflarni kiritish ;
4.7.4. «O’TY» AJga tegishli boshqarmalar va markazlar bilan muvofiqlashtirilgandan sung, Uzel tarkibiga kiruvchi bulinmalar Nizomlarini tasdiklash ;
4. 7.5. Uzel tarkibiga kiruvchi bulinmalarning ishlab-chikarish va moliyaviy kursatkichlarini tasdiqlash ;
4.7.6. Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalarning tuzilmaviy strukturasini va shtat jadvalini tasdikdash ;
Banklarda hisob raqami va boshqa turdagi raqamlar ochish ;
4.7.8. O’zining bo’linmalariga, ishchilariga oylik to’lash uchun, banklarda sub.hisob raqamini ochishga ruxsat berish ;
4.7.9. SHo’’ba korxonalar va xo’jalik jamiyatlarini (shu jumladan, kichik va o’rta biznes sub’ektlarini) tashkil etish, mulkini sotishni esa, faqatgina «O’zbekiston temir yullari» AJ Boshqaruvi ruxsati bilan amalga oshirish.
V. Uzelning mulki, vositalari va mablaglari.
5.1. Uzelning Ustav jamgarmasi Uzel tarkibiga kiruvchi bo’linmalar
mulki asosida shakllanadi. Uzel ustav jamg’armasining mikdori 36 118 404 ming
so’mdan iborat bo’lib, kompaniya boshqaruvi raisi buyrugi bilan tasdiqlanadi.
5.2. Uzelning mulkini asosiy va aylanma mablag’lar hamda Uzel balansida ifoda etiladigan boshka mulklar va pul mablaglari tashkil etadi.
5.3. Uzel yuridik shaxs bo’lib hisoblanadi va balansida o’z mulkiga ega. O’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarga egalik qilish va amalga oshirish, ma’suliyatli bo’lish va sudlarda da’vogar va javobgar bo’lish xuquqiga ega
5.4. Uzel o’z ixtiyorida bo’lgan mulk va mablag’larni xamma bo’linmalarning manfaati uchun ishlatadi, belgilangan tartibda qurish, tiklash, harid kilish, ko’chmas va kuchar mulkni ijaraga olishi va berishi mumkin.
5.5 .Uzel o’z bo’linmalari faoliyatini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish buyicha tadbirlar ishlab chiqadi.
5.6. Uzel ixtiyoriga mulk xo’jalik yuritish xuquqi asosida beriladi.
5.7. Iqtisodiy jihatdan foydalanilishi maqsadga muvofiq bo’lmagan,
butunlay eskirgan asosiy vositalarni xisobdan chiqarish Uzel tomonidan amalga oshiriladi, bosh temir yo’llar uchastkalari va harakatdagi tarkiblar (sostavlar) bundan istisnodir, chunki ular «O’zbekiston temir yo’llari» AJ rahbariyatining ruxsati bilan hisobdan chiqariladi.
VI. Xisobga olish, xisobot va nazorat
6.1. Amaldagi konunchilikka va normativ-xukukukiy dalolatnomalarga
asosn Uzel o’zining va bo’linmalari faoliyatining tezkor, moliya va statistik hisobotini olib boradi;
6.2. Bo’linmalar, o’rnatilgan tartib bo’yicha hisobot va ma’lumotlarni
Uzelga, Uzel esa, xisobot va ma’lumotlarni «O’TY» AJning ijro etuvchi organlariga, soliqlar bo’yicha hisobotlar (markazlashtirilgandan tashqari) - soliq organlariga takdim qilinadi ;
6.3. Mulk va vositalarning ishlatilishini, ish faoliyatining natijalarini, soliq konunchiligiga amal kilinishini Uzelda va bo’linmalarda nazorat kilish «O’TY» AJ ijro etuvchi apparati, soliq va boshqa davlat organlari tomonidan, ularning vakolati chegarasida bajarilishi mumkin.
VII. Uzelning qayta tuzilishi va tugatilishi
7.1. Uzelning kayta tuzilishi yoki tugatilishi O’zbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligi va «O’zbekiston temir yullari» AJ ustaviga muvofiq holda amalga oshiriladi.
|