23-Mavzu: Sarfni o‘lchash vositalarining montaj va sozlash ishlari. Reja




Download 356,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.02.2024
Hajmi356,79 Kb.
#151449
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ASLO\'S 23-ma\'ruza



23-Mavzu: Sarfni o‘lchash vositalarining montaj va sozlash ishlari. 
Reja: 
 
1. Toraytirish qurilmalarini o’rnatishga qo’yiladigan 
talablar
; muhit tarkibini 
hisobga olish. 
2. Difmanometrlarning montaji va sozlash ishlari. 
3. Rotametrlar, hisoblagichlarni darajalash, montaj ishlari. 
4. Bosim farqi o’zgarmas sarf o’lchagichlarning montaji va darajalanish tartibi. 
5. Gaz, bug’, suyuqliklarning sarfini o’lchaganda impul’s trubkalarning
montaji. 
Ishlab chiharilayotgan mahsulot sifatini va TJABT samaradorligini oshirish 
zarurligi turli moddalar sarfi va miqdorini aniq o‘lchash masalalarini muvaffaqiyatli 
hal etishni taqozo etadi. Sanoatda sarf o‘lchash tizimlarining qo‘llanishi 
sarflanayotgan energiya eltuvchilarini (suv, gaz, bug‘, yonilg‘i) hisobga olish va 
nazorat qilish bo‘yicha ko‘pgina texnik masalalarning hal qilinishini soddalashtiradi, 
jarayonning eng maqbul rejimini ishlab chiharishning aniq shart-sharoitlariga 
bog‘liq holda tez aniqlashga imkon beradi. 
Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfi va miqdorini 
o‘lchash vositalariga juda yuqori aniqlik jihatidan katta talablar qo‘yiladi. 
Sarf o‘lchash 
uchun ishlatiladigan asboblar 
sarf o‘lchagichlar deb ataladi. 
Moddaning berilgan kanal kesimi orhali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori madda 
sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik 
rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barharorligini nazorat qilishga, 
texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va 
rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi. 
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m
3
/s, m
3
/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat 
va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan 
ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichi sarf a ‘lchagichlar 
deyiladi
 
Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. 
Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va 
hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan 
aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m) yoki massa (kg, t) birliklarida 
ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi 
bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. 
Sanoatda keng tarhalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va 
tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiharishda suyuqlik, 
bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 
- bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 
- bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 
- tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 
- o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 


- induksion sarf o‘lchagichlar; 
- ultratovush sarf o‘lchagichlar; 
- kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 
- ionli sarf o‘lchagichlar. 

Download 356,79 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 356,79 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



23-Mavzu: Sarfni o‘lchash vositalarining montaj va sozlash ishlari. Reja

Download 356,79 Kb.
Pdf ko'rish