Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlari




Download 356,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.02.2024
Hajmi356,79 Kb.
#151449
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASLO\'S 23-ma\'ruza

Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlari. 
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf 
o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarhalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday 
usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq- 
diafragma. 18.1 - rasm,a, soplo 18.1 - rasm,b, Venturi soplosi 18.1 - rasm, v va 
Venturi quvuri 18.1 - rasm, g o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial 
energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli 
to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, mahalliy 
torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi toraygan joyidan 
o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning va, 
binobarin
, kinetik energiyaning 
ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib 
keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam 
bo‘ladi. SHunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi AR 
= R
1
-R
2
xosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib 
bo‘ladi. Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosim farqlari quvurdan 
o‘tayotgan modda capfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa 
difmanometr o‘lchagan AR bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi. 
18.1-rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: a - diafragma, b - 
soplo, 
v - Venturi soplosi
, g - Venturi quvuri. 
Suyuqlik, gaz va bug‘larning sarfini o‘lchash, uchun toraytirish qurilmasi 
sifatida standart diafragmalar, soplolar, Venturi soplosi va Venturi quvurlari 
ishlatiladi. 
18.1.-rasm, a da ko‘rsatilgan diafragma dumaloq teshikli yupqa diskdan iborat. 
Teshikning markazi quvur o‘qida yotishi kerak. Oqimning torayishi diafragma 
oldida boshlanadi va undan o‘tgach, ma’lum masofadan so‘ng, o‘zining eng kichik 
kesimiga erishadi. Undan keyin oqim tobora kengayib, quvurning to‘liq kesimiga 
erishadi. Modda diafragmadan o‘tganda, diafragma orqasidagi burchaklarda «o‘lik» 
zona hosil bo‘ladi. Bu erda, bosim farqlari natijasida suyuqlikning teskari 
yo‘nalishdagi harakati yoki ikkilamchi oqim paydo bo‘ladi. Suyuqlikning 
qovushoqligidan asosiy va ikkilamchi oqim bir-biriga 
harama-harshi harakat qilib

uyurmalar hosil qiladi. Bunda diafragma orqasida birmuncha energiya sarflanadi, 
demak, bosim ham ma’lum darajada kamayadi. Diafragma oldidagi zarrachalar 
yo‘nalishiining o‘zgarishi va ularning diafragma orqasidagi siqilishi potensial 
energiyaning o‘zgarishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
18.1-rasm a da ko‘rsatilganidek, R
1
va R
2
bosimlar diafragma diskining oldi va 
orqasida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi. Soploning (18.1-rasm, 


b) kirish qismi ravon toraygan, chiqish qismi esa silindrdan iborat. Soploning profili 
sharrachaning to‘liq siqilishini ta’minlaydi va soplodagi silindr teshigining yuzi 
oqimning minimal kesimiga teng deb hisoblanishi mumkin. 
Soploning orqa qismida hosil bo‘ladigan uyurmali harakat diafragmadagiga 
ko‘ra kam energiya yo‘qotishlarga olib keladi. 
Soploning old va orqasidagi R
1
va 
R
2
bosimlar xuddi diafragmanikidek o‘lchanadi. 
18.1-rasm, v da Venturi soplosi tasvirlangan. Venturi soplosi qisqa silindrik 
qismga o‘tuvchi silindrik kirish qism va kengayuvchi konussimon diffuzor qismdan 
iborat. Toraytirish qurilmasining bunday shaklida, chiqish diffuzori mavjudligi 
tufayli bosim yo‘qolishi diafragma va soplodagi bosim yo‘qolishiga nisbatan ancha 
kam bo‘ladi. R
1
va R
2
bosimlar Venturi soplosining ichki bo‘shlig‘i bilan aylana 
bo‘yicha joylashgan teshiklar orhali bog‘langan halqa kameralar yordamida 
o‘lchanadi. 
18.1-rasm, g da Venturi quvuri tasvirlangan. Venturi quvuri kirish silindrik 
quvuri, kirish konusi, o‘rta silindrik quvuri va diffuzor chiqish konusidan tuzilgan. 
R
1
va R
2
bosimlar kirish konusining oldi va o‘rta silindrik quvurining o‘rta 
qismlarida o‘rnatilgan alohida teshiklar yordamida o‘lchanadi. 
Toraytirish qurilmalari vujudga keltirilgan bosimlar farqi orhali modda sarfini 
o‘lchash prinsipi va ularning asosiy tenglamalari toraytirish qurilmalarining barcha 
turlari uchun bir xil. Faqat bu tenglamalardagi tajriba orhali aniqlanadigan ba’zi 
koeffisientlar bir-biridan farq qiladi. 
Siqiluvchi muxit (gaz, bug‘) sarfini o‘lchashda, ayniqsa, bosimlar farqi katta 
bo‘lganda, modda oqimi toraytirish qurilmasidan o‘tayotgandagi bosimning 
o‘zgarishi natijasida modda zichligining o‘zgarishini e’tiborga olish zarur. Lekin gaz 
yoki bug‘ning toraytirish qurilmasidan o‘tish vaqti ko‘p bo‘lmagani sababli, 
moddaning siqilishi va 
kengayishi adiabatik ravishda
, ya’ni issiqlik almashinuvisiz 
o‘tadi. 
Demak, gaz va bug‘ sarfini hisoblash tenglamalari suyuqlik sarfini hisoblash 
tenglamasidan e koeffisientning mavjudligi bilan farq qiladi. Agar e=1 bo‘lsa, bu 
tenglamalarni siqilmaydigan suyuqliklar uchun ham qo‘llash mumkin. 

Download 356,79 Kb.
1   2   3   4   5




Download 356,79 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlari

Download 356,79 Kb.
Pdf ko'rish