• Vazirlar Kengashi
  • Shayxontohur tumani
  • O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori 02. 02. 2019 y. N pq-4151 O‘zbekiston respublikasi prezidenti administratsIYasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsIYalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida




    Download 16,81 Kb.
    Sana26.03.2020
    Hajmi16,81 Kb.
    #9048
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 02.02.2019 y.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    N PQ-4151 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI ADMINISTRATsIYaSI HUZURIDAGI AXBOROT VA OMMAVIY KOMMUNIKATsIYaLAR AGENTLIGI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-5653-son Farmoniga muvofiq: Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq; 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirish dasturi 5-ilovaga muvofiq; Ko‘zi ojizlar bosmaxonasi korxonasining matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish, binolari va ishlab chiqarish xonalarini ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Kongil kozi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik) tizimi boshkaruv xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeta mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 146 nafar, jumladan markaziy apparati - 86 nafar va hududiy bo‘linmalarda - 60 nafar miqdorida belgilansin. 3. Agentlik direktoriga: zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik va uning bo‘linmalari tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish; Agentlikning hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini tasdiqlash; Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda - davlat organlari va boshqa tashkilotlar), nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-ta’lim muassasalari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb etish; Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xodimlarga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, har oylik ish haqi fondining 300 foizidan oshmagan miqdorda ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash huquqi berilsin. 4. Belgilansinki: Agentlik O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
    Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi; Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosarlar, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi; Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosariga, uning o‘rinbosarlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi; Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari axborot sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 5.
    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining 7-ilovaga muvofiq tarkibda PR-markaz funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin: Agentlik tomonidan PR-faoliyatni tashkil etishning ustuvor vazifa va yo‘nalishlarini, konseptual asoslarini ishlab chiqish, ushbu sohada samarali idoralararo muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaga ehtiyoj va salohiyatli loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini va biznes-forumlar tashkil etishni PR jihatidan qo‘llab-quvvatlash uchun doimiy asosda axborot materiallarini tayyorlash; mamlakatimiz investitsiya salohiyati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilish, istiqbolli investitsiya takliflari ro‘yxatini, xorijiy investorlar uchun zarur taqdimot materiallarini tayyorlash uchun ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish; jahon axborot makonida O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, mamlakatning investitsiya muhiti va turistik salohiyatini targ‘ib etish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish. 6. Belgilansinki: Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi; Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari tegishli ravishda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart; Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlanadigan va keyinchalik teleradiokanallarda, jumladan, nodavlat teleradiokanallarda translyatsiya qilishga mo‘ljallangan ijtimoiy rolik va e’lonlarni tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. 7. Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1 martga qadar Agentlikka, istisno tariqasida, uning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun tegishli o‘quv yilida o‘quv adabiyotini nashr etish va nusxasini ko‘paytirish uchun zarur xomashyo va sarf materiallarini xarid qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining shu maqsadlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lari doirasida avans mablag‘larini ajratsin. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatdaAgentlikka xomashyo va sarf materiallarini xarid qilish uchun avans mablag‘larini ajratish, ularni xarid qilish va noshirlik-matbaa korxonalari o‘rtasida taqsimlash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotini nashr va qayta nashr etish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirishda ushbu mablag‘lar hisobini yuritish tartibini tasdiqlasin. 8. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga idoraviy bo‘ysunuvidagi matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash bo‘linmalari)ning sifatli faoliyat yuritishi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarning samarali bajarilishi, shuningdek, ularni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2019 yilda zamonaviy ixtisoslashgan kitob do‘konlari, noshirlik-matbaa korxonalarini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish, yangi kitob do‘konlarini qurish, shuningdek, darsliklar va boshqa bosma mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalari hisobidan mablag‘larning jalb etilishini ta’minlasin. 12.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar Agentlik tizimidagi ob’ektlar va mol-mulkni to‘liq xatlovdan o‘tkazsin va Agentlikning idoraviy bo‘ysunuvidagi korxonalarini xususiylashtirish, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadigan Respublika noshirlik-matbaa tarmog‘ini rivojlantirish kompleks dasturini tasdiqlasin. 13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Agentlik va uning hududiy bo‘linmalari talabnomalariga ko‘ra milliy kitob va bosma mahsulotlarni sotish bo‘yicha ko‘chma kitob pavilonlarini joylashtirish uchun jamoat joylarida (markaziy ko‘chalar, istirohat bog‘lari, bozorlar, temir yo‘l vokzallari, metropoliten bekatlariga kirishda va boshqa) bo‘sh turgan yer maydonlarining beg‘araz asosda berilishini ta’minlasin. 14.
    Metropoliten, metro (yun. metropolis - bosh shahar, markaz) - koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfeizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, jumladan, harbiy qismlarda idoraviy kutubxonalar faoliyat yuritishi hamda ularning fondi Agentlik takliflari asosida har yili yangilanib borilishini nazarda tutadigan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va qabul qilsin; bosma mahsulotlar hamda davriy bosma nashrlarning majburiy bepul nusxalarini oluvchi tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirishni hisobga olgan holda ularni tarqatish tartibini qayta ko‘rib chiqsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Agentlik takliflari asosida respublika o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarini to‘ldirish uchun badiiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirsin va har yili ushbu adabiyotlarni xarid qilish uchun zarur mablag‘larni ajratsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Agentlikni aloqa, shu jumladan, hukumat aloqasi vositalari bilan, shuningdek, keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin. 17. Agentlik Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30-uy manzili bo‘yicha beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 18.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    Shayxontohur tumani - T. dagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 y. Oktyabr tumani nomi bilan tuzilgan. 1992 yilda Shayxontohur (Shayx Xovandi Tohur) tumani deb oʻzgartirilgan. 1978 yildan hozirgi chegarada.
    Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 6 ta, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan va 2 ta navbatchi xizmat yengil avtomobillari sotib olish va saqlash uchun limit belgilansin. 19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi PQ-3953-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati quyidagi mazmunda 30-band bilan to‘ldirilsin: 30. Ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik jamlamalarni nashr etish (qayta nashr etish) uchun mo‘ljallangan qog‘oz va boshqa sarflash materiallari. 20. Agentlik Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin. 21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
    Download 16,81 Kb.




    Download 16,81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi prezidentining qarori 02. 02. 2019 y. N pq-4151 O‘zbekiston respublikasi prezidenti administratsIYasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsIYalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida

    Download 16,81 Kb.