Suv xo’jaligini boshqarishni samarali tashkil etishda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining o’rni




Download 44,11 Kb.
bet9/11
Sana13.05.2024
Hajmi44,11 Kb.
#228430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kitob-39-71

Suv xo’jaligini boshqarishni samarali tashkil etishda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining o’rni


Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari faoliyatini ma’muriy qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari faoliyatidan tubdan farq qilgan holda, ya’ni bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil qilish ko’zda tutilgan. Biroq, xududiy irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining qisqa davrdagi faoliyatini monografik tahlil qilish natijalari ko’rsatishicha, ularning suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashda, iste’molchilarga o’z vaqtida sifatli suv resurslarini yetkazib berishda va sug’orish inshootlarining unumdorligini oshirishdagi texnik-iqtisodiy imkoniyatlari nihoyatda cheklangan. Jumladan Chirchiq- Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (kelgusida ChOITXB) Toshkent viloyati qishoq va suv xo’jaligi boshqarmasining «Suv xo’jaligi va melioratsiyasi» bo’limi zaminida tashkil etilgan. Uning tarkibiga «Toshkent magistral kanali boshqarmasi», «Bo’zsuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Parkent-Qorasuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Oxangaron- Dalvarzin» irrigatsiya tizimi boshqarmasi», va «Toshkent shahar suv xo’jaligi» boshqarmalari kiritilgan. ChOITXB Toshkent viloyati qishloq xo’jalik korxonalariga suv yetkazib berishga xizmat qiladi.
Toshkent viloyatining umumiy yer maydoni 1565,1 ming gektarni tashkil etib, Sirdaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan. Viloyat hududida Chirchiq, Ohangaron daryolari, Dalvarzin, Peskent va Qo’qi Orol massivlari mavjud. Viloyatda 385,4 ming gektar sug’oriladigan yerlarda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladi. Viloyatning asosiy suv manbasi Chirchiq daryosi hisoblanib, u qor va muzliklar erishi hisobiga to’yinadi. Chirchiq daryosining asosiy yirik irmoqlari bo’lib Pskom, Chotqol va Kuk-su hisoblanadi. Bu irmoqlardan oqib kelgan suvlar Chorboq suv omboriga kelib quyiladi. Chorboq suv omborining suv sig’dirish qobiliyati 2 mlrd m3 ni tashkil qiladi.
Chorboq suv omborining quyi qismidagi daryoning o’ng qismida Ugam va chap qismidan Oqsoq-ota daryolari oqib kelib. Chirchiq daryosiga quyiladi.
Viloyat sug’oriladigan maydonining 80 foizi Chirchiq daryosidan sug’oriladi. Chirchiq daryosining to’g’onidan boshlab to Sirdaryoga quyilishi joyigacha bo’lgan oraliqda 4 ta GES kaskadi joylashgan.
ChOITXB tarkibidagi ikkinchi yirik daryolardan biri Ohangaron daryosi hisoblanadi. Daryo uzani bosh qismda Ohangaron va o’rta qismida Toshkent suv omborlari joylashgan. Ohangaron daryosi Chotqol va Ko’rama tizimlari irmoqlaridan hosil bo’lgan. Toshkent suv ombori hajmi 2003 yil 1-may holatiga 217,2 mln m3 ni tashkil etgan Tahlil qilinayotgan davrda Ohangaron suv omborining umumiy hajmi 210 mln m3 dan iborat bo’lib suv ustki maydoni 5,9 mln m2 ni tashkil etadi.
ChOITXB viloyatdagi qishloq xo’jaligi korxonalariga suv yetkazib beradi. Bundan tashqarii viloyatdagi dehqon xo’jaliklari ham suv resurslari iste’molchilari hisoblanadi. Viloyat qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan 2005 yilda jami 385,4 ming gektar yerga, shu jumladan 115 ming gektarga g’alla, 108 ming gektarga paxta 37,8 ming gektarga ozuqa ekinlari, 39,1 ming gektarga ko’p yillik o’simliklar va 38,9 ming gektarga takroriy ekinlar ekilgan. Shuningdek, dehqonlarning 38,6 ming gektar yerlarida ham qishloq xo’jalik ekinlari yetishtirilgan.
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv iste’molchilariga 2005 yilda jami 5392 mln m3 suv yetkazib berilgan. Uning 3390,0 mln m3 qishloq xo’jalik ekinlari sug’orish maqsadida va 1999 mln m3 esa boshqa extiyotlar uchun ishlatilgan. Yetkazib berilgan jami suv resurslarining 496,8 mln m3 o’zanlardan, 462,1 mln m3 kichik daryolardan, 10,9 mln m3 yer osti suvlaridan, 183,3 mln m3 zovurlardan va 278 mln m3 soy, buloq va oqava suvlardan tashkil topgan. Yetkazib berilgan suv resurslarining 5590 mln
m3 tumanlar chegarasida, shu jumladan 4568 mln m3 xo’jaliklar chegarasida va boshqa suvdan foydalanuvchilar tomonidan ishlatilgan. Tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, viloyatda faqat Bekobod tumani xo’jaliklarigina asosan o’zan suvlaridan suv bilan ta’minlanadi. Qolgan tumanlarning suv manbalari bo’lib kichik daryolar hisoblanadi. Yer osti suvlaridan esa Bekobod va qisman Parkent tumanida foydalanishadi. 2005 yilda Bustonlig’, Bo’ka, Parkent va Chinoz tumanlarida zovur suvlaridan sug’orish manbai sifatida ishlatilmagan.
Soy va oqova suvlarini suv manbai sifatida ishlatish bo’yicha esa Quyi-Chirchiq tumanida yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgan.
Agarda 2005 xo’jalik yilida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan tumanlar chegarasigacha oyma-oy sug’orish uchun suv yetkazib berish holatini tahlil qiladigan bo’lsak, birinchidan qishloq xo’jalik ekinlarining mavsumiyligiga qarab suv yetkazib berilayotganligini va rejaga ùamda belgilangan limitga asosan amalda olingan suv resurslari hajmining farqlanishini ko’rish mumkin yoki, qishloq xo’jalik korxonalari yerlarini sug’orish uchun me’yorga nisbatan suv resurslariga bo’lgan talabni ko’proq qilib ko’rsatmoqda, limit esa me’yordan kelib chiqib belgilansa ham haqiqiy ahvol reja va limitga nisbatan ko’p yoki kamni tashkil qilmoqda.
Jumladan 2005 xo’jalik yilida hosil olish uchun 2004 yilning oktabr oyida ko’zgi bug’doy va takroriy ekinlar ekishga viloyat tumanlari bo’yicha jami 232,3 ming m3 suv olish rejalashtirilgan. Limit esa 110 ming m3 qilib belgilangan va amalda esa yetkazib berilgan jami suv hajmi rejaga nisbatan 93,2 ming m3 kam bo’lsa, limitga nisbatan esa 215,5 ming m3 ko’pni tashkil etgan. Iyul oyida suv olish holati ham tahlilga loyiq. Ya’ni iyul oyida viloyat tumanlari bo’yicha qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish uchun 455,8 ming m3 suv olish rejalashtirilgan, belgilangan limit esa 719,7 ming m3 ni tashkil etgan.
Amalda esa 738,6 ming m3 suv olingan yoki, qishloq xo’jalik korxonalarining 2005 yil iyul oyida ekinlarni sug’orish uchun olgan suv hajmi rejaga nisbatan 282,8 ming m3 va limitga nisbatan esa 18,9 ming m3 ko’pni tashkil etgan. Bunday holat barcha sug’orish oylariga xosdir. Qishloq xo’jalik korxonalarining sug’orish suvlarini bir gektar ekin maydoni hisobiga olish rejasi, belgilangan limit va amaliy ta’minlanishini tahlili yanada yaqqol ifoda qiladi.
Masalan, ChOITXB bo’yicha bir gektar ekin maydoni hisobiga 2005 yilda 9 ming m3 suv yetkazib berish rejalashtirilgan bo’lsa, limit 7,9 ming m3 qilib belgilangan. Amalda esa 7,3 ming m3 suv olingan. Bir gektar hisobiga suv olingan eng yuqori rejasi va limiti Bekobod tumanida (14,8:14,5 ming m3) eng past reja va limit O’rta-Chirchiq tumanida (6.1:5,2 ming
m3)-belgilangan. Irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi tomonidan faqat O’rta-Chirchiq tumani xo’jaliklariga limit doirasida, Ohangaron, Bustonliq, va Yangiyo’l tumanlarida limitdan ortiq suv yetkazib berilgan.



    1. Download 44,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 44,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv xo’jaligini boshqarishni samarali tashkil etishda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining o’rni

Download 44,11 Kb.