O’zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonuni. Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy hujjatlar to’plami, Toshkent,
«Sharq», NMK, 1998.
I.A.Karimov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va resurslardan samarali foydalanish. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil yakunlariga bag’ishlangan majlisda so’zlangan nutq. «Halq so’zi» gazetasi, 2002, 21 fevral.
A.S.Sultonov «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti», ma’ruzalar matni, TIMI, 2005.
A.S.Sultonov, U.Hoshimov. Qishloq xo’jalik korxonalariga yetkazib berilgan suv uchun sarflangan xarajatlarni hisoblash uslubi. WASHINGTON STATE UNIVERSITY. Iyulü,
1. 2006.
III Bob. Suv xo’jalik tizimlaridan foydalanishni havzaviy usulga o’tkazish va ularning iqtisodiy samaradorligini
oshirish tadbirlari
Suv xo’jaligi tizimini boshqarish va uni takomillashtirish
Ùar qanday davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida isloùotlarni o’tkazish usul va yo’llarini - o’z tarixiy udumlarini va aniq shart-sharoitlarini, rivojlangan chet mamlakatlar tajribalarini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi. An’analar va milliy xususiyatlarini ùamda mavjud tabiiy-iqtisodiy saloùiyatlarni e’tiborga olgan ùolda ishlab chiqishi lozim.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga utishning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyiliga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich Yangi bozor munosabatlariga o’tkaza borib, samarali bozor iqtisodiyotini chuqur bo’xronlarsiz va talofatlarsiz vujudga keltirish yo’li tanlandi.
Amalga oshirilayotgan agro-iqtisodiy siyosat natijasida O’zbekiston ijtimoiy larzalarsiz o’z iqtisodiy mustaqilligi sari ishonch bilan ilgarilab bormoqda.
Ma’lumki, respublikamizda bir necha o’n yillar moboynida iqtisodiyotda umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlat byurokratik tizimining ixtiyorida bo’lgan mulkka davlat ishtiroki to’liq ùukmronlik qilib keldi. Mulkchilikning shakllari faqat ikki turdagi ya’ni: davlat mulki va kolxoz-kooperativ mulkidan iborat tizim rivojlantirildi. Aslida kolxoz-kooperativ mulki ùam amalda davlat ixtiyorida bo’lgan.
Demak, yer-suv resurslari va umuman barcha ishlab chiqarish vositalari davlatning tanùo ixtiyorida ùisoblangan. Bunday ùolat deùqon va meùnatkashlarning ishlab chiqarish voositalaridan maùrum bo’lishiga, mulkka egalik ùissiyotinining yo’qolishiga va natijada ishlab chiqarish samaradorligining muntazam pasayishiga olib keldi. Shu nuqtai nazardan ham, respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish maqsadida agrar sektorda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, ko’plab vazirlik va idoralarni birlashtirgan, boshqarish nihoyatda murakkablashtirilib yuborilgan agrosanoat tizimiga barham berilib agrar sohada boshqaruvning Yangi tizimini shakllantira boshlandi. 1990 yilda «Qishloq xo’jalik vazirligi», «Melioratsiya va
suv xo’jaligi vazirligi» tashkil etildi. Sohalar bo’yicha esa aktsionerlik uyushmalari va birlashmalari tuzildi.
Keyinchalik bo’nday tashkilotlarning aksariyat ko’pchiligi bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirilib, xolding kompaniyalari va aktsionerlik jamiyatilariga aylantirildi. Masalan, «O’zagrakimyota’minot» davlat aktsionerlik jamiyati, «O’zbek ipagi», uyushmasi,
«Davlat yer tuzilmasi» qumitasi, «O’zagrosug’urta»davlat aktsionerlik sug’urta kompaniyasi,
«O’zqishloqxo’jaliklizing» aktsionerlik lizing kompaniyasi tuzildi. «Shaxsiy yordamchi xo’jaliklar egalari» uyushmasi «Dehqon va fermer xo’jaliklari» uyushmasiga «O’zbekiston qishloq xo’jalik Fanlar Akademiyasi», «O’zbekiston qishloq xo’jalik ilmiy ishlab chiqarish Markazi»ga aylantirildi. «Qishloq xo’jaligi» hamda «Melioratsiya va suv xo’jaligi» vazirliklari birlashtirib, «O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi» vaziriligi tashkil etildi.
O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkiliy tuzilmasi tarkibida «Qishloq xo’jalik birlashmalari», «Suv xo’jaligi xo’jalik birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari»,
«Davlat boshqaruv va nazorat organlari» va «Ilmiy tadqiqot va o’quv muassalari» kabi boshqaruv bo’g’inlari tashkil etildi hamda ularga tegishli birlashmalar, uyushmalar. Markazlar va ilmiy muassasalar birlashtirildi, shuningdek Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibida: «Paxtachilikni rivojlantirish bo’yicha kengash», «Donchilikni rivojlantirish bo’yicha kengash», «Sabzavot-poliz mahsulotlarini kompleks qayta ishlash va rivojlantirish bo’yicha kengash», «Chorvachilikni rivojlantirish bo’yicha kengash», «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va kimyolashtirish bo’yicha kengash» va «Yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantrish va yer unumdorligini oshirish bo’yicha kengash» lar tuzildi.
Ta’kidlash kerakki o’tkazilayotgan agrar iqtisodiy islohatlar jarayonida asosiy e’tibor qishloq va suv xo’jaligida boshqarish tizimini tokomillashtirish va yer-suv resurslaridan samarali foydalanish masalalariga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasida yer-suv resurslari nihoyatda cheklangan. Shuningdek uchun ham, yer-suv resurslarini butun chora-tadbir va usullarni qo’llagan holda tejab va samarali foydalanish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yetarli miqdordagi suv reserslarisiz ùalq xo’jaligini, shu jumladan qishloq xo’jaligini barqoror rivojlantirib bo’lmaydi.
Mavjud suv resurslari hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq ta’minlay olmaydi. Bundan tashqari Suv resurslarining aksariyat ko’p qismi qishloq xo’jaligida foydalaniladi. Mamlakatimizda mavjud suv resurslari davlat muhofazasidadir. Ular mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanmagan. Yer-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O’zbekiston
Respublikasi Konstitutitsiyasining 55-moddasida «Yer-suv umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb alohida qayd qilingan.
O’zbekiston hududidan oqib o’tadigan Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining suvlaridan halqaro shartnomalarga asosan foydaniladi. Biroq Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgan davrdan boshlab suv resurslarining tovar sifatidagi mavqe yildan-yilga ortib bormoqda. Bu jarayon respublikamizning qishloq xo’jaligidagi so’g’oriladigan yerlarga suv yetkazib berishda suv tansiqligini yuzaga keltirmoqda. 2004 yil ma’lumotlari ko’rsatishicha, mamkakat qishloq xo’jaligida sug’oriladigan yer maydonlari 4132,4 ming gektarni tashkil qilib, aholi jon boshiga hisoblaganda 0,16 gektar to’g’ri keladi. Ayrim aholisi zich joylashgan Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida bu ko’rsatgich 0,12-0,13 gektardan iborat.
Ushbu sug’oriladigan yer maydonlarini sug’orish uchun 2004 yilda 50828,5 ming m3 suv yetkazib berilgan yoki respublika bo’yicha bir gektar sug’oriladigan yer maydonini sug’orish uchun 12,3 ming m3 suv yetkazib berilgan. Samarqand, Farg’ona, Jizzax, Namangan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida bu ko’rsatgich 9,8-10,7 ming m3 ni, Buxoro, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida 15,2-19,8 ming m3 ni tashkil etadi. Binobarin, 2005 yilda sug’oriladigan yerlarda har gektar hisobiga bir yilda sarflanadigan suv miqdori 11 ming m3 dan oshirmaslik ko’zda tutilgan. Suv tansiqligi sharoitida bu juda murakkab vazifa hisoblanadi.
Sug’oriladigan yerlarga sarflanayotgan suv miqdorining viloyat va xududlar bo’yicha har xil bo’lishi qator omillarga bog’liq. Ya’ni. sug’orish tizimlari va sug’orish suvlarining sifati ortiqcha yoki kam suv sarflashga olib keladi. Ùar gektar sug’oriladigan yerlarga nisbatan kamroq suv sarflanayotgan Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatining aksariyat hududlarida sug’orish suvlarining sifati yaxshi yoki ular tarkibidv hosildorlikka salbiy ta’sir o’tkazuvchi turli xildagi minerallar kam.
Biroq Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati va qisman Buxoro viloyati hududlarida qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan suvlarning sifati nihoyatda yomon. Bunday holat qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari yerlar sho’rini yuvishga ortiqcha miqdorda suvlar sarf qilinadi. Shuning uchun ham istiqbolda yerlar unumdorligini oshirish, suvlar sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish natijasida qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni yuksaltirish mumkin. Buning uchun esa qishloq va suv xo’jaligi tizimida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini to’la joriy qilishga erishish zarur.
O’zbekiston Respublikasi suv resurslarini boshqarishning oldingi tarkibida jami 260 ta tashkilotlar faoliyat yuritgan bo’lsa amaldagi tarkib esa o’z ichiga 101 ta tashkilotni birlashtiradi yoki ular soni 159 taga qisqartirildi. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tarkibidagi
«Suv xo’jaligi bosh boshqarmasi» zimmasiga: Davlatlararo suv xo’jaligi komissiyasi, Amudaryo va Sirdaryo suv havzalari, Markaziy dispetcherlik xizmati, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari faoliyatini samarali va bozor tamoyillari hamda mexanizmlari asosida tashkil qilish vazifasi yuklatildi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari qilib esa: suvdan foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish: ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini o’tkazish: iste’molchelarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish: irrigatsiya tizimlari suv xo’jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash: havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish va suv iste’molchilari bo’yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash qilib belgilanadi.
Respublikada suv xo’jaligini boshqarishning tashkiliy tuzilmasini tahlil qiladigan bo’lsak, u irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar va korxonalardan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin (2.1.4-chizma).
Mintaqalarni irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga biriktirish tuzilmasi esa quyidagicha: Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Andijon viloyati: Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Namangan viloyati: Sirdaryo-Sux irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Farg’ona viloyati: Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Toshkent viloyati: Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi –Sirdaryo va Jizzax viloyati tumanlari: Arnasoy, Do’stlik, Zomin, Zafarobod, Mirzacho’l, Paxtakor, Forish va Yangiobod: Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi
- Samarqand va Jizzax viloyati tumanlari: Baxmal, Fallaorol, Jizzax: Navoiy viloyati tuman-
lari – Xatirchi, Navoiy, Konimex. Navbohor: Qashqadaryo viloyati tumanlari: - Chiroqchi, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boqarmasi - Qashqadaryo viloyati: Chiroqchi tumanidagi Eski Angar zonasidan tashqari: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Buxoro va Navoiy viloyati tumanlari: Qiziltepa, Navoiy (Navoiy kanali zonasi), Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari boshqarmasi - Surxondaryo viloyati: Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi - Qoraqolpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati.
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi tarkibiga: Farg’ona vodiysi birlashgan dispetcherlik markazi: Katta magistral kanali boshqarmasi-Teshiktosh gidrouzeli, Katta Farg’ona magistral kanali boshqarmasi-Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi: Janubiy Farg’ona magistral kanali boshqarmasi - Kampirovat gidrouzeli, Janubiy Farg’ona magistral kanali boshgidrouzeli, Papjon gidrouzeli, Karkidon suv ombori, Qo’rg’ontepa suv ombori, Shaxrixonsoy kanali bosh uchastkasi va Janubiy Farg’ona magistral kanali kiritilgan.
Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi bevosita O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vaziriligining Suv xo’jaligi bosh boshqarmasiga hisobdor sub’ekt hisoblanadi va o’z faoliyatini bozor tamoyillari asosida tashkil etadi.
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari esa irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibiy bo’linmalari hisoblanadi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga O’zbekiston Respublikasi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining buyrug’i bilan tanlov asosida lovazimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi. Havza boshqarmasi boshlig’ining tanlov asosida tanlanadigan ikki nafar o’rinbosari bo’ladi. Shuningdek, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xuzurida Suv xo’jaligi kengashi tashkil etiladi, uning tarkibiga Boshqarma boshlig’i (Kengash raisi), irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining faoliyat ko’rsatishi hududidagi viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi boshliqlari (yoki boshliqlarning o’rinbosarlari), magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari boshliqlari va boshqa tegishli tashkilotlarining rahbarlari hamda tajribali va yuqori malakali xodimlar kiradi.
Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining moliyalashtirish manbalari bo’lib Davlat byudjeti mablag’lari xo’jalik faoliyatidan va suv iste’molchilariga xizmatlar ko’rsatishdan olinadigan mablag’lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan tushadigan mablag’lar hisoblanadi.
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat. Ya’ni: magistral kanallar (tizimlar) va inshootlar suv resurslarini oqilona boshqarish va uning tezkorligini oshirish: magistral kanal (tizim) bo’yicha suvdan foydalashning belgilangan tartibiga rioya qilinishini ta’minlash: magistral kanallar (tizimlar) va suv xo’jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini ta’minlash: magistral kanallarni (tizimlarni) ishonchli foydalanish uchun tayyorlash va uni ish holatida saqlash suv ombori va suv berish to’g’risida ishonchli hisob va hisobot kiritish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ajratilgan mablag’lar, moddiy-texnika resurslari, texnika va asbob uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda ulardan maqsadli foydalanish.
O’z navbatida, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmasi suv resurslarini boshqarishni va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan belgilangan limitlarga asosan irrigatsiya tizimlari boshqarmalarga suv berishni amalga oshiradi. Bunda, magistral kanallar boshqarmasi irrigatsiya tizimlari hamda nasos stantsiyalari. Energitika va aloqa boshqarmalari bilan suv berish yuzasidan shartnomalar tuzadi, tizimning ichki nasos stantsiyalari va agregatlaridan foydalanish rejimini belgilab beradi.
Boshqarma suvdan foydalanishning bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etish barobarida tizimni suv o’lchash qurilmalari bilan zarur miqdorda ta’minlaydi, suv zamonaviy tizimlarini joriy etadi hamda ta’mirlash ishlarini arzonlashtiradi va sifatini oshirish maqsadida, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlarni bajarishning maqbul shakl va usullarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi.
Shuningdek, magistral kanallar (tizimlar) va suv xo’jaligi inshootlari bo’yicha suv resurlari oqilona boshqarilishini nazorat qilish bilan birga investitsiya dasturiga kiritish uchun tizimni va inshootlarni zamonaviylashtirish, rekonstruktsiya qilish hamda texnika bilan qayta jihozlash bo’yicha investitsiya dasturlari bajarilishini tashkil etadi.
Ta’kidlash kerakki, agrosanoat majmuasining eng muhim tarkibiy qismini sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida suv xo’jaligi tizimi tashkil qiladi. Agarda qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan suv resurslarining ahamiyati, o’rni hamda sug’oriladigan dehqonchilikdagi mohiyati hisobga olinsa suv xo’jaligi majmuasining qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishdagi ahamiyati qay darajada muhimligini yaqqol ko’rish mumkin.
|