|
Andijon iqtisodiyot va qyrilish instituti andijon arxitektura va qurilish texnikumi
|
bet | 1/2 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 250,75 Kb. | | #106508 |
Bog'liq MAXORAT-DARSI ISH REJASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON IQTISODIYOT VA QYRILISH INSTITUTI
ANDIJON ARXITEKTURA VA QURILISH TEXNIKUMI
O’ZBEK TILI VA IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
ENGLISH FOR TEACHERS maxorat-darslarining
ISH REJASI
ANDIJON – 2023
Tuzuvchi:
Mirzayeva N.S – AIQI “O’zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
KELISHILDI:
“O’zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafеdrasining 2023yil ____ __________dagi №____-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan.
Kafedra mudiri:______________________________A.A.Xakimov
Andijon arxitektura va qurilish texnikumi pedagogik Kengashining 2023yil ____ __________dagi №____-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan.
Texnikum direktori: _________________________I.Akbarov
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil 6-martdagi “Professional ta’lim muassasalarini metodik va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 44-sonli buyrug‘ida hamda Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti rektorining 2023-yil 24-martdagi 19-sonli buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Professional taʼlim muassasalarini metodik va ilmiy tomondan qo‘llab quvvatlash maqsadida institutga biriktirilgan Andijon arxitektura va qurilish texnikumi bilan hamkorlik olib borilmoqda. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va doktorantlari tomonidan professional ta’lim muassasalariga metodik va ilmiy jihatdan yordam ko‘rsatish chora-tadbirlar rejasining bandlarida berilgan masalalarga binoan xorijiy til fani o‘qituvchilari hamda xorijiy tilni o‘rganish istagi bo‘lgan pedagoglarga ingliz tilini o‘rgatishni tizimli olib boorish eng asosiy vazifa hisoblanadi.
Ta’lim tizimini modernizasiyalash, uning yangi-yangi modellarini yaratish, ilmiy-amaliy asoslarini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayonlarini texnologiyalashtirish, ta’lim subyektlarining kasbiy bilim va pedagogilk mahoratlarini bugungi kun talablari darajasiga yetkazish bugungi kundagi eng dolzarb talablardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, texnikumda auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bilan birga o‘qituvchilarga xorijiy til bo‘yicha maxorat-darslarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish ta’lim sifatini oshirishga ko‘mak beradi.
Maxorat-darsining asosan Upper Intermediate darajasidagi o‘qituvchilarga mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar ishtirokchilari bosqichma-bosqich o‘zlarining gapirish ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib boradilar. “English for Teachers” maxorat-darslari oyda bir marotaba har oyning oxirgi juma kuni soat 14.00-15.00 gacha o‘tkazilishi ko‘zlangan. Maqsad o‘qituvchilarni individual, jamoaviy ishlagan holda ularning ingliz tilidan muloqatlarini oshirish, xalqaro anjumanlarda, loyihalarda faol ishtirok etib nutq so‘zlashga o‘rgatish, CEFR, IELTS, TOEFL hamda xalqaro til sertifikatlarini olishga ko‘rsatmalar berishni o‘z oldiga vazifa qilib oldi. Maxorat-darslariga a’zolik o‘qituvchilarning o‘z xoxishlariga binoan amalga oshiriladi.
|
| |