• O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizasiyalash, jadal va innovasion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan Strategiyasi to’g’risida
  • “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi pozisiyasini yaxshilash;
  • ilg’or xorijiy kompaniyalari ishtirokida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil qilish;
  • nodavlat buyurtmachilar institutini shakllantirish va mustahkamlash;
  • O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizasiyalash, jadal va innovasion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan Strategiyasi to’g’risida




    Download 91.54 Kb.
    bet1/18
    Sana03.05.2023
    Hajmi91.54 Kb.
    #56017
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Kiberxavfsizlik yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari tajribasi., 1 Algoritm murakkabligini statik va dinamik o‘lchovlari. Vaqt va (1)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI FARMOYIShIO’zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizasiyalash, jadal va innovasion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan Strategiyasi to’g’risidaID-21482
    LOYIHA
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
    FARMONI
    O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizasiyalash, jadal va innovasion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan Strategiyasi to’g’risida
    Qurilish sohasini yanada rivojlantirish, arxitektura va qurilish organlari va muassasalarining izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlashva sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish maqsadida:
    1. O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizasiyalash, jadal va innovasion rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
    qo’shimcha kichik tizimlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish yo’li bilan qurilish sohasini raqamlashtirish;
    shaharsozlik sohasidagi normativ bazani modernizasiyalash va xorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish;
    aholi punktlarini kompleks rivojlantirish tizimini takomillashtirish;
    qurilish sohasida ayrim ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish yo’li bilan “Biznes yuritish” xalqaro indeksida “Qurilish uchun ruxsatnomalar olish” ko’rsatkichi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi pozisiyasini yaxshilash;
    uy-joy ko’chmas mulki qurilishida ulush kiritish asosida uy-joylarni qurish uchun aholi mablag’larini keng jalb qilish orqaliipoteka krediti bozorini va ko’p kvartirali uylar qurilishini rivojlantirish;
    qurilish materiallarini ishlab chiqishga va obyektlar qurilishiga innovasion texnologiyalarni tatbiq qilish;
    investisiya loyihalari ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblarda yiriklashtirilgan ko’rsatkichlarga bosqichma-bosqich o’tish;
    institusional asosning liberallashtirilishini hisobga olgan holda lisenziyalash prinsiplarini takomillashtirish, loyiha va pudrat ishlari potensialini kuchaytirish;
    loyihaning smeta qismida davlat ekspertizasini bekor qilish yo’li bilan ekspertiza ishlari tizimini takomillashtirish;
    davlat, mualliflik va texnik nazoratni nodavlat sektorga yo’naltirish orqali qurilish sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
    aksiyalar paketini ilg’or xorijiy investorlarga realizasiya qilish orqali ilg’or xorijiy kompaniyalari ishtirokida zamonaviy loyiha institutlarini tashkil qilish;
    o’qitishning zamonaviy va innovasion usullari qo’llanishini hisobga olgan holda qurilish yo’nalishidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish tizimini takomillashtirish;
    loyihalarni moliyalashtirishning davlat manbalari va ularga tenglashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirishda, davlat segmentlarining liberallashtirilganini hisobga olgan holda, nodavlat buyurtmachilar institutini shakllantirish va mustahkamlash;

    Download 91.54 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 91.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasini modernizasiyalash, jadal va innovasion rivojlantirishning 2020-2025 yillarga mo’ljallangan Strategiyasi to’g’risida

    Download 91.54 Kb.