1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Xar XIL gidrouzellar komponovkasiga misollar: to‘g‘onli va derevatsion geslar




Download 258,5 Kb.
bet1/2
Sana23.11.2023
Hajmi258,5 Kb.
#104256
  1   2
Bog'liq
1.Suv ombori parametrlarini hisoblash


1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Xar xil gidrouzellar komponovkasiga misollar: to‘g‘onli va derevatsion GESlar.

Elektr energiyani olish maqsadida gidroenergetik resurslardan foydalanish uchun maxsus gidrotexnik inshootlar yordamida suv oqimini jamlab tushirish ya’ni bosim hosil qilish zarur.


Bosim hosil qilishning quyidagi usullari mavjud:

  1. To’g’on usuli yoki GESni to’g’onli sxemasi, bunda bosim to’g’on yordamida hosil qilinadi.

  2. Derivatsion usul – GESni derivatsiya sxemasi, bunda bosim asosan derivatsiya (kanal, tonnel va boshqalar);

  3. Aralash usul – GES aralash usul sxemasi, bunda bosim to’g’on hisobidan, hamda derivatsiya hisobidan hosil qilinadi.

  4. Mavjud suv tashlagichlardan foydalaniladigan irrigatsion inshootlardagi GES.

To’g’onli GES sxemasi ko’proq katta suv sarfida va suv oqimining (daryoning) kichik nishabligida qabul qilinadi.
Bosim to’g’on qurish va yuqori b’efda suv hajmini yig’ish hisobidan hosil qilinadi. To’g’on yordamida daryodagi A va V qirqimlar orasidagi sathlar farqidan foydalaniladi. Bu farq ga teng.
Bu yerda - bosim yo’qotilishi.
To’g’onli sxemada 1 va 2- rasm bosim kattaligiga ko’ra GES ning o’zanli va to’g’on yoni turi mavjud bo’ladi.
O’zanli GES deb, GES binosi to’g’on kabi front tarkibiga, ya’ni bosim hosil qiluvchi inshootlar tarkibiga kiruvchi GESlarga aytiladi.
Ular nisbatan kichik bosimlarda quriladi, masalan Qayraqum GESi, Dnepr GESi, o’zanli GES binosi bosimni yuqori bef tomonidan qabul qiladi va to’g’on kabi mustahkamlilik shartlariga javob berishi zarur.
O’rta va yuqori bosimlarda to’g’on yoni GES larda quriladi 1- rasm. Bino to’g’on orqasida, uning himoyasida joylashadi va turbinalarga suv keltirish quvurlar orqali amalga oshiriladi.
1 - Rasm. To’g’onli bosim hosil qilish sxemasi (plan):
1 – daryo, 2 - suv ombori, 3 - hamma yog’i berk to’g’on, 4 - GES binosi , 5 - suv tashlovchi to’g’on.

2 -Rasm. To’g’onli bosim hosil qilish sxemasi (qirqimi)

To’g’onli bosim hosil qilish usulining kamchiligi - anchagina yer maydonini suv bosishi, to’g’onni qimmatligidadir.


Derivatsion sxemada bosim derivatsiya (lotincha «suvni olib o’tish») yordamida hosil qilinadi.
Derivatsiya daryoning ma’lum qismida jamlangan bosimni hosil qilish uchun xizmat qiladi.

3-Rasm. Bosimni derivatsion usuli bilan hosil qilish
sxemasi (qirqim va plan)
Bosimli hovuz qanchalik suv olish inshootidan uzoqda bo’lsa, shunchalik derivatsion kanal va daryodagi sathlar farqi katta bo’ladi. Derivatsiya usuli yordamida katta nishabli va kam sarfli, tog’li va tog’ oldi daryolar energiyasidan foydalaniladi.
Bosim derivatsiya (derivatsiya kanali, tonnel va quvur) va daryo nishabligi farqi hisobidan hosil qilinadi.
Inshootlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. GES inshootlarining bosh bo’g’ini: to’suvchi to’g’on, suv qabul qiluvchi yoki suv olish inshooti keluvchi kanal;
2. Derivatsiya: ochiq kanal, tunnel, quvur;
3. GES bosimli – stantsiya bo’g’ini: bosimli hovuz, bosimli quvur, bekorchi (ortiqcha) suv tashlagich, GES binosi;
4. Ketuvchi kanal.
Derivatsion sxemada GES bosimi
NST =( Idaryo -I derivatsiya)* L - derivatsiyaga, teng
bu yyerda: NSt – statik bosim, L - derivatsiya uzunligi.
L qanchalik katta bo’lsa, shunchalik bosim katta, ammo uzun kanallarda xarajatlar ko’p bo’ladi, masalan mavjud kanallarni, jarliklarni va boshqalarni kesib o’tishi mumkin.
Suv oluvchi bosh bo’g’in, derivatsiyaga kerakli miqdordagi suvni olishni ta’minlaydi. Bosh bo’g’inda tubdagi cho’kindilar bilan kurash olib boriladi (qirg’oqning egri qismida). Muallaq oqiziqlar bilan kurash olib borish uchun suv qabul qilgichdan so’ng tindirgichni o’rnatsa bo’ladi. Derivatsiya, joyning relefi va geologik sharoitiga qarab, ochiq kanal, tunnel yoki quvur ko’rinishida bajarilishi mumkin.
Ochiq kanal, daryonikiga (daryo nishabligiga) qaraganda kamroq nishablikka ega bo’lishi zarur.
Bosimli – stantsiya bo’g’ini inshootlari vazifalari:
-bosimli hovuz – bosimsiz harakatni bosimli harakatga aylantiradi, unda suv quvurlar orasida taqsimlanadi, muallaq axlat va cho’kindilarga qarshi tadbirlar olib boriladi, ortiqcha suvlar tashlab yuboriladi (bosimli derivatsiyada bosimli hovuz o’rniga tenglashtiruvchi rezervuar ishlatiladi);
-bosimli quvurlar – bosimli rejimda suvni turbinaga keltiradi (temir beton yoki po’latdan tayyorlanadi);
-bekorchi suvni tashlash inshooti – ortiqcha suvni turbinaning avariyali o’chishida yuqori befdan pastki befga avtomatik tarzda tashlaydi;
-GES binosi – turbinalarni, generatorlarni, taqsimlovchi qurilmalarni va boshqa yordamchi jihozlarni joylashtiradi;
-ketuvchi kanal – GESda ishlatilgan suvni suv manbaiga tashlaydi;
Derivatsion sxema tog’li va tog’ oldi sharoitlarida, daryolarga nisbatan katta nishablik va qisqa uzunlik kichik ko’ndalang qirqimdagi derivatsiyaga nisbatan katta bosim va GES quvvatini hosil qilganda afzal bo’ladi.
Bosim hosil qilishning to’g’on – derivatsion sxemasida avvalgi sxemalar foydali xususiyatlardan foydalaniladi. Masalan, agar daryoning yuqori qismida kichik, pastki qismida katta nishablikka ega bo’lsa, unda yuqori qism oxirida suv omborli to’g’on qurish, so’ngra derivatsiya yordamida daryoning katta nishablik qismidan foydalanib, kattagina GESning umumiy bosimini olish mumkin, 1.6 - rasm.
Bunda:

Tog’li joylarda suv omborlarini qurish deyarli ziyon keltirmaydi.

4-Rasm. Bosim hosil qilishning aralash usuli sxemasi:

  1. daryo, 2- suv ombori, 3- to’g’on, 4- derivatsion kanal , 5- GES bosimli – stantsiya bo’g’ini




Download 258,5 Kb.
  1   2




Download 258,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Xar XIL gidrouzellar komponovkasiga misollar: to‘g‘onli va derevatsion geslar

Download 258,5 Kb.