|
1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Xar XIL gidrouzellar komponovkasiga misollar: to‘g‘onli va derevatsion geslar
|
bet | 2/2 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 258,5 Kb. | | #104256 |
Bog'liq 1.Suv ombori parametrlarini hisoblash2. GES hisobiy suv sarfini aniqlash.
GES agregatlari soni va turbinaning suv sarfini tanlash.
Boshlang’ich ma’lumotlar:
loyiha blankasida keltirilgan (daryo, kanal) dagi suvning gidrografi, bu 1 yil vaqt mobaynida o’rtacha gidrogeologik suv oqimi o’zgarish grafigi.
R=50% - GESni hisobiy suv sarfi bilan ta’minlanganlik darajasi (irrigatsiya tizimida ishlovchi GES uchun), agar R=50÷75% gacha bo’lsa, (bunda GES energetik tizimda ishlaydi)
Biz ko’rib chiqayotgan variantda R=50% ga teng.
Suv oqimini gidrografdan foydalanib, sarflarni qaytarilish grafigi quriladi. buning uchun, suv oqimining sarflari katta qiymatdan kichigiga qarab (zinapoya) shaklida quriladi.
Davr (vaqt) esa xronologik ketma – ketlikda emas, balki foizlarda taqsimlanadi (qo’yiladi). Bir yildagi 12 oyni 100% deb qabul qilamiz.
Sarflarni qaytarilish grafigida, aniqlangan ta’minlanganlik foizi, ya’ni R hamda GESni hisobiy suv sarfiga mos keluvchi miqdori Qh aniqlanadi.
Qh=40m3/s.
GESning hisobiy suv sarfini, suv oqimining gidrografiga qo’ysak, grafik ikki qismga bo’linadi:
Grafikni pastki qismi GES sarfi grafigi xisoblanib, bu sarf (daryo, kanal) suv oqimi sarfidan olinib, GESni ishlatish (ehtiyoji) uchun uzatiladi;
Grafikni yuqori qismidagi sarf – bu (daryo, kanal) suv oqimida qoluvchi sarfdir.
Demak, sarflar qaytarilishi grafigini pastki qismi GES sarflari qaytarilish grafigini tashkil etadi.
GES agregatlari sonini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
qurilish ishlari hajmini qisqartirish uchun, iloji boricha agregatlar sonini eng kam miqdorida qabul qilish maqsadga muvofiq (lekin turbinalar soni 2 tadan kam bo’lmasligi kerak);
qabul qilingan ishchi turbinalar, sarflar qaytarilish grafigini iloji boricha to’liq qoplashi kerak.
Biz ko’rib chiqayotgan misolda sarflar qaytarilish grafigi uchun 2 ta turbina qabul qilamiz. Bitta turbina suv sarfi quyidagicha aniqlanadi, ya’ni:
Qt= Qh/nagr.=40/2=20m3/s.
bu yerda: Qh – hisobiy suv sarfi, nagr. – agregatlar soni
|
| |