|
Buxoro davlat universiteti talabalarining korxona, muassasa va tashkilotlarda amaliyotlarni tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida
|
bet | 1/2 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 19,31 Kb. | | #156732 |
Bog'liq Shartnoma BNPZ
Buxoro davlat universiteti talabalarining korxona, muassasa va
tashkilotlarda amaliyotlarni tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida
________ sоnli SНАRTNОМА
Buxoro sh. “ ____” ________2021 y.
Biz, quyida imzo chekuvchilar, Buxoro davlat universiteti rektori O.X. Xamidov bir tomondan va amaliyot o‘tkaziladigan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori A.A.Fazilov
ikkinchi tomondan, oliy o’quv yurti talabalarining amaliyotlarini o‘tkazish to'g'risidagi ushbu shartnomani tuzamiz va quyidagi majburiyatlarni olamiz:
1. Korxona o’z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
1.1. Ishlab chiqarish amaliyotini belgilangan reja asosida o'tkazish uchun 20 nafar talabalarga korxona faoliyati bilan tanishtirish uchun malakali mutaxassislarni berkitish.
Mutaxassislik
|
Kurs
|
Talabalar
soni
|
Amaliyot turi
|
Amaliyot
vaqti
|
O'zgarishlar
|
5140500-Kimyo
|
III
|
20
|
Tanishuv
amaliyoti
|
22.06.2021-
18.08.2021
|
|
1.2. Ishlab chiqarish amaliyot dasturini to'liq bajarish uchun talabalarga zarur sharoit yaratish, ya'ni:
1.2.1. Sex va bo'limlardagi yuqori malakali mutaxassislarni talabalar amaliyoti rahbarligiga tayinlash.
1.3. Amaliyot rejasidan tashqari va o'qilayotgan ixtisoslikka (yo'nalishga) tegishli bo'lmagan ishlarga jalb qilmaslik.
1.4. Talabalarga (keyingi o‘rinlarda amaliyotchi) yangi texnika, ilg’or texnologiya, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, brigada, sexlarda samaradorligi yuqori bo’lgan ish uslublarini o'rganish uchun sharoit yaratib berish.
1.5. Korxona jamoa tashkilotlaridagi ommaviy, tarbiyaviy, ratsionalizatorlik, ixtirochilik ishlari bilan talabalarni tanishtirish.
1.6. Talabalarning har bir ish joyida o‘z ustlarida mustaqil ishlashlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida ularni alohida xona (amaliyotchilar xonasi) bilan ta’minlash va uni jihozlashga yordamlashish.
1.7. Amaliyotchilarning to’liq ish kunini ishlab chiqarish korxonalarida o'tkazishini nazorat ostiga olish va amaliyot davomida amaliyotchilar tomonidan yoki ular ishtirokida yuz bergan tartibni buzish hollari haqida tezda universitet ma’muriyatiga xabar berish.
1.8. Amaliyot oxirida har bir amaliyotchiga tavsifnoma berish.
a) Korxona amaliyotchini amaliyot tamom bo'lgandan so'ng ishga olish majburiyatini olmaydi.
b) Korxona amaliyotchilar uchun yashash joyi va transport bilan ta'minlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Buxoro davlat universiteti talabalarining korxona, muassasa va tashkilotlarda amaliyotlarni tashkil qilish va o’tkazish to’g’risida
|