97-A rusumli tikuv mashinasi va uning asosida yaratilgan mashinalar
«Orsha» yengil mashinasozlik firmasi ishlab chiqaradigan bu mashina ip, ipak, jun va zigir tolali gazlamalarni ikki ipli bitta moki bahyaqator yuritib tikishga mo`ljallangan. Asosiy valining aylanish chastotasi 5500 ayl/min gacha, bahya uzunligi 0 dan 4 mm gacha rostlanadi. Tiqiladigan materiallarning tepki tagida qisilgan holatdagi qalinligi ko`pi bilan 4 mm dan oshmaydi. Mashinaning ishchi kulochi 260 mm. 97-A rusumli tikuv mashinasi asosida 97-V, 397-M, 697, 597-M, 997, 1197 kabi mashinalar yaratilgan va tikuvchilik sanoatida keng qo`llanilmokda.
Ipni taqish. Ustki ipni yuqoridan ip yo`naltirgich 1 ning uchta teshigidan birin-ketin o`tkaziladi, mashina tanasi buylab olib utib, ip yo`naltirgich 2 ning (30-rasm) uchta teshigiga kiritiladi, old devorning tirkishi 13 dan yuqoridan pastga tomon o`tkaziladi. Ipni old devor tirkishi 13 dan teshik 11 orqali tashqariga chiqariladi va ustki ipni taranglash rostlagichining shaybalari 10 orasidan aylantirib, ip yo`naltirgich prujina-sining ilgagi 9 ortiga yuqoridan pastga tomon olib utiladi va ip yo`nal-tiruvchi burchaklik 8 atrofida pastdan yuqoriga tomon aylantirib taqiladi.
So`ngra ipni old devor bilan halqa 3 orasidagi tirkish 12 dan o`tkaziladi-da, ip tortgich 4 ning kulachokli yuzasi orkasiga o`tkazib, halqa 3 tagidan pastga tomon chiqariladi va old devorga mahkamlangan ip yo`naltirgich 5 dan, igna yuritgich vtulkasiga kiydirilgan sim ip yo`naltirgich 6 dan o`tkazib, chapdan o`ngga tomon igna 7 ning ko`ziga taqiladi. Uzunligi 70–80 mm ip uchi qoldiriladi. Bu ostki ipni igna plastinasi teshigidan tortib olish uchun zarur.
|
|
30-rasm. 97-A rusumli tikuv mashinasiga ustki ipni taqish.
|
31-rasm. Ip tortgich mexanizmi.
|
Ostki ip 1022-M mashinasidek bajariladi. Fakat avtomatik ip uraydigan qurilmasi borligi bilan undan farq qiladi.
Igna mexanizmi. Bu mashinaning krivoship-shatunli igna mexanizmi 1022 rusumli tikuv mashinasidagi kabidir.
|