• Annotatsiya
  • Исследование в XXI веке Октября, 2023 619 inson tanasi sezgi turlari va adaptatsiya




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana08.04.2024
    Hajmi0.65 Mb.
    #191498
    TuriИсследование
    Bog'liq
    Yuldasheva Dilfuzaxon
    4,17 amaliy, Determinantlar va ularning xossalari Reja Algebra va uning rivoj, маъруза, 11111, 13- мойли экинлар кунга бокар, 1-Topshiriq, 1-Topshiriq PDF, ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти, Qattiq jismlarning mexanik xossalari, Минерал зарра курс лойихаси, Python 2-amaliy


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    619 
    INSON TANASI SEZGI TURLARI VA ADAPTATSIYA 
     
    Yuldasheva Dilfuzaxon 
    Marg'ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi 
    Jamoat salomatligi tibbiyot texnikumi 
    o'qituvchisi 
    Annotatsiya: Ushbu maqolada inson tanasi sezgi turlari va adaptatsiyasi o'rganilgan
    Kalit so'zlar: Sezgi, izolyatsiya, sub’ektiv idealist, maxsus signal, pozitiv adaptatsiya. 
    Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash 
    sezgi jarayonidan boshlanadi.
    Sezgi – ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta’sir qilib turgan narsa va hodisalarning 
    ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Materiya bizning sezgi 
    organlarimizga ta’sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi va 
    saralaydi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo’lidir. Kishi 
    tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko’pligi 
    (ortiqchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funksional buzilishlarga 
    olib kelishi mumkin. Buni tekshirib ko’rish uchun maxsus surdokameralarda ko’plab 
    tajribalar o’tkazilgan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, sinaluvchi to’la izolyatsiya holatida bir 
    necha soatdan keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to’xtalishini talab qila boshlaydilar. 
    Ularda og’riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko’proq 
    vaqt izolyatsiyada saqlansa, unda uning ongi buzilishi, turli galyuyutsinatsiyalar kuzatiladi. 
    Real paytda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. 
    Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko’plab nazariyalar mavjud. Avvalo shuni 
    ta’kidlab o’tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta’sirining natijasi deb 
    qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi.
    Sub’ektiv idealistlar (Berkli, Yum, Max) olamni sezgilarning yig’indisi sifatida talqin 
    qiladilar. Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I. Myuller, Gelmgolts) sezgi organlarining o’ziga 
    xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi ta’sirlarning 
    timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgilar organiga ta’sir qilsa, shu analizatorga 
    xos sezgi hosil bo’ladi. Bu nazariyaning to’g’riligini isbot qiluvchi ko’plab misollar bor – 
    elektr toki, bosimning ta’sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo’ladi. 
    Ammo hid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta’sir qilib, ularga xos sezgilar hosil 
    qilmaydilar. Sezgi organlari maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi 
    a’zolarining ixtisoslashishi – uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot mahsulidir. Bundan 
    shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a’zolarining o’ziga xosligi sezgilarning o’ziga 
    xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o’ziga xos tashqi olamning o’ziga xos 
    xususiyatlari natijasida shakllangan.


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    620 
    Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil 
    qiladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sir kuchini ichki nerv 
    quvvatiga (jarayoniga o’tkazadigan maxsus transformator-analizatorning pereferik qism; 2) 
    analizatorning pereferik qismini markaziy qism bilan bog’laydigan o’tkazish yo’llari. Ular 
    afferent (markazga intiluvchi, efferent (markazdan qochuvchi) va 3) markaziy, 
    pereferiyadan keluvchi signallarni qabul qilib, qayta ishlovchi qism (miya qismi). 
    Analizatorlarning pereferek bo’limida motor va hissiy qismlar uyg’unlashganligi 
    sababli ular ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchilarning ob’ektiv xususiyatlarni aynan aks ettiradi.
    Sezgilar ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining xarakteriga, qo’zg’alishni qabul qilish 
    masofasi, 
    retseptorlarinig 
    joylashgan 
    o’rinlariga 
    ko’ra 
    klassifikatsiya 
    qilinadi. 
    Retseptorlarning joylashgan o’rniga ko’ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:
    tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan va 
    tananing tashqi yuzasida retseptorlari bo’lgan sezgilar- ekstrotseptiv sezgilar; 
    tananing ichki a’zolari va to’qimalarida joylashgan va tananing ichki holatini aks 
    ettiruvchi sezgilar- interotseptiv sezgilar;
    retseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan propriotseptiv sezgilar. Ular 
    gavdamizning holati va harakatlari haqida ma’lumotlar berib turadilar. 
    Ekstrotseptiv sezgilarning o’zlari ikki guruhga – kontakt (bevosita aloqa bog’lovchi) va 
    distant sezgilarga ajratiladilar. Kontrakt sezgilarga (kontakt retseptorlar orqali sezgi hosil 
    bo’ladi) quyidagilar kiradi: ko’rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta’m bilish sezgilari. 
    Sezgilarning bu klassifikatsiyasi modallik bo’yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning 
    klassik klassifikatsyasi deb ham yuritiladi. Chunki ular Aristotel tomonidan ko’rsatib o’tilgan 
    sezgilar. Ular orasidan teri sezgisining o’zi bir qancha turlarga bo’linadi (to’qish, harorat, 
    og’riq kabi). 
    Boshqa tabiat va psixik hodisalar kabi sezgilar ham ma’lum umumiy xususiyatlar va 
    qonuniyatlarga ega. Shu jumladan ularning sifati, intensivligi (kuchi), davomiyligi 
    sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.
    Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bo’lib, uni boshqa sezgilardan farqlaydi va 
    shu sezgi doirasida o’zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisida tovushning balandligi, 
    mayinligi, zo’rligi; ko’rish sezgisining boyligi, ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi 
    va rang-barangligi materiyaning rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta’sir 
    qilayotgan qo’zg’atuvchilarning kuchi va analizatorlarning funksional holati bilan 
    belgilanadi. 
    Davomiyligi- sezgining vaqt bilan bog’liq xususiyati. U ham qo’zg’atuvchining 
    xususiyati va analizatorning funksional holati bilan bog’liq. Qo’zg’atuvchi sezgi organiga 
    ta’sir qilgandayoq sezgi hosil bo’lmaydi, balki biroz vaqt o’tadi. Bu vaqt sezgining latent 
    (yashirish) davri deyiladi. Turli sezgi organlarining javob berish tezligi, ya’ni latent vaqti 
    turlicha: taktik sezgilar uchun u 130 millisekund, og’riq uchun 370 millisekund, ta’m bilish 
    uchun 50 millisekundni tashkil qiladi.


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    621 
    Shuningdek, sezgi qo’zg’atuvchi o’z ta’sir kuchini to’xtatgan zahoti yo’qolmaydi. 
    Qo’zg’atishning asorati, ta’siri yana bir qancha vaqt davom etadi va ular keyin keluvchi 
    obrazlarni hosil qiladilar. Keyin keluvchi obrazlar ijobiy yoki aksi (negativ) bo’lishi mumkin. 
    Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik, psixologik va muhitning ta’siri ostida 
    o’zgaradi. Bu o’zgarishlar orasida adaptatsiya hodisasi alohida o’ringa ega. Adaptatsiya yoki 
    moslashuv deganda kuzatuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o’zgarishi 
    tushuniladi. Adaptatsiyaning uch turi farqlanadi:
    Kuzatuvchining davomli ta’siri natijasida sezgilarning to’la yo’qolishi. Agar sezgi 
    organiga biror qo’zg’atuvchi doimo ta’sir qilib tursa sezgi batamom yo’qolib ketish 
    tendensiyasiga ega. Masalan, teriga tegib turgan yengil yuk tez orada sezilmay qoladi (qo’l 
    soati borligini biz sezmaymiz). Bir hid bor joyda uzoq vaqt bo’lsak bu hid sezilmay qoladi. 
    Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining zaiflashishi, kamayishi (negativ 
    adaptatsiya). Agar qo’limizni muzday suvda tutib tursak teridagi sovuqni sezish 
    retseptorlarining sezgirligi kamayadi. Ko’zga kuchli yorug’lik ta’sir qilib tursa ko’zning 
    sezgirligi kamayib, ko’z shu yorug’likka moslashadi. Bu hodisa yorug’lik adaptatsiyasi 
    deyiladi.
    Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining sezgirligi oshishi. Bu pozitiv 
    adaptatsiya deb ataladi. Masalan, kinozalga kechikib kirgach bir qancha vaqt hech narsani 
    ko’ra olmaymiz. Birozdan keyin biz atrofni ko’ra boshlaymiz. Ko’zning sezgirligi oshdi. Buni 
    qorong’ulik adaptatsiyasi deyiladi. 
    Odatda negativ va pozitiv adaptatsiya bir sezgi organida bir vaqtda ro’y beradi. 
    Undagi bir guruh retseptorlarning sezgirligi oshadi, ikkinchi (qarama-qarshi) guruh 
    retseptorlarining sezgirligi kamayadi. Kinozalga kirganda qorong’ulikni ko’rishga 
    moslashgan hujayralarning (retseptor) sezgirligi kamayadi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 
    negativ va pozitiv adaptatsiya mavjudgi sababli uy haroratida bo’lgan suv qishda «issiq», 
    yozda «sovuqdek» tuyuladi. Ba’zi retseptorlaring bor yoki yo’qligi to’liq o’rganilmagan. Har 
    holda sezgi organlari butunlay yo’qolmaydi.
    Adaptatsiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz qo’zg’atuvchilar salbiy 
    ta’siridan sezgi organlarini himoya qiladi. 
    Sezgi organlarining sezgirligi faqat qo’zg’atuvchilarning ta’siri ostida o’zgarmaydi. 
    Sezgi organlarining o’zaro ta’siri natijasida ham ularning sezgirligi oshadi. Masalan, kuchsiz 
    tovush ta’siri ostida turish analizatorning sezgirligi oshadi, kuchli tovush ta’siri ostida esa 
    uning sezgirligi zaiflashadi. 
     
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
     
    1. Гройсман А.Л. Медицинская психология. M. 2001.
    2. Кабанов М.М., Личко А.Е., Смирнов В.М. Методы психологической 
    диагностики и коррекции в клинической практике. Л. 1983. 
    3. Карвасарский Б.Д. Медицинская психология. М. 1982. 

    Download 0.65 Mb.




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке Октября, 2023 619 inson tanasi sezgi turlari va adaptatsiya

    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish