• Komilov Shuxratjon Raximjon o’g’li Doktorant Isahanov Hamidulla dotsent Muradov Rustam Muradovich
  • Kalit so’zlar
  • Исследование в XXI веке Октября, 2023 426 urug’lik chigit va tuksizlantirilgan chigitlarning bir biridan asosiy




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,83 Mb.
    #146656
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    Toshpo’latov Mansurbek



    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    426 
    URUG’LIK CHIGIT VA TUKSIZLANTIRILGAN CHIGITLARNING BIR BIRIDAN ASOSIY 
    FARQLARI 
     
    Toshpo’latov Mansurbek 
    talaba,
    Komilov Shuxratjon Raximjon o’g’li 
    Doktorant 
    Isahanov Hamidulla 
    dotsent 
    Muradov Rustam Muradovich 
    professor. 
    Namangan to’qimachilik sanoat instituti 
    Annotasiya. Maqolada urug‘lik chigit tarkibidagi iflos aralashmalar, nuqsonli 
    chigitlarni ajratish sifatli urug‘lik chigit tayyorlash uchun tozalash va saralash uskunalarini 
    tozalash samaradorligini oshirish haqida qisqacha ma’lumot berilgan
    Kalit so’zlar: chigit, iflos aralashma, urug’lik chigit, tuksizlantirish, saralash. 
     Abstract. The article provides brief information on improving the efficiency of 
    cleaning and sorting equipment for the separation of impurities in seed, the separation of 
    defective seeds, and the preparation of quality seed. 
    Key words: seed, dirty mixture, seed seed, depilation, sorting. 
    Urug‘lik chigit tayyorlash «Urug‘lik paxta xom ashyosini qayta ishlash va urug‘lik chigit 
    tayyorlash texnologik reglamenti» bo‘yicha amalga oshiriladi. Reglament tukli, mexanik 
    usulda tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigitlarni tayyorlash texnologiyalariga, 
    dorilash va qoplash jarayonini qo‘shgan xolda qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. 
    Tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigit mexanik tuksizlantirish usulida 
    tayyorlanadi. Mexanik tuksizlantirish, o‘z navbatida, bir marta yoki ikki marta tuksizlantirish 
    texnologiyasi bilan amalga oshiriladi. 
    1.1-rasm. Bir bosqichli tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigit tayyorlash 
    texnologik uskunalari tizimining o‘rnatilish ketma-ketligi sxemasi 


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    427 
    1– UPS qabul qilish bunkeri; 2- ChSA agregati; 3- MChT mexanik chigit tozalagichi 
    (ChSA agregati majmuasiga kiradi); 4- siklon; 5- kalibrlagich; 6- trier;7- BNOS 
    tuksizlantirilgan chigitni yig‘ish va me’yorlab uzatib berish bunkeri; 8- chigit dorilash 
    mashinasi; 9- chigitni o’lchab qoplash apparati; 10- qop tikish mashinasi; 11- UChDM 
    urug‘lik chigit delinterlash mashinasi; 12- iflos havoni tozalash aspirasiya qurilmalari 
    1.2-rasm. Ikki bosqichli tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigit tayyorlash 
    texnologik uskunalari tizimining o‘rnatilish ketma-ketligi sxemasi 
    1– UPS qabul qilish bunkeri; 2- ChSA agregati; 3- MChT mexanik chigit tozalagichi 
    (ChSA agregati majmuasiga kiradi); 4- taqsimlovchi vintli konveyrlar; 5- siklon; 6- elevator; 
    7- kalibrlagich; 8- trier; 9- elevator; 10- BNOS tuksizlantirilgan chigitni yig‘ish va me’yorlab 
    uzatib berish bunkeri; 11- chigit dorilash mashinasi; 12- iflos havoni tozalash aspirasiya 
    qurilmalari; 13- chigitni o’lchab qoplash apparati; 14- qop tikish mashinasi; 15– yig‘uvchi 
    konveyer; 16– OS chigit tuksizlantirish mashinasi; 17- elevator; 18- 1LB kalosniksiz linteri; 
    19- yig‘uvchi vintli konveyer 
    Urug‘lik chigitni ifloslik va tashqi aralashmalardan tozalash ChSA chigit tozalash va 
    saralash agregatida, chigitning tukliligini 6-8 % gacha tushirish 5LP linterlari yordamida, 
    linterlardan o‘tkazilgan chigitlarni tozalash va saralash, maxsus saralash-tozalash 
    mashinalarida amalga oshiriladi. Tozalangan va saralangan urug‘lik chigit dorilash 
    mashinasida dorilanib, o‘lchab qadoqlash apparatida qoplanadi va qoplarning og‘zi tikilib, 
    tayyor mahsulot omboriga jo‘natiladi. 
    O‘zDSt 663:1996 bo‘yicha tuksizlantirilgan urug‘lik chigitning tukliligi 0,5 % dan, kam 
    tukli urug‘lik chigitning tukliligi 2,5 % dan oshmasligi lozim. 
    Tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigitlarni tayyorlash mavjud bo‘lgan mexanik 
    chigit tuksizlantirish sexlarida amalga oshirilishi mumkin va dastlabki chigitni iflosliklardan 
    tozalash, saralash, mexanik usulda tuksizlantirish, o‘lchamlari bo‘yicha kalibrlash, dorilash, 
    qadoqlash va qoplarga joylash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
    Chigitlar xususiyatlarining barchasi bir-biriga bevosita bog‘liq va saralash 
    samaradorligida muhim rol o‘ynaydi. Urug‘larning saralash uslubidan kelib chiqqan holda 
    ularning ishlash prinsipi turlicha va separatsiyalash ishchi organlari ham bir-biridan farq 
    qiladi: mexanik (qiya tekislik, to‘rli yuza), havo oqimlarida, suv yordamida, elektromagnit 
    yordamida va boshqalar. Mavjud urug‘ saralagichlarni batafsilroq o‘rganish va saralash 


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    428 
    usullarini takomillashtirish uchun mavjud usul va vositalarni tasniflash hamda ekishga 
    mo‘ljallangan urug‘larni farqlash va tartiblash usullari ishlab chiqilgan. 
    Ma’lumki ajratish jarayoni uch usulga bo‘linadi*5+. 
    -havo oqimi yordamida ajratish; 
    -mexanik moslamalarda ajratish; 
    -material yuzasining turli xossalari bo‘yicha ajratish. 
    Chigitli aralashmani uning aerodinamik xususiyatlari bo‘yicha ajratish havo oqimi 
    yordamida amalga oshiriladi. Bunda havo oqimi yetarlicha bir tekisda hamda o‘zgarmas 
    bo‘lishi shart. Chigitli aralashma esa oqimga bir tekisda va uzluksiz ingichka qatlamda 
    qo‘shilishi kerak bo‘ladi. 
    Tarkibida 
    chigit 
    mavjud 
    bo‘lgan 
    aralashmalarni 
    fraksiyalarga 
    ularning 
    aerodinamik(uchuvchanlik)xossalari 
    bo‘yicha 
    ajratish 
    purkovchi 
    yoki 
    so‘ruvchi 
    ventilyatorlar tomonidan hosil qilingan havo oqimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda 
    havo yetarlicha tekis va stabil holatda bo‘lishi,chigitli aralashma esa oqimga yupqa 
    qalinlikda,bir tekis va to‘htovsiz ravishda uzatilishi kerak.Amalda vertikal va og‘ma havo 
    oqimli qurilmalar qullaniladi, bunda aralashmalarni ajratish fraksiyalarning aerodinamik 
    xossalarining farqiga asosan bajariladi. Bunday oqimga yengilroq va yuqori 
    aerodinamiklikka ega bo‘lgan fraksiyali aralashma kelishi bilan gorizontal yoki vertikal havo 
    oqimi bilan tortilib, kichik aerodinamik xossalarga ega bo‘lgan fraksiyalarga nisbatan 
    uzoqroqqa uloqtiriladi.Xuddi shu prinsip so‘ruvchi tipidagi qurilmalarda ham qullanadi. 
    Aerodinamik xossalari bo‘yicha fraksiyalarga ajratish tozalangan maydonning ochiq 
    yuzasiga katta boshlang‘ich tezlikda maxsus moslama yordamida uloqtirilib,amalga 
    oshiriladi.Bunda kichik aerodinamik xossaga ega ega bo‘lgan va og‘irroq fraksiyalar kichik 
    massali yuqori aerodinamik fraksiyalarga nisbatan uzoq masofaga uloqtiriladi. 
    Aerodinamik chigit saralagichning ishlash prinsipi:chigit ta’minlagich 6 orqali 
    separasion kamera 10 ga tushadi. Natijada seksiyalarda tezligi pasaygan chigitlar o‘z 
    og‘irligi ta’sirida separasion kameraning tagiga joylashtirilgan to‘plagichlar 12 ga tushadi va 
    saralash jarayoni yuz beradi. Separasion kamerada havo tezligining kamayishi natijasida 
    jinlangan chigitlar aerodinamik xususiyatlari bo‘yicha og‘irlik kuchi ta’sirida fraksiyalarga 
    ajratish sodir bo‘ladi. 
    1.3 – rasm Paxta chigitlarini aerodinamik saralagich sxemasi. 


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    429 
    1- rama; 2- elektrodvigatel; 3- ВЦ 8-ventilyatori; 4- shkif, 5-chigit bunkeri;6- chigitni 
    bir tekisda ta’minlovchi; 7- plastinka; 8-qayishqoq elementli o‘qli regulyator ; 9- tuynuklar; 
    10- chigit fraksiyasi kamerasi, 11- yengil aralashmalar chiqib ketuvchi yo‘lak, 12-chigit 
    bunkerlari, 13- vakuum klapanlar. 
    Amaliyotda vertikal va qiya havo oqimi yordamida ajratuvchi qurilmalar qo‘llaniladi 
    *6+. Yengilroq yoki uchuvchanlik xususiyati yuqoriroq fraksiyalar havo oqimiga qo‘shilib 
    (vertikal havo oqimida) yuqoriga yo‘naladi. Kamroq uchuvchanlikka ega bo‘lgan fraksiyalar 
    kattaroq masofaga uloqtiriladi. Xuddi shu usul so‘ruvchi xavo oqimida ham qo‘llaniladi. 
    Barcha urug‘larning saralash usullari asosida ularning u yoki bu fizik, mexanik 
    xususiyatlari inobatga olinadi. Paxtaning tukli chigitlarini katta-kichikligi bo‘yicha saralash 
    *7+ to‘rli yuzalar yordamida amalga oshiriladi. Bunda holatni to‘g‘ri baholashga chigit 
    ustidagi tuk halaqit beradi va urug‘ning haqiqiy katta-kichikligini baholashga imkon 
    bermaydi. Bundan tashqari chigitlar bir-biriga birikib ketadi. Hatto ularning keskin 
    tebrantirilsa ham fraksiyalarga samarali darajada ajralmaydi. 
    Ma’lumki, chigitlarning kattaligi bo‘yicha ajratishda 3 o‘lchov asos qilib olingan 
    (koordinata bo‘yicha uzunlik, kenglik va qalinlik darajasi). Turli ko‘rinishdagi to‘rli yuzalar 
    mavjud: yassi, slindrik va jalyuzi ko‘rinishida va hokazo. Bundan tashqari urug‘larni tozalash 
    va saralashda tebranuvchi elaklar ishlatiladi. Ular ishlatilganda urug‘ massasidan mayda, 
    hom va singanlari ajratib olinadi. Iflos qo‘shimchalar ham ular bilan birga chiqib ketadi. 
    Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, chigitlarni zichlik bo‘yicha saralash eng zarur bo‘lgan 
    texnologik usul bo‘lib, bu usulda saralash paxtaning unib chiqish qobiliyatini oshiradi. 
    Zichlik ko‘rsatkichi bilan bir qatorda tadqiqotchilar solishtirma og‘irlik ko‘rsatkichini 
    qo‘llashgan. G.I.Miroshnichenkoning ta’kidlashicha *24+, I nav toza chigitlar uchun bu 
    ko‘rsatkich 1080kg/m3, II navli paxta tolali chigitining solishtirma og‘irligi 1100 kg/m3, III 
    nav uchun esa -1085 kg/m3, IV nav uchun esa 960 kg/m3 ga teng. 
    Chigitlarni aerodinamik saralagichda saralashda birinchi navbatda chigitlarning shakli 
    va o‘lchamlari katta ahamiyat kasb etadi. Tuksiz chigitlarning o‘lchamlarini aniqlash uchun 
    maxsus asbob va uslubiyat yaratilgan. 1.1.-jadvalda paxtaning ko‘p tarqalgan navlari 
    chigitlarining asosiy o‘lchamlari keltirilgan. 


    Международный научный журнал № 14(100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Октября , 2023 
    430 
    1.1.-jadval. 
    Paxtaning ko‘p tarqalgan navlari chigitining asosiy o‘lchamlari 

    Download 0,83 Mb.
      1   2




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке Октября, 2023 426 urug’lik chigit va tuksizlantirilgan chigitlarning bir biridan asosiy

    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish