• 1. Mexanizmlarning kinematikasining asosiy masalalari va ularni tekshirish metodlari.
  • Rejа: Mexanizmlarning kinematikasining asosiy masalalari va ularni tekshirish metodlari




    Download 95.46 Kb.
    bet1/2
    Sana01.06.2023
    Hajmi95.46 Kb.
    #68462
      1   2
    Bog'liq
    маъруза
    4,17 amaliy, Determinantlar va ularning xossalari Reja Algebra va uning rivoj, 11111, 13- мойли экинлар кунга бокар, 1-Topshiriq, 1-Topshiriq PDF, ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти, Qattiq jismlarning mexanik xossalari, Минерал зарра курс лойихаси, Yuldasheva Dilfuzaxon, Python 2-amaliy




    Mavzu: Mexanizmlarning kinematikasining asosiy masalalari


    Rejа:
    1. Mexanizmlarning kinematikasining asosiy masalalari va ularni tekshirish metodlari.
    2. Mexanizmlarning turli vaziyat planlari.
    Tayanch so’z va iboralar: mexanizm, mashinalar,richagli, kulachokli, tishli, friktsion, vintli, ponali, gidravlik, pnevmatik,egiluvchu zvenoli: tasmali va zanjirli, eletr mexanizmlar, erkinlik darajasi,sharli sharnir,kinematik juft, zveno, sinf,guruh.


    1. Mexanizmlarning kinematikasining asosiy masalalari va ularni tekshirish metodlari.
    Harqanday mexanizm tо‘g‘risida tо‘la ma’lumotlarga ega bо‘lish va ulardan qayerlarda foydalanish mumkinligi tо‘g‘risida xulosalar qilish uchun va uni tо‘la xarakterlash uchun shu mexanizm tarkibidagi zveno nuqtalarining chiziqli va burchak tezlik, hamda tezlanishlarining о‘zgarish qonuniyatlarini bilish kerak.
    Tekislikda harakat qiluvchi mexanizmlar kinematikasi, asosan, uch xil usul bilan о‘rganiladi. Kinematikani о‘rganishning birinchi usuli grafik kinematika bо‘lib, bunda, asosan, nuqtaning yо‘li, tezligi va tezlanishining vaqtga nisbatan о‘zgarish qonunlari grafik usulda tekshiriladi.
    Mexanizmlar kinematikasini grafik usulda о‘rganish mexanizmlarning grafik kinematikasi deb ataladi. Bu usulda, asosan, mashhur fransuz olimi Rene Dekartning (1596—1650) koordinatalar sistemasidan foydalaniladi. Grafik kinematikaning afzalligi shundaki, unda zveno nuqtalarining tezliklari va tezlanishlarining skalyar о‘zgarish qonunlari yaqqol kо‘rinib turadi, ammo ularning vektorial о‘zgarish qonunlarini grafik kinematika metodidan kо‘rib bо‘lmaydi. Bu usulning kamchiligi shundaki, yо‘l (yoki oralik) grafiklaridan tezlik va tezlanish grafiklariga о‘tishda birmuncha xatoliklarga yо‘l qо‘yilishi mumkin.
    Mexanizmlarning grafik kinematikasini о‘rganishda yо‘l grafigidan yoki oraliq grafigidan tezlik grafigini, tezlik grafigidan tangensial tezlanish grafigini hosil qilishda grafik differensiallash metodlaridan foydalaniladi.
    Mexanizmlar kinematikasini о‘rganishning ikkinchi usuli tezlik va tezlanishlar planidan foydalanishdir. Mexanizmlar kinematikasini о‘rganishning bunday usuli mexanizmlarning grafoanalitik, kinematikasi deb ataladi. Bunda, asosan, harakatlarning vektor tenglamalaridan foydalaniladi, bu tenglamalar esa, asosan, grafik usulda yechiladi. Bu usul tezliklar va tezlanishlar planidan foydalanish usuli deb ham ataladi.
    Grafoanalitik usulning afzalligi shundaki, bunda, asosan, mexanizm zvenolari nuqtalariniig tezligi va tezlanishiniig ham skalyar, ham vektorial qiymatlari mexanizmning istalgan vaziyati uchun ma’lum bо‘ladi.
    Nihoyat, mexanizmlar kinematikasini analitik usul bilan ham о‘rganish mumkin. Analitik usul juda aniq usullardan bо‘lib, uni kо‘p zvenoli mexanizmlarga tatbiq etish ancha qiyin. Shuning uchun analitik kinematika usuli kam zvenoli mexanizmlarga (krivoship-shatunli, 4 zvenoli kulisali mexanizmlar va boshqalarga) tatbiq etilsa, yaxshi natijalar beradi. Analitik usuldan katta aniklik talab etiladigan mexanizmlar uchun foydalaniladi.
    Analitik kinematikaning afzalligi shundaki, bu usulda yо‘l, tezlik va tezlanishlar (matematika tili bilan aytganda funksiyalar) bilan yetaklovchi zvenoning aylanish burchagi yoki bir marta tо‘la aylanishi uchun ketgan vaqt (argument) orasidagi bog‘lanish birgina tenglama (yoki formula) orqali ifodalanadi. Ammo analitik kinematikada, grafik va grafoanalitik kinematikadagi singari, fizik kattaliklarning skalyar hamda vektorial о‘zgarishi yaqqol kо‘rinib turmaydi. Keyingi kunlarda elektron hisoblash mashinalarining zо‘r berib rivojlantirilishi analitik kinematikadan foydalanishni osonlashtirdi.

    Download 95.46 Kb.
      1   2




    Download 95.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rejа: Mexanizmlarning kinematikasining asosiy masalalari va ularni tekshirish metodlari

    Download 95.46 Kb.