«tasdiqlayman»




Download 12.44 Kb.
Sana21.03.2017
Hajmi12.44 Kb.

«TASDIQLAYMAN»

«O'zqurilishmateriallari» AK

Boshqaruvi Raisi
__________ Ayxodjaev R.I.

« ____ » ___________ 2016 y.


XIZMAT REGLAMENTI

“O'zqurilishmateriallari” AK faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining ish

tartibi”
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur tartib fuqarolarning murojaatlari uchun “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik kompaniyasining faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomeri (keyingi o'rinlarda - “O'zqurilishmateriallari” AK faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomeri) ishini tartibga soladi.
2. “O'zqurilishmateriallari” AK faoliyati masalalari bo'yicha yagona telefon nomerining asosiy funktsiyasi “O'zqurilishmateriallari” AK faoliyati masalalari bo'yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hisoblanadi.

3. “Yagona telefon nomeri” bo'yicha fuqarolarning ariza, taklif va shikoyat ko'rinishidagi murojaatlari qabul qilinadi.

4. “Yagona telefon nomeri” bo'yicha murojaatlar ish kunlari dushanbadan jumaga qadar (bayram kunlaridan tashqari) 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.
II. “Yagona ma'lumot telefon nomeri” bo'yicha murojaatlarni qabul qilish tartibi
5. “Yagona telefon nomeri” bo'yicha tushgan murojaatlar mas'ul xodim tomonidan hisobga olinadi.

6. “Yagona telefon nomeri” bo'yicha fuqarolardan murojaatlarni qabul qilishda mas'ul xodim o'zining familiyasi, ismi va egallab turgan lavozimini aytishi lozim.

“Yagona telefon nomeri” orqali murojaat etgan fuqarolarga mas'ul xodim murojaat etish, taklif berish va shikoyat yo'llash tartibini, amalga qonun talablariga asosan atayin noto'g'ri ma'lumotni bergani uchun javobgarlikka tortilishni tushuntirishi lozim.

Bosh mutaxassis fuqarolarni yangiliklar va mazkur Tartibning 9 bandida ko'rsatilgan axborot bilan tanishtirishi lozim.


8. “Yagona telefon nomeri” orqali yo'llangan barcha murojaatlar avtomatik ravishda yozib olinadi va ikki yil muddat davomida saqlanadi.

9. “Yagona telefon nomeri” orqali murojaat etgan fuqarolar o'z familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, qaror yuboriladigan elektron pochta manzili, bog'lanish uchun telefon nomerini aytishlari, shuningdek murojaatning mazmunini tushuntirib berishlari lozim.

10. “Yagona telefon nomeri” orqali fuqarolar murojaat etganda, bosh mutaxassis murojaatni o'rganadi, nazorat varag'ini to'ldiradi va hisobot uchun Kotibiyatga topshiradi.

11. Nazorat varag'ini olgach, Kotibiyat murojaatni hujjat aylanishi tizimiga kiritadi va tegishli boshqarmaga yuboradi.

12. Fuqarolar tomonidan ushbu tartibning 9 bandida keltirilgan ma'lumotlar taqdim etilmasa, fuqarolarning murojaatlari ko'rib chiqilmaydi.
III. Fuqarolarning murojaatlarining ko'rib chiqish tartibi
13. “Yagona telefon raqami” orqali kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari arizalarga qarab, tegishli mutaxassislar va bo'linmalar rahbarlari tomonidan ko'rib chiqilishi lozim.Lozim bo'lganda, murojaatlar joyiga chiqib ko'rib chiqilishi mumkin.

Murojaatlarini ko'rib chiqishni g'ayrihuquqiy tarzda rad etish, murojaatlarni ko'rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz cho'zish, noqonuniy qarorlarni qabul qilish, fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarini oshkor etish, shuningdek qonunga zid bo'lgan boshqa buzilishlar amaldagi qonunga asosan intizomiy javobgarlik qo'llashga asos bo'lishi mumkin.

14. “Yagona telefon nomeri” bo'yicha fuqarolarning “O'zqurilishmateriallari” AK vakolati doirasiga kirmaydigan murojaatlari bo'yicha bosh mutaxassis tushuntirishlar berish va boshqa tegishli organlarga murojaat etishni tavsif qilish huquqiga ega.

15. Jinoiy ishga aloqadorlik belgilari mavjud bo'lgan murojaatlar tegishli instantsiyalarga qaror qabul qilish uchun yuboriladi.

16. Fuqrolarning ihtiyorisiz ularning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlar, davlat sirlari yoki davlat tomonidan qo'riqlanadigan boshqa maxfiy ma'lumotni, fuqarolarning haq-huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan axborotni oshkor qilish ta'qiqlanadi.

17. Boshqaruv Raisi va uning o'rinbosari rezolyutsiyalariga asosan kompaniya boshqaruv apparatining qarori bo'yicha murojaatlar joyiga chiqmasdan turib zarur hujjatlarni so'rab olish yoki joyiga chiqib ko'rib chiqilishi mumkin.

Rais (arab. - rahbar, sardor) - 1) Oʻrta Osiyo xonliklarida shariat qonunqoidalari, diniy marosimlar, urfodatlar, roʻza tutish, namoz oʻqish, xayru ehson ishlarining oʻz vaqgida aniq bajarilishini nazorat qiluvchi, otaonalarning bolalarini maktabga yuborishlarini, savdo axlining haridorlar haqiga xiyonat qilmasligi uchun tarozi va toshlarning toʻgʻri boʻlishini tekshirib turuvchi mansabdor. R.
Fuqarolarning shikoyatlariga nisbatan ko'rilgan harakati yoki harakatstzligi ustidan shikoyat boshqa instantsiyalarga yuborilishi mumkin.

18. “Yagona telefon nomeri” orqali kelgan barcha murojaatlar “O'zqurilishmateriallari” mutaxassis tomonidan hisobga olinadi.

19. Qo'shima o'rganish va tekshirishni talab etmaydigan murojaatlar ularning kelgan vaqtidan boshlab 15 kun muddat ichida ko'rib chiqiladi. Maxsus o'rganishni talab etadigan yoki qo'shimcha materiallarni yig'ish bilan bog'liq murojaatlarni ko'rib chiqish muddati bir oydan ortiq bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Fuqarlarning murojaatlarini ko'rib chiqish muddati jami ikki oydan oshib ketmasligi lozim.

20. Kelib tushgan murojaat bo'yicha xabar murojaat yuborgan fuqaroga yozma ravishda yuboriladi.

Fuqaro og'zaki ravishda xabar olishdan voz kechgan holda, hisobga olish kartochkasida tegishli yozuv qilinadi.

21. Fuqarolarning murojaatlari ustidan nazorat o'rnatish maqsadida materiallarni o'rganish bo'yicha mas'ul xodim o'zining rahbariga kelgan murojaat bo'yicha to'plangan ma'lumotlarni o'zining rahbariga taqdim etishi lozim.

Kompaniya rahbariyati tomonidan fuqarolarga javob yo'llangandan so'ng murojaatlar nazoratdan yechiladi.

22. Nazoratdan olingan murojaatlar bo'yicha barcha materiallar va hujjatlar bosh mutaxassisga saqlash uchun topshiriladi.



IV. Yakuniy qism
23. Fuqarolar belgilangan tartibda murojaatlarni ko'rib chiqish asossiz ravishda rad etlganda, yuqori turuvchi organ yoki bevosita sudga murojaat etishlari mumkin.

24. “Yagona telefon nomeri” yordamida olingan ma'lumot bilan ishlovchi xodimlar amaldagi qonunchilikka asosan maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarning xavfizligini ta'minlashga majbur. 25. Mazkur tartibning talablarini buzilishiga aybdor shaxslar amaldagi qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi.


Download 12.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


«tasdiqlayman»

Download 12.44 Kb.