• Nazorat savollar
  • Mexanizmlarning turli vaziyat planlari




    Download 95.46 Kb.
    bet2/2
    Sana01.06.2023
    Hajmi95.46 Kb.
    #68462
    1   2
    Bog'liq
    маъруза
    4,17 amaliy, Determinantlar va ularning xossalari Reja Algebra va uning rivoj, 11111, 13- мойли экинлар кунга бокар, 1-Topshiriq, 1-Topshiriq PDF, ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти, Qattiq jismlarning mexanik xossalari, Минерал зарра курс лойихаси, Yuldasheva Dilfuzaxon, Python 2-amaliy, ОПБузб
    2. Mexanizmlarning turli vaziyat planlari.
    Mexanizmlarning har xil vaziyatlarini topishdan avval, mexanizm masshtabi tо‘g‘risida tо‘xtab о‘tishga tо‘g‘ri keladi. Kо‘pincha, mexanizmlar ma’lum masshtab asosida chiziladi. Bundan maqsad, mexanizm zvenolarining uzunlik о‘lchovlari juda kichik bо‘lsa, ularni kattalashtirib, katta bо‘lsa, kichraytirib chizishdan iboratdir.
    Masalan, aviatsiya dvigatelining O1AB aksial krivoship-shatunli mexanizmi berilgan bо‘lsin.
    Bu mexanizm zvenolarining uzunlik о‘lchovlari quyidagicha:
    lOA = 95 mm = 0,095 mkrivoshipning haqiqiy uzunligi;
    lDV = 340 mm = 0,340 mshatunning haqiqiy uzunligi;
    lAS = 100 mm = 0,1 mshatun og‘irlik markaziving A nuqtadan bо‘lgan oralig‘ining haqiqiy uzunligi.

    Krivoship-shatunli mexanizm.
    Har qanday mexanizmni qog‘ozda tasvirlash ana shu masshtab asosida olib borilgani uchun ham biz masshtab haqida tо‘la tasavvurga ega bо‘lmog‘imiz lozim. Mashinasozlik chizmachiligida masshtab qо‘yish mashina va mexanizmlar nazariyasidagidek bо‘lmasa ham, lekin oqibat natijasi bir xildir.
    Mexanizm zenolarini KM masshtabda shakldagidek qilib chizamiz. Mexanizm masshtabi (KM ) quyidagi formula bilan topiladi:

    bu yerda AB - shatun uzunligining masshtab kattaligi, bu kesmani shu kesma chiziladigan qog‘oz sathiga qarab tanlaymiz. Biziing misolimizda
    AB = 68 mm, u holda mexanizm masshtabi quyidagichabо‘ladi: [ ]
    Demak, AB kesmaning (qog‘ozga chiziladigan kesmaning) har 1 mm uzunligida 0,005 m, ya’ni 5 mm haqiqiy uzunlik bor ekan. Shunday qilib, mexanizmdagi. qolgan zveno krivoshipning masshtab kattaligi, ya’ni qog‘ozga chiziladigan uzunligi quyidagicha bо‘ladi:
    Tasvirlangan shakldagi mexanizm о‘z kattaligidan besh marta kichik kilib chizilganini KM = 0,005 [ ] bilish mumkin.
    Hisoblash ishlarini mexanizmning nol (OA0V0) vaziyatidan boshlaymiz. Mexanizmning boshlang‘ich (nol) vaziyati quyidagicha topiladi:
    L = OA + AB = 0,087 м
    Shunday qilib, mexanizm krivoshipining aylanish markazi (0) dan о‘ng tomonga L= 87 mm uzunlikdagi radius bilan yoyini chizamiz. Bu yoyning polzun yо‘naltiruvchisi x-xо‘qi bilan kesishuv nuqtasini B0 orqali belgilaymiz, 0 markaz bilan V nuktani tutashtiramiz va OB0 ning yoyi bilan kesishuv nuqtasini A0orqali belgilaymiz. Shunday qilib, OAB0 aksial krivoship-shatunli mexanizmning boshlang‘ich (nol) vaziyati topiladi.
    Mexanizmning OA krivoshipining A nuqtasining trayektoriyasi radiusi krivoship OA ning uzunligiga teng bо‘lgan aylanadan iboratdir. Bu aylanani mexanizmning nol vaziyatidan boshlab teng (8, 12, 18, va hokazo) bо‘laklarga bо‘lamiz.
    Qaralayotgan aylanani krivoshipning OA0 vaziyatidan boshlab teng sakkiz bо‘lakka bо‘ldik.
    Biz mexanizmping yangi vaziyatlarini topishda uning zvenolarida hech qanday deformatsiya (yoki о‘zgarish) bо‘lmaydi, ya’ni barcha zvenolar absolyut qattiq jismdai yasalgan, deb faraz qilamiz. Mexanizmning yangi OA1B1vaziyatini hosil qilish uchun A1B1 =A0B0 shatun uzunligini radius qilib, A nuqtaning trayektoriyasi bо‘lgan aylanadagi A1 nuqtani markaz qilib olib, x-x о‘qi yо‘naltiruvchi bilan kesishguncha yoy chizamiz. Bu yoyning x-xо‘qi yо‘naltiruvchi bilan kesishuv nuqtasi polzunning B1 vaziyatini beradi. Shunday qilib, krivoship OA0vaziyatdan soat strelkasi yurgan tomoiga 45° burilib, OA1 vaziyatga kelganda (yoki krivoshipning A0nuqtasi aylana buylab A0A1 yо‘l yurganda) mexanizmning polzuni x-xо‘qi yо‘naltiruvchida B0B1 yо‘lni bosar ekan.
    Agar krivoship 0A1 vaziyatdan OA2 vaziyatga о‘tsa, u holda, polzun B1 vaziyatday B vaziyatga о‘tadi yoki A1 kuqta yana 45° ga burilib A1A2 yо‘lni о‘tganda polzun B1B2 yо‘lni bosib о‘tadi. A nuqta A2 dan A3 ga о‘tsa, polzun B2dan B3ga о‘tadi va xokazo.
    Shunday qilib, krivoshipning A nuqtasi A0 vaziyatdan A4 vaziyatga о‘tsa, ya’ni, krivoship 180° ga burilsa, polzun о‘ng tomonda eng chekka B0 vaziyatdan chap tomondagi eng chekka B4 vaziyatga о‘tib, B0B4 maksimal yо‘lni bosib о‘tgan bо‘ladi.
    Krivoshipga OA4 vaziyatdan soat strelkasi yurgan tomon aylanib, OA vaziyatga о‘tganda polzunning B4 nuqtasi yana о‘ngga qaytib, B5 vaziyatni egallaydi, krivoship OA6 vaziyatga о‘tganda polzun B5 vaziyatdan B6vaziziyatga keladi, ya’ni, polzun bu vaqtda B5B6yо‘lni о‘tadi va xokazo. Shu tariqa harakat qilib polzun B7 vaziyat orkali B8 ga, ya’ni, polzun о‘z harakatini boshlagan B0 nuqtaga keladi
    Agar polzun markazi bosib о‘tgan B0, B1 . . . , B8 nuqtalarni bir-biri bilan tutashtirsak, hosil bо‘lgan B0B4B8 tо‘g‘ri chiziq B nuqtaning trayektoriyasini beradi. A nuqta trayektoriyasi aylana, B nuqta trayektoriyasi esa tо‘g‘ri chiziq ekanligi shakldan kо‘rinib turibdi.
    Bordi-yu, AB shatundagi biror S nuqtaning krivoship bir marta tо‘la aylanganda chizgan trayektoriyasini topmoqchi bо‘lsak, u holda, AS oraliqni о‘lchab, uni A0B0,A1B1, . . . , A7B7 uzunlik vaziyatlarining A0, A1 . . . ,A7 uchlaridan boshlab qо‘yib, shatundagi S nuqtaning S0, S1 . . . , S7 vaziyatlarini belgilab olamiz. Agar shu nuqtalarni bir-biri bilan tutashtirsak, ellips
    singari yopiq egri chiziq hosil bо‘ladi. Ana shu yopiq egri chizik shatundagi S nuqtaning trayektoriyasidir.
    Shatunnnng A nuqtasi aylana, B iuqtasi tо‘g‘ri chiziq buyicha harakatlanishini, A bilan B ning biror oralig‘ida S nuqta ellips kabi yopik egri chiziq trayektoriyalarini chizishini shakldan kо‘rish qiyin emas. Shuni ham aytish kerakki, S nuqta A ga yaqinlashib borsa, uning trayektoriyasi aylanaga yaqinlashadi, S nuqta B ga yaqiilashib borgan sari, uning trayektoriyasi tо‘g‘ri chiziqqa yaqinlashib boradi.
    Mexanizmning nuqtalari har xil trayektoriyalar buyicha harakat qilishi xususiyati texnikada juda kо‘p foydalaniladi. Masalan, polzunning tо‘g‘ri chiziqli harakatidan krivoshipning aylanma harakatini yoki, aksincha, krivoshipning aylanma harakatidan polzunning tо‘g‘ri chiziqli harakatini, koromisloli tо‘rt zvenoli sharnirli mexanizmning shatunidagi nuqta trayektoriyasidan avtomat non zavodlarida xamir qorish ishlarida, aylana trayektoriya hosil qiladigan zvenolardan har xil qо‘shilmalarni aralashtirish ishlarida, yoy shaklidagi zveno nuqtasining trayektoriyasidan har xil xrapovikli uzatmalarda, tо‘g‘ri chiziqli trayektoriyalaridan tikish mashinalarida, presslash ishlarida foydalaniladi va hokazo.
    Shunday qilib, hozirgi zamon mexanizm va mashinalar nazariyasining asosiy masalalaridan biri maqsadga muvofiq trayektoriyalar chizadigan mexanizm yaratish va bu mexanizmlardan kishi qо‘li bilan bajaradigan ishlarni bajarishda foydalanishdan iboratdir.
    Nazorat savollar:

    1. Kinematik diagrammalar yordamida mexanizmlar kinematiksini tekshirish qaysi usullarda amallarda oshiriladi?

    2. Ordinatalar orttirish usuli bilan differensiallash haqida ma’lumot bering

    3. Urinmalar usuli bilan differensiallash tо‘g‘risida ma’lumot

    4. Vatarlar yordamida differensiallash usulini izohlab bering

    5. Mexanizmlar kinematikasini grafo-analitik tekshirish usulda haqida ma’lumot bering

    Download 95.46 Kb.
    1   2




    Download 95.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanizmlarning turli vaziyat planlari

    Download 95.46 Kb.