Mustaqil ishi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Omonova Gulmiraning Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati.
Tayyorladi: Omonova Gulmira
Tekshirdi: Qo‘ziyev.Sh
Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati.
Reja:
1. Garmonoidlarning kimyoviy tuzilishi va uning biologik faollik bilan uzviyligi
2. Prostaglandinlar va ularning turlari.
3. Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati. 4.Xulosa
Gormonlar – muhim strukturaga ega. Fiziologik jarayonlarning tizimli boshqarish kabi ularning yuqori spesifik, biologik faolligini ta’minlovchi turli kimyoviy tabiatli bioorganik birikmalardir. Reaksiya qiluvchi hujayradagi gormonalli reseptorning bog‘lovchi markazining tuzilishi bilan gormonning kimyoviy komplementari tuzilishi jihatdan mos kelishi tufayli va hosil bo‘lgan gormon – reseptorli kompleksni hujayraga gormonalli birikmanispesifik ta’sirlarini qo‘shishi bilan gormonlar tuzilishi amalga oshadi. Gormonlarning kimyoviy tuzilishini va xususiyatlarini tahlilqilish bir tomondan ularning biologik samarasini, biosintez va transport qilinish yo‘llari vaperiferik metabolizmlarini amalga oshish mehanizmlarini tushinish imkonini bersa,ikkinchi tomondan, ularni biologik materiallarda analitik aniqlash usullarini ishlab chiqish uchun gormonlarni o‘zini, ularni faol analoglari va antigormonlarni maqsadli sun’iy sintezlash uchun rasional asos bo‘lib hizmatqiladi.Hozirgacha barcha ma’lum bo‘lgan gormonlarni mRNK va ularning ko‘plarining genlarini tuzilishlari o‘rganildi va aniqlandi hamda ularning molekulalarini sintez qilish imkoniga ega bo‘lindi. Yaqinlargacha gormonlarni sintezlash uchun kimyoviy va mikrobiologik usullardan foydalanib kelindi. Gormonlarni sintezlashda keyingi usullardan foydalanilganida uning ayrim bosqichlarida mikroorganizmlarning fermentlari qo‘llanilgan. Keyingi yillarda gen injeneriya usullaridan foydalanilgan holda vayangi gormon ishlab chiqaruvchi bakteriya shtammlariniolish hisobiga qator gormonal birikmalarni molekulyar – biologik sintezi uchun real imkoniyatlar yuzaga keldi.Umurtqalilarning ma’lum gormonlari kimyoviy tuzilishi bo‘yicha 3 ta asosiy sinfga farqlanadi: 1) Steroidlar; 2) aminokislotalarning hosilalari; 3)oqsilli–peptidli birikmalar. 12 rasmda ko‘rsatilganidek, ushbu sinflarning har biri oilalarga bo‘linadi, ular esa guruhlarga bo‘linadi.Gormonlarni sinflarga, oilalarga, va guruhlarga birikishi ularning kimyoviy strukturasining turli darajadagi umumiyligiga asoslangan. Demak, evolyusion rivojlanish yo‘lining umumiyligi, fizik– kimyoviy va biologik xususiyatlarining hamda biosintez va katabolizmlarining yaqinligi hisobga olingan. Shuni ta’kidlash zarurki, umurtqasizlarda yuqoridaqayd qilingan gormonlar sinflari bilan bir qatorda to‘yinmagan yog‘ kislotalar efiri, purinlarni hosilalari hisoblanuvchigormonlar hambor.Turli gormonlarning vaularning analoglari molekulalarini tuzilishini o‘rganishshuni ko‘rsatdiki, ya’ni ularning strukturasidagi kabi boshqa biologik faol birikmalarning strukturasida ham u yoki bu darajadagi turli funksional ahamiyatga ega ayrim fragmentlarni aniqlash imkoniga ega bo‘lindi. Xekteri va Braun (1971), G.S.Chipens (1972) va Yu.A.Pankov (1976) lar bo‘yicha ular miyoridanortiq yirik peptidlilarda emas, balki etarlicha yirik, gormonlar molekulalarida aniq ko‘rinadi. Holbuki, gormonal molekulalarda idealholatda quyidagilarni ajratish mumkin: manzilli fragmentlar (gaptomerlar, yoki rekognonlar) –spesifik ta’sir joyiniizlanishini ta’minlovchi, lekin o‘zlari hech qanday biologik samara hosil qilmaydi; aktonlar (effektomerlar, ergomerlar) –reaksiya qiluvchi hujayralarda gormonal samarani qo‘shilishida bevosita ishtirok etuvchi, lekin reseptorlar bilanspesifik yomon bog‘lanuvchi fragmentlar; yordamchi (qo‘shimcha) fragmentlar, ya’ni ushbu gormonal samarani amalga oshirilishida to‘g‘ridan –to‘g‘rita’sir ko‘rsatmaydi, lekingormonning stabilligini o‘zgartiradi, uning faolligini boshqarib, immunologik xususiyatlarini namoyon qiladi.Ushbu funksional qismlardan har bir gormal molekulaning bir joyidajamlanishi shart emas; funksional fragmentlarni kompentlari keng ko‘lamda alohida-alohida joylashgan bo‘ladi, funksiyasi bo‘yicha turlicha bo‘lgan fragmentlar bir –birini o‘rnini to‘ldirishi mumkin.Manzilli lokuslarning farq qiluvchi belgilaridan gormonning butun molekulasini ma’lum reseptorlari bilan birikishi uchun fiziologik konsentrasiyalarda raqobat(konkurensiya) olib borish qobiliyatiga egaligi va har qanday konsentrasiyalarda gormonal samara hosil qilish uchun kurash olib borolmaslik qobiliyati.Shu bilan birga, aktonlarreaksiya qiluvchi hujayralar bilan birikish uchun gormonlarning yaxlit molekulasi bilan fiziologik konsentrasiyalarda amalda qarshilik ko‘rsatmaydilar, lekin juda yuqori fiziologik konsentrasiyalarda spesifik gormonal samaralar chiqarishi mumkin. Shunday ekan, gaptomerlarni aktonlarda mavjud bo‘lgan gormonal signallarnimaxsus vektorli kuchaytiruvchilar deb qarash mumkin. Ammo, ko‘pchilik ma’lum holatlarda gormonlar molekulasida mavjud aktonlar o‘z navbatida gaptomerlarni hujayralar reseptorlari bilan bog‘lanishini tezlashtiradi. Natijada gormonlar molekulasining biologik faolligi bevosita gormon-reseptorli bog‘lanishning tezligiga bog‘liqbo‘lib qoladi, bu esa manzilli va aktonli lokuslarning o‘zaro ta’siri hamda ularning ayrim yordamchi fragmentlari bilan o‘zaro munosabati ttufaylita’minlanadi Agar gormon molekulasi haqiqatan ham bir necha shakldagi biologik faolliklarni olib yursa, albatta uning tarkibida bir necha aktonlar, manzilli va yordamchi fragmentlar saqlanishi mumkin (13, 4 - rasmga qarang). Shuni qayd qilish zarurki, har bir tipdagi o‘zaro bog‘langan funksionalli fragmentlarning faolligi faqatginauning birlamchi tuzilishiga bog‘liq bo‘lmasdan balki uning konformasiyasigaham bog‘liqdir. Aynan qa’tiy, aniq uch o‘lchamli sterik strukturali gormonlar molekulalarining o‘zaro munosabatdagi funksionalli fragmentlari ohir-oqibatda gormonlarni reseptorlar bilan bog‘lanishini kuchini va samarasini aniqlaydi. Bunday vaziyatga gormonal molekulalarni strukturasini kimyoviy modifikasiyalash yo‘libilan erishish mumkin, qachonki gormonlarni hosilalari o‘zlarining aktonlik xususiyatlarini yo‘qotib, u yokibu darajada reseptorlar bilan bog‘lanishga erishadilar. BBunda modifikasiyalangan birikmalar gormonal samaralarni to‘xtatish bilan,nativli gormonlar bilan reseptorlarga bog‘lanish uchun qayta raqobatqilishi mumkin. Juda ko‘plab raqobat tipidagi tabiiy va sintetik antigormonlarning (gormonal antogonislar) ta’siri anashu tamoyilgaasoslangan.
Gormonlarning kimyoviy strukturasining qiyosiy –biologik tahlil qilish tufayli, steroidli va aminokislotali gormonlar yerda bundan 500 mln. yil ilgari yuzaga kelgan umurtqalihayvonlarning filogenezida yetarlicha konservativdirlar. Bundan tashqari, yuqoridagi yokiunga o‘xshash bo‘lgan strukturalar umurtqasiz hayvonlarda, hatto bir hujayraliorganizmlarda ham uchrashi mumkin. Bu bizning nazarimizdaularning strukturaviy o‘zgarishlari imkoniyatini chegaralovchi mikromolekulyar gormonlarning strukturasidagi tuzilishning oddiyligidir. Aynan bu holatda birikmalarning strukturasi emas, balki ularning funksiyasi evolyusiyalangan deb tahmin qilish mumkin. Gormonlar molekulalarining funksional tuzilishining tashkil bo‘lish chizmasi. A-“akton”,B-“gaptomer”, N-yordamchi fragmentlar: 1-fragmentlarning alohida joylanishi, 2-B fragment A fragmentni ikki sub fragmentga bo‘ladi, 3-A va B fragmentlar qo‘shilishib ketadi, 4- molekula o‘zida ikkita o‘zaro mos holda A1, B1, N1va A2, B2, N2diologik faolliklarni olib yuradi.
Turli taksanomik guruhlardagi peptidli gormonlarning tuzilishi ancha jiddiy darajada o‘zgaruvchan vaushbu gormonlarning tuzilishi qanchalik murakkabbo‘lsa, filogenezda shuncha ko‘p miqdordagi strukturaviy variasiyalar yuyuzagakelad Polipeptidli gormonlar molekulalarini aktonli fragmentlari evolyusion jihatdan bir muncha chidamliroq, manzilli fragmentlar – unchalik konservativ emas, yordamchi fragmentlar esa juda o‘zgaruvchan ekanlar. (Yu. A. Pankov, 1980). Bizning nazarimizda gormonlarning strukturaviy va funksiyalarijihatidan evolyusion o‘zgarishga oqsil-peptidli gormonlar uchragan.Ko‘pchilik hollarda ayrim mustasnolar bilan yuqori darajadagi umurtqalilarning gomologik gormonlari, quyiumurtqalilarda fiziologik samaralar yuzaga keltirishga qodirdir. Teskari holat juda kakamkuzatilad Gormonlarning kimyoviy strukturasi faqatgina uning xarakterini vaspesifik ta’sir joyini aniqlamasdan, balki uni organizmda qolish muddatinidavomiyligini demak, ta’sir ko‘rsatish muddatini ham aniqlaydi. Bu holat gormonni hujayra va qon plazmasi oqsillari bilan ushlanib qolish darajasiga, uning kimyoviy o‘zgarish darajalarigabog‘liqdir.
|