• Endokrin funksiyalarning fiziologik strukturasi-tuzilishi
  • Endokrin funksiyalarning fiziologik jihatdan tashkil etilish chizmasi.
  • Mustaqil ishi mavzu: Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati. Tayyorladi: Omonova Gulmira Tekshirdi: Qo‘ziyev. Sh Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati. Reja




    Download 42,74 Kb.
    bet5/7
    Sana19.11.2023
    Hajmi42,74 Kb.
    #101259
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Mustaqil ishi-fayllar.org
    1. furye qonuni issiqlik o’tkazuvchanlikning asosiy qonuni Furye, 11 Gerbachevskiy shveslandr, Elon, Manaviyat, #Pedagogika fanining asosiy tushunchalarini ko‘rsating-fayllar.org, Дастурлеу 2-амелый
    Triptofanning hosilasi melatonin–epifiz va qator periferik organlarninggormonoididir.
    Strukturasi bo‘yicha melatonin –bu N-asetil -5- metoksitriptamandir. (Lerner hammual. ,1968).
    Serotonin (5-oksitriptamin) Melatonin (N-asetil-5-metositriptamin)

    Triptofanning hosilalari


    Bu gormonning asosiy funksiyasi qoplovchi to‘qimalarni rangsizlanishigaolib keluvchi melanoforlar yadrolari atrofidagi melaninlarning kondensillanishidir. Melatoninning roli quyi darajadagi umurtqalilarda pigmentlar almashinuviningboshqarilishida

    yaxshigina namoyon bo‘ladi. Melatonin pigmentlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, ma’lum konsentrasiyalarda turli turdagi umurtqalilarda antigonadatropli samara chaqirsa, yana gipofizning boshqa funksiyalarini ham tormozlash qobiliyatiga ega. U sedativ ta’sirhamko‘rsatadi.

    Epifizda melatonindan tashqari,strukturasi bo‘yicha melatoninga yaqin va biosintez jarayonida uning eng yaqin o‘tmishdoshlaridan biri boshqabir biologik faol, lekin triptofanning gormonal bo‘lmagan hosilasi –serotonin hosil bo‘ladi va jamlanadi. Yuqoridagiga asosan melatoninni triptofanni, aniqrog‘i triptaminning hosilasi deb emas, balki serotoninning hosilasi deb qarash mumkin. Demak, serotoninning faolligidan farq qiluvchi melatoninning spesifik, biologik faolligini namoyon qilishi uchun indolli halqadagi 5-oksi guruhning metillanishi va gormon molekulasidagi yon zanjirida asetil guruhini bo‘lishi juda muhimdir. Bu paytda N-asetil guruhi eng avvalo serotoninni biologik faolligini yo‘qotishuchun muhim bo‘lsakerak.

    Endokrin funksiyalarning fiziologik strukturasi-tuzilishi Har bir endokrinli funksiyaning (kortikosteroidli, tireoidli, gonadalli, somatotropli va boshq.) asosida bezlarga mos maxsusgormonlarning hosil bo‘lishiyotadi. Lekin, gormonlarning biosintezi va sekresiyasi endokrinli funksiya tushunchasining mazmun,mohiyatini yo‘qotmaydi.


    Endokrin funksiyalarning fiziologik jihatdan tashkil etilish chizmasi.
    Har bir endokrinli funksiya – dinamik, murakkab tashkil bo‘lgan tizim hisoblanib, qator o‘zaro uzviy va o‘zaro nozik muvozanatlashgan komponentlardan tashkil topgan (tizimosti). Har bir endokrinli funksiyaning fiziologik jihatdan strukturasi quyidagilarni o‘ziga qamrab olgan: 1) bezda gormonlarning (yoki progormonlar) sintezi va sekresiyasi; 2) bezlar funksiyalarini maxsus va o‘zini–o‘zi boshqarish jarayonlari; 3) sekresiya qilinayotgan gormonlarning qongamaxsus transport qilinishi; 4) gormonlar metabolizmining maxsus fermentlarini periferiyaga hamda ularning ekskresiya qilinishi; 5) gormonlarning javob beruvchi (reaksiya qiluvchi) to‘qimalar bilan maxsus o‘zaro ta’sir qilishi. Barcha,yuqoridagi komponentlarni birlashishi maxsus gormonalli signalni yuzaga kelish, uzatilish, qabul qilish, tezlashtirish, amalga oshirish va tamom bo‘lish kabi cheklovlarni ta’minlovchi o‘zaro mos holdagi endokrinli funksiyalarni tashkil etadi. Ushbu funksional tizimning har qanday bir zvenosida yuzaga keluvchio‘zgarish, tizimni yaxlitligicha ishini o‘zgartiradi (V.V.Menshikov, 1970). Turli endokrinli funksiyalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, har qanday zvenosi darajasida amalga oshirilishi mumkin.

    1. Har bir endokrin funksiyaning markaziy zvenosi bo‘lib, gormonlar biosintezi (biogenezi) bajariladiganunga xos bo‘lgan endokrin bez hisoblanadi.Gormonning spesifik strukturasi shakllanadi va sintezlangan gormonni qonga sekresiyasi amalgaoshiriladi.

    2. Har qanday boshqaruvchi apparat singari endokrinli bezlar organizmning ichki va tashqi muhit o‘zgarishlariga o‘zining funksional o‘zgartirishi bilan javob berish orqali, juda sezuvchanlik bilan reaksiya qiladi. Spontan ravishdaayrim bazal miqdordagi gormonlarni qonga sintez va sekresiya qilib, bezlar maxsus tashqi stimullarga javob tarzida o‘z funksiyasinitezlashtirib (giperfunksiya, gormonlarni gipersekresiyasi) yoki uni susaytirib (gipofunksiya, gormonlarni giposekresiyasi)reaksiya qiladi. Bezlarning holatini o‘zgarishi har bir bezga hos bo‘lgan maxsus boshqarish vao‘z-o‘zini boshqarish mehanizmlari yordamida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda bezlar funksiyasinito‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish gipotalamus-gipofiz tizimi bilan bajariladi. Holbuki, masalan, kortikosteroidlar biosintezi va ularning sekresiyasi spesifik ravishda gipofizning AKTG gormoni bilan nazorat qilinadi va uning sekresiyasi gipotalamusning kortikoliberinlarining nazorati ostida bo‘ladi. Boshqarishninghuddi shunday tizimi gonadlar(lyuliberin va folliberin LG va FSG –jinsiy gormonlar) qalqonsimon (tiroliberin –TTG –tireoid gormonlar) kabi bezlarda ham mavjud. Boshqa hollarda bezlarning bevosita spesifik stimullanilishi ham gormonlar yordamida bajariladi, y’ani buyrakusti bezidan aldosteronning biosintezi va sekresiya qilinishi, angiotenzin gormoni bilan me’daosti bezidan insulinni sekresiyasi esa – glyukagon maxsus stimullanadi. Bu vaqtda bezlarning funksiyalarialbatta gormonlar yordamida maxsus boshqarilmasligi ham mumkin. Ko‘pchilik
    holatlarda neyromediatorlarglyukoza, aminokislotalar, ionlar kabi turli gormonal bo‘lmagan metabolitlarni endokrin funksiyalari uchun boshqaruvchistimullar bo‘lishimumkin.

    M.M.Zavadovskiyning (1941)aniqlashicha, ichki sekresiya bezlariningbevosita boshqarilish omillari bilan birga, ularning o‘z- o‘zini boshqarishmehanizmlari muhim rol o‘ynaydi. Boshqaruvchi stimul o‘zaro mos holda bezlarningfunksiyalarini modullashtirib, ularning qongasekresiya qilinuvchi gormonlarni darajalarini nazorat qiladi, ya’ni ularning o‘zgarishi o‘z navbatida yuboriladigan stimullar tezligiga boshqaruvchanlik ta’sirko‘rsatadi. Shunday qilib, qayta bog‘lanish mehanizmi amalga oshiriladi. Ayrim hollarda funksional tizimnio‘z-o‘zidan faollashuvini ta’minlab-ijobiy bo‘lsa, boshqa hollarda uning holatini mutadillashishini ta’min etib-salbiybo‘ladi.

    3. Qonga tushgan gormonlar, u bilan to‘qima va organlarga transport qilinadi.Bu paytda faqatgina gormonning uncha katta bo‘lmagan qismi erkin holda suvningeritmasi shaklida aylanadi. Kattagina qismi esa qon tarkibida plazma oqsillari vashaklli elementlar bilan qayta tiklanish qobiliyatiga ega bo‘lgan komplekslar shaklida bo‘ladi.Bunday komplekslarni tashkil qiluvchi komponentlari bir-biri bilan nekovalentli bog‘lar bilan bog‘langan. U yoki bu gormonlarni maxsus biriktirib oluvchi plazmaning transport oqsillari muhim ahamiyatga ega. Maxsus biriktirib transport qiladigan oqsillarga-transkortin, tanlab biriktirib oluvchi-kortikosteroidlar vaprogestinlar, tireoid gormonlar bilan kompleks hosil qiluvchi-tiroksin biriktiruvchi globulin vahakoza.

    Ushbu oqsillar bilan komplekslar hosil qilgangormonlar qon yo‘llarida jamlanadi va shu bilan vaqtinchalik biologik ta’sir ko‘rsatish va metabolik o‘zgarishlar doirasidan chiqadi. Bizning nazarimizda, gormonlarning plazmaning maxsus oqsillari bilan komplekslar hosil qilishi–gormonlar konsentrasiyasidaog‘ishlarni buferlanish va qon oqishda ularning zahiralarini hosil bo‘lishmehanizmidir.

    4. Qonning transport oqsillari bilan birikmagan gormonlar hujayralar va to‘qimalarga kirish imkoniga ega bo‘ladi. To‘qimalardaparallel ravishda ikkijarayon kechadi:gormonal samaralarning amalga oshishi va gormonlarning metabolik inaktivasiyasi-katabolizmi. Metabolik inaktivasiya jarayoni jigarda, ingichka ichaklardava buyraklarda juda jadal kechadi va gormonal gomeostazni ta’min etishda muhim ahamiyatgaega. Agar gormonlarning sekresiya tezligini jiddiy darajada to‘qimalargakelayotgan miqdori aniqlasa, katabolizm va ekskresiya qilinish tezligini esa uni organizmdan chiqarilishi aniqlaydi. Shunday qilib, gormonal katabolizm periferik to‘qimalardagi fermentlar tizimi har bir gormonlar guruhi uchun gormonal katabolizmni amalga oshirib, organizmdagi gormonlar faolligini boshqarishningmuhim mehanizmi hisoblanadi,ikkinchi tomondan maxsus katabolik jarayonlar, qondagi faol gormonlar konsentrasiyasiga bevosita ta’sirko‘rsatib teskari bog‘lanish mehanizmi orqali bezlardan uning ajralish tezligini nazorat qiladi. Periferiyada gormonlarni metabolik o‘zgarishi ayrim hollarda ularni faqatginainaktivasiyaga uchratmasdan, balki uni faollashtiradi ham. Bunday hollarda gormonlar metabolizmini, gormonlar faollashuvini to‘qimali o‘z-o‘zidan boshqarilish shaklideb baholash mumkin.
    Gormonlar katabolizmi organizmda ularning faol shakllarini saqlanishigava qonda erkin hamda oqsillar bilan birikkan gormonlar nisbatinio‘zgartirish yo‘li bilan ta’sir qiladi. Katabolizmni tezlashishi qondagi erkin va birikkan gormonlar orasida o‘rnatilgandinamik muvozanatni avtomatik ravishda erkin shakldagi gormonlarni ortishiga olib keladi va natijada ularni to‘qimalargakiradigan miqdorini ko‘paytiradi. Katabolizmni tezlashishini uzoq muddat davom etishi, maxsus transport oqsillarini biosintezini to‘xtatishi mumkin va qondagi gormonlarni erkin holdagi biologik faol shakllari miqdorini ko‘paytiradi.

    5.Gormonlarning murakkab dinamikasining ohirgibiologik mohiyati maxsus boshqaruvchilik samarasini amalga oshishiga olib keluvchi reaktiv to‘qimalarbilan uning o‘zaro maxsus ta’sir ko‘rsatishidir. Shu sababli ushbu jarayon endokrin funksiyalarni, uning hujayrali taqdimqilinayotgan fiziologik tuzilishining muhim komponentidir. Holbuki, periferiyadagi gormonlar ta’siriga reaksiya qiluvchi barcha organ va to‘qimalarni to‘lig‘icha endokrinli tizimlar tarkibiga kiritish mumkin emas. Shu bilan birga gormonlarni sezuvchan vanishon to‘qimalarning hujayralarida ma’lum organlarni taniy oladigan maxsus apparatlar bor. Muhim hujayra oqsillaridan tashkil topgan bu apparat gormonal sitoreseptorlar deb nomlanadi.Nishon organlarda kortikosteroidlar, jinsiy, tireoid, insulinli, glyu kagon, AKTG vaboshqa gormonlarni alohida spesifik sitoreseptorlari mavjud. Bu gormonlarning reseptorlari har bir endokrinfunksiyaning– kortikosteroidli, gonadli, tireoidli, insulinli, glyukagonli to‘qima komponentlari hisoblanadi. Reseptorlarning funksional, strukturaviy tashkiletilganligi va konsentrasiyasidan ushbu gormonga to‘qimalar reaksiyasining xususiyatlari va darajasi imkoniyatlarima’lum darajada bog‘liqbo‘ladi.

    Shunday qilib, har bir endokrinli funksiya, gormonalli signalni kuchi vaspesifikasining hamda hujayralar va to‘qimalarning ushbu gormonga sezuvchanligini aniqlovchi turli darajadagi ko‘p komponentli o‘zaro uzviy bo‘lgan jarayonlarningdinamik tizimi bilan taqdim etiladi. Funksiyalarning har bir darajasida signallarning spesifikligi mutloq emas, balki u yoki bu darajada nisbiydir. Shu bois, endokrinli tizim– faqatginaichki sekresiya bezlari emas, balki endokrinli funksiyalar tizimidir.
    Turli endokrinli funksiyalarning fiziologik tashkillanish mehanizmlariningkomponentlarini tahlil qilish hozirgi zamon nazariy endokrinologiyasining bosh vazifalaridan birini tashkil etadi.
    Hozirgi zamon endokrinologiyasining boshqamuhim jihatlaridan bo‘lib, organizmning hayotiy faoliyatjarayonlarini boshqarishdagi turli endokrinli funksiyalarni o‘zaro uzviyligini tadqiq qilish hisoblanadi. Bu muammoni hal etish juda murakkab masaladir,chunki, endokrin funksiyalarningo‘zaro ta’siri turli darajadagi ko‘plab dinamik xarakterga ega bo‘lgan tashqi va ichki shart-sharoitlargabog‘liqdir.
    Prostaglandinlar

    Bular xujayralarda ishlanib chikadigan gormonoidlar ichida


    eng yukori biologik aktivlikka ega bulgan moddalardir. Ular
    kup kushbog tutuvchi tuyinmagan yog kislotalarning uzgarishidan
    xosil buladi. Prostaglandinlar molekulasi asosini yon zanjirlarga ega bulgan siklopentan xalkasi tashkil kiladi. Undagi uglerod atomlarining soni 20 ta.Prostaglandinlar (PG) besh a’zoli xalkasining strukturasiga sarab 4 gruppaga: L, B, Ye va F (PGA, PGB, PGE, PGF) gg bulinadi. Ular metilli va karboksilli yon zanjirdagi kushboglar sonpga karab xar bir gruppaning maxsus vakillariga bulinadi. Masalan, PGAЬ PGA2 va xokazo, ulardagi sonlar ayni PG dagi kushboglar sonini kursatadi. Kuyida prostaglandinlarning xar bir gruppasiga aloxida misol keltirilgan:

    1. Ye gruppa prostaglandinlar (PGE):

    2. A gruppa prostaglandinlar (PGA):

    3. F gruppa prostaglandinlar (P GF ):


    4. B gruppa prostaglandinlar (PGB):

    Prostaglandinlar (PG) ning organ va tukimalardagi biosintezi mikrosomalarda maxsus fermentlar sistemasi — prostaglandinsintetazalar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu fermentlarning keng tarkalgan dastalabki substrati araxinat kislotadir, u membranalardagi fosfolipidlar tarkibida doim uchraydi.PG ayniksa sut emizuvchilarning (jumladan, odamning) urug suyukligida juda kup buladi. Masalan, odamning urug suyukligida urtacha 213—240 mkg/ml bulib, uning mikdori yoshiga, salomatlik darajasiga karab uzgarib turadi. K,uyning urug suyukligida 50 mkg/ml; ot, it va suyonda —0,5 mkg/ml dan kam buladi.PG kurukda yashovchi xayvonlar va odam miyasining tukimasida, oshkozon va ichagining shillik kavatida, talogi , jigari, buyragi, oshkozon osti bezida, muskullarida va boshsa organ xamda tukimalarida juda oz mikdorda uchrashi aniklangan. Lekin ularning umumiy mikdori organizmda juda oz buladi. Izlanishlar natijasida 60 - yillarga kelib, dengiz xayvonlari orasida konsentrator organizmlar borligi aniklandi. Masalan, dengizda yashovchi Plexaure homomella da PG mikdori kuruk massasining 2,6 % ga tugri keladi. xozirgi vaktda PG yoki ular singari aktivlikka ega bulgan moddalar ayrim usimliklarda xam bulishi aniklangan (masalan, piyozda). Sut emizuvchi xayvonlarning barcha organ va tukimalarida PG bulishi ular moddalar almashinuvi prosyesslarida aktiv ishtirok etishini kursatmokda. PG uglevodlar, lipidlar almashinuvida bevosita ishtirok

    etadi. Masalan, PGE1 glyukoza oksidlanish uchun aktivlanishida, uning kondagi mikdori uzgarishida axamiyatga ega ekanligi tajriba yuli bilan tasdiklangan. Oz mikdordagi PGE1 kondagi yog kislotalar va gliserin konsentrasiyasini oshiradi, lekin kup mikdori, aksincha ta’sir etadi. Shuningdek, ular ta’sirida kondagi mineral moddalar mikdori uzgarishi, glyutation va askorbat kislota muxim organlar buyicha kayta taksimlanishida ishtirok etishi tasdiklanadi PG nerv sistemasi faoliyat kursatishida, masalan, tana tempyeraturasini boshkarishda, ogrikni sezishda, ishtaxani boshkarishda ishtirok etishi aniklangan (masalan, kuchli ogrik vaktida konda, ogrik paydo bulgan organ yoki tukimalarda PG mikdori ortib ketishi aniklangan). Ularning eng muxim funksiyalaridan biri — sAMF bilan uzviy borlanishda bulib, ular bilan birgalikda juda kup gormonlar va fermentlarning aktivligi boshkarilishida aloxida axamiyatga ega. Prostaglandinlar moddalar almashinuvida muxim axamiyatga ega ekanligi aniklangandan keyin, ulardan xar xil dori-darmon tayyorlashda foydalanilmokda.




    Download 42,74 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 42,74 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi mavzu: Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati. Tayyorladi: Omonova Gulmira Tekshirdi: Qo‘ziyev. Sh Garmonoidlar. Prostaglandinlar va ularning biologik ahamiyati. Reja

    Download 42,74 Kb.