Qimmatli qog’ozlar bozorini
muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi
Bosh direktori B.Ataxanov
“TASDIQLAYMAN”
2015-yil 29-yanvar
QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORINI MUOVIQLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH MARKAZINING FAOLIYATI BO’YICHA YAGONA TELFON TARMOG’IGA KELADIGAN MUROJATLARNI KO’RIB CHIQISH BO’YICHA
“ISH TARTIBI”
Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazining ish foaliyati bo’yicha yagona telefon tarmog’i orqali kelib tushgan murojaatlarning ko’rib chiqishning mazkur “Ish tartibi”yagona telefon tarmog’i oraqali kelib tushgan murojaatlarning qabuli, ro’yxatdan o’tkazilishi va ko’rib chiqilishi tartibi.
I.Umumiy qoidalar
1.Yagona telefon tarmog’I Markazi faoliyati haqida ma’lumot olish va almashish vositasi hisoblanadi.
2.Ish tartibida foydalaniladigan tushinchlarning asoslari:
-“ Markazning faoliyati bo’yicha savollar uchun Yagona telefon tarmog’I”- Yuridik va jismoniy shaxslardan telefon murojaatlarini qabul qiluvchi texnik vositalar kompleksi. “ Markazning faoliyati bo’yicha savollar uchun Yagona telefon tarmog’I” (bundan keyin Yagona tarmoq) kanali orqali kelib tushgan.
- Yagona telifon tarmog’ining texnik taminoti- “ Markazning faoliyati bo’yicha savollar uchun Yagona tarmoq”ni o’rnatish va tamirlash bo’yicha.
-Operator- Markazning Yagona tarmoq orqali kelib tushadigan murojaatlarni birlamchi ko’rib chiqish uchun ma’sul hodimi.
-Murojaat qilvuchi- Yagona tarmoq orqali murojaat qiluvchi shaxs.
-Yagona telefon tarmoq orqali kelgan murojaat- Ko’rib chiqiladigan savollar bo’yicha murojaat qiluvchidan Markazga kelib tushgan ma’umot.
II. Yagona telefon tarmog’ini ishlashini taminlash zarur ishchi kuchi va pul mablag’lari
3. Yagona telefon tarmoqni ishlash taminotini Markazning ma’sul hodimi amalga oshiradi. Unga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan:
- Yagona tarmoqni tashkillashtirish va tizimlashtirish;
-Yagona tarmoqga kiruvchi qo’ng’iroqlar va murojaatlarni qabul qilish, analiz qilish va hujjatlashtirish;
Qo’ng’iroqlar va murojaatlarning Yagona tarmoqi;
-Yagona tarmoqga keluvchi murojaatlarning birlamchi ko’rib chiqish;
-Murojaatlarni matn va Markazning Bosh direktoriga bildirishnoma shaklida qayta ishlab,ko’rsatadi (yoki vaqtincha vazifa bajaruvchisiga)
4.Yagona tarmoq Markazning Bosh direktorining qabulxonasiga belgilangan tartibda o’rnatiladi.
5.Yagona tarmoq telefon raqami Markazning rasmiy veb-sayti (www.csm.gov.uz) ga joylashtiriladi.
III. Yagona tarmoq orqali kelgan murojaatlarni qabuli, murojaatlarni hujjatlashtiriluvi va tegishli boshqarmalarga jo’natiluvi.
6. Yagona tarmoqga keladigan murojaatlarni qabul qilish (+99871) 2320731 telefon raqami orqali amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona tarmoq orqali murojaatlarni qabul qilish masul hodim tomonidan dushanbadan jumagacha soat 9:30 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.
7. Yagona tarmoq orqai kelib tushgan qo’ng’iroq va murojaatalarning qabuli, tahlili, hujjatlashtirilishi, ularni matn shaklida qayta ishlab chiqilishi operator tomonidan har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) amalga oshiriladi. Ko’rsatilgan ma’lumotlar e’lon qilingandan keyin, ish kuni davomida kelib tushgan qo’ng’iroqlarga operator murojaat qiluvchi bilan to’g’ridan to’gri suhbatga kirishadi. Operator murojaat qiluvchiga o’zini tanishtiradi. So’ngra u murojaatning mazmunini diqqat bilan tinglaydi. Yagona tarmoq orqali murojaat qiluvchi bilan suhbat odatda murojaat qiluvchining so’rovlari va operatorning anig’lashtiruvchi savollari erkin usulda berilishidan tashkil topigan bo’ladi. Agar murojaat qiluvchi savolning mazmunini aniq yetkazib berolmasa- Operator murojaatning mohiyatini inobatga olib, murojaat qiluvchidan taktik shakilda so’rovnoma qiladi.
8. Masul shaxs telefon qo’ng’iroqlariga javob berayotib:
- Familya, ism, sharfi, lavozimini aytishi;
-Murojaat qiluvchidan savolning mazmunini yozma yoki elektron shakl orqali jo’natishini so’rash;
- fuqaroning murojaati Markaz faoliyati bilan bog’liq bo’magan holatda, murojaat qiluvchiga uning murojaat bo’yicha aynan qayerga murojaat qilishligi kerakligini tushintirish.
9. Yagona tarmoq orqali tushgan murojaatlar quyidagi rekvizitlar ko’rsatiladigan jurnalga ro’yxatdan o’tqazilishi kerak:
-Tartib raqami;
-murojaat tushgan sana va vaqt;
-murojaat qilayotgan fuqaroning familya,ismi, sharifi;
-murojaat qilayotgan fuqaroning pochta yoki e-mail manzili, murojaat uchun telefon raqamlari;
- tashkilotlar uchun: Tashkilotning nomi va manzili, murojaat qiluvchining FISH , lavozimi va murojaat uchun telefon;
- murojaatning qisqa mazmuni;
-Amalga oshirilgan choralar, shu jumladan kimga yuklatilgan
-izoh
10. Murojaat ijrosi yakunidan keyin ijrochilar uning natijalari haqida olingan ma’lumotlar bilan Bosh direktorga hisobot beradi (yoki vatinchalik vazifa bajaruvchiga)
11. Yagona tarmoqning o’z vazifalari doirasidan tashqarida foydalanish taqiqlanadi.
|