|
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati
|
bet | 1/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 263,97 Kb. | | #120585 |
Bog'liq Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati Tayyorladi: Raximberganova Bonu Davlatnazarovna Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida NAMUNAVIY NIZOM Ushbu Nizomning amal qilishi: Sayyor qabul - davlat organlari va davlat tashkilotlari rahbarlarining tasdiqlangan jadval asosida joylarga chiqqan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishi bilan bog‘liq tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar majmui.
Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishi mumkin. - Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega.
- Davlat organlarining, tashkilotlarining “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.
- Davlat organining, tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali yoki davlat organining, tashkilotining rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali (keyingi o‘rinlarda Hukumat portali deb ataladi) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali to‘g‘risida nizom talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
- Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar Qonunda xamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
- Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
|
| |