|
Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi
|
bet | 7/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 263,97 Kb. | | #120585 |
Bog'liq Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariQuyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi: - anonim murojaatlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
- Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
- Murojaatni anonim deb e’tirof etish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
- Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi bo‘linma rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
- Davlat organlarining, tashkilotlarining ishonch telefonlari, “tezkor aloqa”ga tushgan murojaatlar Qonunda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.
- Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi va ko‘rib chiqilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma yoki tarkibiy bo‘linma ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi. - Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning rahbari yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
- Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko‘rib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
- Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotining rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
- Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
|
| |