|
Davlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlashni tashkillashtirish
|
bet | 2/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 263,97 Kb. | | #120585 |
Bog'liq Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariDavlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlashni tashkillashtirish - Davlat organlarida, tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
- Tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat organida, tashkilotida belgilangan umumiy shtatdagi xodimlar soni doirasida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linma (keyingi o‘rinlarda murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi deb ataladi) tashkil etiladi.
- Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi davlat organlariga tushgan murojaatlar hajmidan, xodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim, bo‘linma yoki guruh shaklida tashkil etilishi mumkin.
- Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi murojaatlarning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish masalalarida bevosita davlat organi, tashkiloti rahbariga bo‘ysunadi.
Sxema Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma: - tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
- murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo‘linmalar tomonidan buzilishi to‘g‘risida davlat organi, tashkiloti rahbarini darhol xabardor qiladi;
- monitoring natijalari bo‘yicha har oyda davlat organi, tashkiloti rahbariga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat organi, tashkiloti xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning xodimlariga quyidagi qo‘shimcha talablar qo‘yiladi: - o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- kamida uch yillik ish staji bo‘lishi;
- ularning xodimi bo‘lgan davlat organi, tashkiloti bo‘linmalarining faoliyati, funksiyalariga oid majburiyatlari to‘g‘risida xabardor bo‘lish;
- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish;
- kirishimlilik;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llashni bilish.
- Bo‘linma xodimlari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirishda iltifotli, qat’iyatli, e’tiborli bo‘lishi kerak, murojaat qiluvchilarga nisbatan xushmuomalali, vazmin va e’tiborli, shaxsning sha’nini kamsitmasligi, unga nisbatan mehribon bo‘lishi shart.
- Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tashqi ko‘rinishi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga, tashkilotlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish tartibiga rioya etishi vazmin va intizomli bo‘lishi kerak.
|
| |