Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati




Download 263,97 Kb.
bet4/9
Sana16.12.2023
Hajmi263,97 Kb.
#120585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari davlat organiga, tashkilotiga og‘zaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq to‘ldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.

  • Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay davlat organi, tashkiloti rahbariga, uning o‘rinbosariga yoki tarkibiy bo‘linma rahbariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy bo‘linmani (xodimni) belgilagan holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani (topshiriqnoma) qo‘yadi.
  • Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy bo‘linmaga (xodimga) imzo qo‘ydirgan holda beradi. Bunda ijrochi etib belgilangan tarkibiy bo‘linma (xodim)tomonidan ijro etish to‘g‘risidagi belgi qo‘yiladi.
  • Davlat organiga, tashkilotga kelib tushgan murojaatlar davlat organining, tashkilotning ish yurituviga qabul qilinishi, bo‘ysunish tartibida davlat organining, tashkilotining quyi bo‘linmasiga (tashkilotga) (keyingi o‘rinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilishi yoki tegishliligi bo‘yicha boshqa davlat organiga, tashkilotga yuborilishi mumkin.
  • Quyi organ tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan yoki davlat organining, tashkilotining rahbari yoki tarkibiy bo‘linmaning rahbari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.
  • Agar murojaatda bir nechta tarkibiy bo‘linmaga tegishli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning barchasi murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘linma boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda murojaat ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

Download 263,97 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 263,97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati

Download 263,97 Kb.