|
Davlat organlari, tashkilotlar murojaatlar bilan ish olib boruvchi o‘z xodimlarini o‘qitadi va uch yilda kamida bir marta ularning malakasini oshiradi
|
bet | 3/9 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 263,97 Kb. | | #120585 |
Bog'liq Murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariDavlat organlari, tashkilotlar murojaatlar bilan ish olib boruvchi o‘z xodimlarini o‘qitadi va uch yilda kamida bir marta ularning malakasini oshiradi. - Davlat organlari, tashkilotlari ushbu Nizomning talablariga ko‘ra, murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etishi mumkin.
- Davlat organlarida, tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi va Hukumat portali orqali kelib tushgan murojaatlar elektron shaklda;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlardagi (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar yozma va yoki elektron shaklda olib boriladi.
- Aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish maqsadida davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari o‘z virtual qabulxonalarini tashkil etishi mumkin.
- Virtual qabulxonalar qaysi davlat organi, tashkilot yoki ularning qaysi mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan bo‘lsa o‘sha davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari nomidan faoliyat ko‘rsatadi.
- Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida ko‘rsatilgan masalani har tomonlama va o‘z vaqtida hal qilish maqsadida, murojaatda ko‘rsatilgan masalani ko‘rib chiqish (hal qilish) bir nechta davlat organlari va tashkilotlarining vakolatiga kirsa, murojaatni ko‘rib chiquvchi davlat organi va tashkiloti boshqa davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxsning murojaatini kollegial eshitishni o‘tkazish uchun murojaat qilishga haqli.
- Yozma va elektron (agar davlat organlari, tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi organlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda elektron hujjat aylanish dasturi joriy etilmagan bo‘lsa, qog‘ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o‘ng qismida ro‘yxatga olish shtampini qo‘yish yo‘li bilan murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmada ro‘yxatga olinadi.
- Murojaatlar yozma yoki elektron tarzda ro‘yxatga olinishi mumkin.
- Murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi (ismi va otasining ismi), uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan davlat organi, tashkiloti tarkibiy bo‘linmasining nomi, sana ko‘rsatilgan holda ijro etish to‘g‘risidagi belgi ko‘rsatiladi.
- Qayd etish shtampida davlat organining, tashkilotining rasmiy nomi (umumqabul qilingan qisqartirilgan nom yoki qisqartma ko‘rsatilishi mumkin), murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami ko‘rsatiladi.
- Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Davlat organlari, tashkilotlar murojaatlar bilan ish olib boruvchi o‘z xodimlarini o‘qitadi va uch yilda kamida bir marta ularning malakasini oshiradi
|