• Raqamli kriminalistika
  • Fronzikaning qo‘llanilishi
  • Kriminalistik tadqiqotni о‘tkazish




    Download 1.81 Mb.
    bet1/5
    Sana07.04.2024
    Hajmi1.81 Mb.
    #190562
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Kriminalistik tadqiqotni о‘tkazish
    a.s. pushkin ob oseni, 9-sinf informatika yangi, sodapdf-converted (2), Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usulla-fayllar.org, 1682593

    Kriminalistik tadqiqotni о‘tkazish

    RAQAMLI KRIMINALISTIKA TUSHUNCHASI, VAZIFALARI VA VOSITALARI

    Raqamli kriminalistikaning asosiy tushunchasi

    Sо‘nggi yuz yillikning 70-yillarining oxirlarida yuridik adabiyotlarda barcha kompyuter axboroti, axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarning yangi kо‘rinishlari paydo bо‘layotgani haqida fikrlarni aniq bildira boshlashdi. Bunga muvofiq bu kо‘rinishdagi jinoyatlar bilan kurashishga yо‘naltirilgan maxsus usullar va vositalarni qamrab oluvchi kriminalistikaning yangi yо‘nalishi shakllana boshlandi. Shu bilan birga ushbu sohada jinoiy-huquqiy nazoratlash malakasini yо‘qligi, texnik jihatlarni tushunishdagi qiyinchiliklar va bu kо‘rinishdagi jinoyatlarning о‘ziga xosligi uzoq vaqt kriminalistika bo‘yicha adabiyotlarda bir vaqtning о‘zida bir nechta uning nomlari mavjud bо‘lishiga olib keldi: «axborot jinoyatlari», «kompyuter jinoyati», «yuqori texnologiyalar sohasidagi jinoyat», «kommunikatsion jinoyat», «tarmoq jinoyati», «mashina-intellektual yoki texnikintellektual jinoyat».

    Raqamli kriminalistika

    Raqamli kriminalistika (digital forensics) – kompyuterlar, ma‘lumotlarni saqlash tizimlari, kompyuter tarmoqlarida, mobil va boshqa raqamli qurilmalarda joylashgan raqamli dalillarni yig‘ish va jinoyatlarni (insidentlarni) tadqiq qilish haqidagi amaliy fan, kriminalistikaning bir bо‘limi. Raqamli kriminalistika masalalari bu raqamli dalillarni saqlash, identifikatsiya qilish, olish va hujjatlashtirish hisoblanadi. Raqamli jinoyat:

    • raqamli texnikaga qarshi yо‘naltirilgan jinoyat;
    • raqamli texnika dalillarni saqlab qoluvchi jinoyat;
    • raqamli texnika yordamida amalga oshiriluvchi jinoyat.

    Fronzikaning qo‘llanilishi

    Forenzikaning qо‘llanilish sohasi: kompyuter axboroti tajovuz obyekti, kompyuter esa jinoyatni sodir etish quroli, hamda qandaydir raqamli dalillar kabi shakllanuvchi hodisalarni tadqiq qilish. Avvaliga kompyuter jinoyatlari uch yо‘nalishi ajratilgan:

    • kompyuterni, hisoblash tizimini yoki kompyuter tarmog‘ini pul, mulk yoki xizmatlarni olish maqsadida foydalanish yoki foydalanishga urinish;
    • kompyuter, hisoblash texnikasi, kompyuter tarmoqlari yoki ulardagi matematik ta‘minot, dasturlar yoki axborotni о‘zgartirish, zarar yetkazish, yо‘q qilish yoki о‘g‘irlash maqsadida qasddan qilingan ruxsatsiz harakat;
    • kompyuterlar, hisoblash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orasidagi aloqalarni qasddan ruxsatsiz buzish.

    Download 1.81 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kriminalistik tadqiqotni о‘tkazish

    Download 1.81 Mb.