• Imitatsion o‘yinlar
  • Rolli o‘yinlar
  • Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va




    Download 98.6 Kb.
    bet1/5
    Sana20.09.2022
    Hajmi98.6 Kb.
    #26146
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-mavzu seminar (2)
    4-m seminar, Komolov.E, Oybek maqola mustaqil ish, GSM-Protocol-Analysis-Brochure, O\'rinboyev S Test, 09lzeWN92c9YzvWzfO3BDwsh6de4B010FRukuB0V (1), iq uz (1)

    Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va
    shunday bo‘lib koladi. O‘quvchining faolligi, maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar
    va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O‘quvchilarning faolligini ta’minlovchi, o‘qitish
    texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. O‘yin faoliyatiga qiziqish,
    o‘quvchilarning o‘z-o‘zini ifoda etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish
    elementlari orqali ta’minlanadi.

    O‘yinning ajoyib xususiyati shundaki, u bir vaqtning o‘zida ham rivojlanish ham o‘rganish hisoblanadi.

    Pedagogik o‘yin, o‘qitishning aniq qo‘yilgan maqsadi va unga tegishli pedagogik natija bilan belgilanadi. Bu natijalar asoslangan va o‘quv tayyorgarlik faoliyatiga ega bo‘ladilar. Pedagogik o‘yinlarning blok-sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

    2-rasm. Pedagogik o‘yinlar blok-sxemasi


    Pedagogik o‘yinlar o‘yin uslubiga ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi: fanlar bo‘yicha; syujetli; ishbilarmonlik, imitatsion, dramalashtirilgan o‘yinlar.

    O‘quv jarayonida ishbilarmonlar o‘yinlarni turli xil shakllari ishlatiladi: imitatsion, operatsion, rolli o‘yinlar, ishchi teatr, psixo va sotsiodramalar.

    Imitatsion o‘yinlar - bo‘lim, sex, korxona tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion o‘yinlar ssenariyasi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va obyektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tafsilotlarni o‘z ichiga oladi.

    Operatsion o‘yinlar - tegishli ish jarayoni, ularni bajarish shart-sharoitini modellashtiradilar. Ular ma’lum bir o‘ziga xos operatsiyalar­ni: - masalalar yechish, ma’lum bir usulni o‘zlashtirishga yordam beradilar.

    Rolli o‘yinlar - ma’lum bir shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarishdagi ruhiy holatlari, xatti-harakati ishlanadi, rollar majburiy mazmuni bilan taqsimlanadi.


    Download 98.6 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 98.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va

    Download 98.6 Kb.